Darsning mavzusi: Shaxs va narsani bildirgan so’zlar.
Darsning maqsadi. O’quvchilarga shaxs va narsa bildirgan so’zlar haqida bilim berish, o’z fikrlarini aniq, to’g’ri va ifodali bayon etishga o’rgatish, husnixat asosida yozish ko’nikmalarini shakllantirish.
Dars turi. Yangi bilim beruvchi dars
Dars jihozi. Kartochkalar, test topshiriqlari, rangli rasmlar.
BO’LIMning didaktik maqsadi. O’quvchilarning kichik guruhlarida hamkorlikda mustaqil ishlash, so’zlarni ma’nosiga ko’ra farqlash va guruhlash ko’nikmalarini shakllantirish, shaxs va narsani bildirgan so’zlarning to’g’ri talaffuzi va imlosini o’zlashtirishlarini ta’minlash.
Umumlashtiruvchi dars grammatikadan maxsus dars turi hisoblanadi. Bu darsda biror mavzu yoki bo’limni o’rganish jarayonida olingan bilimlar tizimlashtiriladi. Bu dars ilgarigi darslarda o'rganilgan ayrim nazariy materiallarni takrorlab bayon qilish darsiga aylanmasligi uchun o’rganilganlarni o’zaro taqqoslashni talab qiladigan ish turlaridan foydalaniladi.
Umumiashtiruvchi darslar qurilishiga ko’ra xilma-xil bo’lib, tajribalarning natijasiga ko’ra, quyidagi varianti ma’qullangan:
O’rganilgan grammatik tushunchaning mavjud belgilari haqidagi bilimlarni tatbiq qilishga qaratilgan mashqlarni ishlash.
Bilimlarni umumlashtirish va tekshirish.
Mustaqil ijodiy ishlar.
Umumlashtiruvchi dars namunasi
Mavzu. So’z turkumlari (umumlashtirish).
Darsning maqsadi: Ot, sifat, son, olmosh va fe’lning xususiyatlari haqidagi bilimlarni takomillashtirish, ularni bilib olish va to’g’ri foydalanish ko’nikmasini o’stirish.
Darsning borishi
I. Lug’at ishi.
Quyidagilarni bir so’z bilan yozing:
Eng aziz inson (ona)
Jamoa bo’lib muzeyga borish (ekskursiya)
Katta shaharlarda yer osti qasri (metro)
Bilim manbai (kitob)
- Endi quyidagi so’zlarni yozing: non, suv, uy, ...
Shu so'zlarni oldingi so’zlaringiz bilan taqqoslang. Ulardan qaysi biri oldin paydo bo'lgan? Nima uchun shunday deb hisoblaysiz?
So'z turkumlari va ularning belgilarini kuzatish.
So’zlar qanday paydo bo'ladi?
Odamlar yangi narsa ixtiro qilsa, unga nom qo’yadilar. Shu tariqa tilda yangi nom hosil bo’ladi.
Har bir narsaning nomi bo’lmasa, odamlar bir-biri bilan qanday aloqa qilishlarini o’ylang va javob bering.
Agar narsalarning nomi bo'lmasa, odamlarning bir-biriga biron narsani tushuntirib berishlari juda qiyin bo’lardi. Bunda o'sha narsaning o’zini yoki rasmini ko'rsatish lozim bo’lardi. Narsalarning nomini bildirgan so’zlar odamlarning muloqotga kirishishiga juda katta yordam beradi.
So'zlar faqat shaxs va narsalarning nomini bildiradimi?
Yo’q. Ular narsalarning belgisini, harakatini va son-sanog’ini ham bildiradi.
Tilimizdagi barcha so’ziar guruhi qanday nomlangan?
„So’z turkumlari“ deb nomlangan.
Siz o’rgangari so’z turkumlarini ayting.
Ot, sifat, son, olmosh, fe’l.
Ularning xususiyatlarini eslang va quyidagi jadvalni to’ldiring.
So’z turkumi
|
Nimani bildiradi?
|
Qanday so’roqqa javob bo’ladi?
|
Qanday
o’zgaradi?
|
Ot
|
|
|
|
Sifat
|
|
|
|
Son
|
|
|
|
Kishilik olmoshi
|
|
|
|
Fe’l
|
|
|
|
Mustaqil ijodiy ish.
„Bahordagi ishlar“ mavzusidagi materiallarni to’plash vatartibga solish.
Mavzuga doir rasm ustida ishlash.
Mavzuni yoritishga xizmat qiluvchi leksik birliklar ustida ishlash.
Insho rejasini tuzish.
Reja asosida qayta hikoyalash.
Inshoni yozma shakllantirish.
Yozilgan inshoning xato-kamchiliklarini tuzatish.
Topshiriq. Yozgan inshongizdagi ot, sifat, son, kishilik olmoshi,
fe’lga oid so’zlarning tagiga tegishlicha chizing.
Uyga vazifa: O’tilganlarni takrorlash.
Nazorat-hisobga olish va xatolar ustida ishlash darslarining o’ziga xos xususiyatlari bor. Bilimni tekshirish darsi o’quvchilarning nazariy bilimlarni amaliyotga qanday tatbiq qilishlarini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Beriladigan topshiriq turlari va ularning mazmuni tekshirish maqsadiga qarab belgilanadi. Bunda diktant, bayon va maxsus grammatik mashqlardan foydalaniladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan metodlar.
Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
XX asrning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirish-bayon metodi, suhbat metodi, analiz-sintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo'llanilib kelindi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri bo’lgan. Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini kuzatib, tinglab borishga, faol boiishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish metodida grammatik mavzuning xususiyatidan kelib chiqib, o’qituvchi ma’lumotlarni o’z so'zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga o'rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan kelib chiqqan holda 3-5 daqiqaga mo’ljallangan. Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir ham uchraydi,
Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan va shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savol-javob metodi deb ham yuritilgan, Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish metodi sifatida qoilanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894-yilda asos solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiv qobiliyatlarini o'stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o'qituvchining topshirig’i bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat yaratiladi. Bu muammoni o'quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o'qituvchi muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal qila olmasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun boshlang’ich sinfda muammoli o'qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o’qitish metodini leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etishda ham qoilash mumkin. Bu metoddan 1-sinfdan boshlab foydalanish mumkin. Bu metod „Tovush va harf‘ mavzusini o'rganayotganda tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda, „So’z ma’nosi“, „Nutq va gap“ mavzularini o’rganishda ham qo’llanadi. Masalan, „So’z ma’nosi“ mavzusini o’rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli so’z turkumiga kiradigan so’zlar aralash holda yozib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |