@Kalmaxan_official @SENARI_UZ KANALI
Urganch shahar 21-son ayrim fanlar chuqur o’rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Saidova Sharofatning ,,Kitob-oftob’’ mavzusidagi tadbir
ISHLANMASI
«Kitob-oftob» tadbir ishlanmasi
Tadbir maqsadi:O’quvchilarning kitobxonlik madaniyatini oshirish,bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish,bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga yordam berish.
Qatnashchilar :
Ertakchi ONA,Kitob ,Ali bobo
Ertak qahramonlari kiyimidagi bolalar,Shahrizoda,Savdogarlar,raqqosalar
O’qituvchi: Китоб – офтоб. Заминни, она табиатни офтоб иситса, одам қалбини китоб илитади, нафақат илитади, балки ѐритади, нурлантиради. Китобга энг қисқа таъриф бериш жоиз бўлса, уни маънавият қуѐши деб таърифлаш ўринлидир. Яъни, қуѐш бўлмаса оламнинг, табиатнинг, ҳаттоки ҳаѐтнинг бўлиши шубҳа остида қолади, китоб бўлмаса, маънавиятнинг ривож- ланиши ҳам мавҳум бир фикр бўлиб қолаверади. Кенгроқ мушоҳада юритадиган бўлсак, миллат баркамол- лиги, Ватан тараққиѐти элнинг китобхонлик даражасига, яъни ўқимишлилигига боғлиқ. Истиқлолдан сўнг мустақил мамлакатимизда Президентимиз ташаббуси ва бевосита эътибори туфайли соғлом авлодни тарбиялаш борасида ибратли ишлар амалга оширилмоқда .Hozir sizlarning e’tiboringizga 2-A sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan katta Kitob bayramiga taklif etamiz.(Kuy taraladi)
1-masxaraboz Qadrli do’stlar.Sharq donolarining donosi Ibn Xattob va go’zallar go’zali sharq ertaklarining betakror aytuvchisi Shahrizoda
2-masxaraboz
Karnay ovozi tinar
Tushganda nogoh salqin
Bayramga sizni chorlar
Siz sevgan zo’rertaklar
Xo’roz qichqirig’i va ot tuyoqlarining sasi eshitildi
Masxarabozlar
1-masxarabozBu nima gap,Ne shovqin
Nega yig’ilgan odam.
Aytgin o’rtoqjon To’lqin
Ne bo’lyapti og’ayni
2-masxaraboz
Bilmaganga solmagin
O’rtoq yaxshi bilasan.
Shoshmay sen biroz turgin
Zo’r tomosha ko’rasan!
Ko’ryapsanmi bu yerga
Yig’ilgan+ ertaklardan
Ko’plab aziz mehmonlar
1-masxaraboz
To’g’ri aytding o’rtoqjon
Zab vaqtida kelibmiz.
Ertaklar olamin
Qahramonlarin ko’rgali.
Siz ham ko’ring bolalar
Qiziq kitob bayramin
2-masxaraboz.
Keling ertakchi ona.
Boshlab bering bayramni.
Kutib qolmasin do’stlar.
Boshlab bering bayramni
Ertakchi ona:Assalomu alaykum aziz, mehribon mehmonlar!Hammangiz ta’zimimni qabul qiling.Bilaman bu yerga kelgan barchangiz kitobsevarlarsiz.Bu yerdagi barcha narsalar siz uchun tayyorlangan.(musiqa tovushi eshitiladi)Bu qanday tovush bo’ldi.Menimcha bu yerga ertaklarimizdan mehmonlar kelishyapti.(ertak qahramonlari kirib keladi)
Do'stlaringiz bilan baham: |