Qadimgi Yunon madaniyati er.avv. XVIII asrdan er.avv. II asrgacha davom etdi. Yunonlar o'zlarining vatanini Ellada deb ataganlar. qadimgi Yunon madaniyatining eng yuqori darajaga ko'tarilgan davri er.avv. V-IV asrlarga to'g'ri keladi. qadimgi Yunon madaniyati jahon madaniyati tarixida favqulodda hodisa sifatida o'zini namoyon etdi.Yunonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat hisoblanib, uning uchun hatto o'limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida afsona bunga misoldir.Insonni tarbiyalash uchun ikki yo'nalish bo'yicha ta'lim tizimi vujudga keltirilgan: a) «gimnastika»; va b) aqliy yo'nalishdagi barcha madaniyat turlari, chunonchi, tabiiy fanlar, falsafa, notiqlikni o'rganish. Ozod yunonlarning bolalari 7 yoshdan boshlab boshlang'ich maktabga borganlar
Do'stlaringiz bilan baham: |