Birinchidan, O’zbekiston agrar mamlakat bo’lib, uning ko’pgina hududlarida ishlab chiqarishning texnologiyalashuvi endigina oyoqqa turmoqda;
Ikkinchidan, mamlakat aholining 65 foizi qishloqda yashaydi. Agrar sohaning yaxshi rivojlanmaganligi aholining bu qismi orasida himoyaga muhtoj oilalarning ko’pliliga sabab bo’ladi. Bu esa o’z navbatida ularni ijtimoiy himoyalash vazifasini qo’yadi;
Uchinchidan, mamlakat aholisi orasida yoshlar katta salmoqqa ega, bu esa yoshlarni ijtimoiy himoya tizimi orqali muhofaza qilishni talab etadi.
Hozirgi zamonda aholini himoya qilishning qator modellari mavjud. Ulardan biri Skandinaviya mamlakatlarida (Finlandiya, Shvesiya) qo’llanilayotgan sosial-demokratik model bo’lib, bunday modelga ko’ra davlat ijtimoiy himoyaning barcha mas’uliyatini o’z zimmasiga oladi.
Neoliberal modelga ko’ra esa (AQSh) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar.
Neokonservativ modelga ko’ra (Germaniya) ijtimoiy himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi.
O’zbekistonda ijtimoiy ta’minot asosan davlat byudjeti hisobidan tashkil etilgan bo’lib, bu tizim qator rivojlangan chet el davlatlarining ijtimoiy tizimidan qolishmaydi.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yordamdan tashqari respublikamizda norasmiy ijtimoiy yordam ko’rsatishning an’anaviy qadriyat turlari ham mavjudki, ularning negizini qarindoshchilik, qo’shnichilik, mahallachilik, yoru birodarchilik yordamlari, ya’ni xalqimizning milliy urf-odatlari tashkil etadi. Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo’jaliklar hamda boshqa tadbirkorlik tashkilotlaridan fuqarolar pensiyaga qo’shib berilayotgan qo’shimchalar, muhtojlarga ko’rsatilayotgan otalik yordamlari, bayram va hayit kunlari bemorlarni ziyorat qilish, turli xayrehsonlar ham milliy urf-odatlarimizning zamonaviy ko’rinishlaridir. Bulardan tashqari, ijtimoiy yordam ko’rsatishda nodavlat jamoa birlashmalari va xayriya tashkilotlari ham ishtirok etmoqda.
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyani amalga oshirishda bir necha uslublar tanlab olindi:
Birinchisi: Yevropa va Amerika davlatlari tajribasida sinab ko’rilgan «falaj qilib davolash» yo’li edi. Ko’pgina mamlakatlar ushbu «tezkor» yo’lni tanladilar. Bu mamlakatlarda mustahkam qonunlar majmui ishlab chiqilmasidanoq, jamiyatni keskin tarzda demokratlashtirishga o’tildi. Oqibatda, bu o’z navbatida ko’plab murakkab muammolarni keltirib chiqardi.
Ikkinchi yo’l – jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish yo’li bo’lib, bunda O’zbekiston tashabbuskor bo’ldi. O’zbekistonda avvalo qonunlar majmui yaratildi, so’ng bozor infrastrukturasi tizimini shakllantirishga e’tibor qaratildi va iqtisodiyotni isloh qilishga kirishildi. Natijada, jamiyat keskin ijtimoiy larzalarni chetlab o’tdi. Bu, birinchi navbatda, ijtimoiy himoya tizimiga ham tegishli edi. Bu jarayon quyidagi bosqich bilan namoyon bo’ldi:
Birinchi bosqich: Narxlar islohoti va narxlarni erkinlashtirish – 1992 yil 10 yanvardan boshlab;
Ikkinchi bosqich: Respublikamiz ichki iste’mol bozorini himoya qilish – 1992-1994 yillar.
Demokratiyaning sharqona shakli xususida fikr bildirishimiz kerak. O’zbekistonda jamiyatni demokratlashtirish jarayoni Sharq va G’arb demokratiya tamoyillari o’zaro uyg’unlashtirilgan holda amalga oshirilishi sababli taraqqiyotda bosqichma-bosqichlik, harakatda esa qonun ustuvorligi asosiy xususiyat kasb etdi va hozir ham shunday bo’lib qolmoqda. 1994 yil 24 avgustda «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida» Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonda ko’ra, 1994 yil oktyabrdan aholini ijtimoiy himoyalash tizimi takomillashtirildi. Natijada 1994 yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimiga o’tildi. Bu tizim bugungi kunga qadar o’zini oqlamoqda. Ana shu farmonga binoan yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida o’quv yurtlari talabalarining stipendiyalari muntazam ravishda oshib borilmoqda. Zero, O’zbekiston Markaziy Osiyodagi aholi soni jihatidan eng yirik mamlakat bo’lib, sanoat va makroiqtisodiyot tizimi bir yoqlama xususiyatga ega edi. Bu murakkablik jamiyat taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazilmasdan qolmasada, ma’lum ma’noda undan chetlab o’tishga muvaffaq bo’lindi. O’zbekistondagi yer osti va yer usti boyliklari, intellektual salohiyat bunga imkon berdi. Undan unumli foydalanildi. Shunisi ham e’tiborliki, jamiyatni demokratlashtirish va ijtimoiy himoya tizimini yaratish o’zaro bog’liq jarayon sifatida rivojlandi.
Lekin O’zbekistonda ijtimoiy o’zini-o’zi himoyalash tizimi batamom yo’lga tushib ketgan emas. Boqimandalik kayfiyatidan ijtimoiy himoya iste’molchilari ham qutulishlari lozim. Fuqarolar endilikda o’zini o’zi ta’minlash usuliga o’tishlari kerak. O’zbekistonda xususiy mulkchilikning qaror topishi bu sohada qat’iy o’zgarishda bo’lishiga olib kelishlari zarur. Shunisi ham muhimki, ijtimoiy himoyani doimiy jarayon sifatida tushunmaslik lozim. Aks xolda baqimandalik kayfiyati battar kqchayishi mumkin. Ijtimoiy himoya ayrim fuqarolar uchun imkoniyat, xolos. Har qanday sharoitda ijtimoiy yordam jamiyat a’zolari uchun imtiyozga aylanmasligi lozim. Bu o’rinda jamiyatning o’zini – o’zi ijtimoiy himoyalash o’ta borishini ta’minlash uchun ushbu tadbirlarni amalga oshirish lozim:
- nodavlat, nohukumat tashkilotlar, jamg’armalar, uyushmalar va turli shakldagi mulk egasi bo’lgan tashkilotlarning moddiy axvolini yaxshilashni qo’llab – quvvatlash;
- barcha turdagi korxonalar, muassasalar va uyushmalarni zamon talabiga javob beradigan xodimlar va ayniqsa huquqshunos, psixolog va sosiolog mutaxassislar bilan ta’minlashga alohida e’tibor berish lozim;
- nomi zakr etilgan muassasalarning xorijiy turdoshi muassasalar bilan hamkorligini yo’lga qo’yishda ko’maklashish. Ular o’z yo’nalishlarida zarur tajriba orttirishlari talab etiladi;
- ijtimoiy himoya tizimida iqtisodiy muhofazalanishni asta – sekin ijtimoiy fondlar zimmasiga o’tkaza borish zarur. Bunday xolatda odamlarni ijtimoiy muhofazalanishning ta’sirchan vrsitasi yuzaga keladi;
- ijtimoiy muhofazalanishda baqimandalik, mas’uliyatsizlik, befarqlik singari illatlarga barham beradigan ta’sirchan vosita va usullarni qidirib topish hamda hayotga joriy eta borish talab etiladi.
O’zbekistonda barpo etilayotgan demokratik jamiyatda asosiy boylik inson bo’lib qoladi. O’tkazilayotgan islohotlarning mazmuni ham shu bilan bog’liq. Islohotlar davrida ijtimoiy guruhlarning ham o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Demokratik jamiyat qurish sharoitida o’rta mulkdorlar qatlami katta malmoqqa ega bo’ladi. O’rta sinf demokratik jamiyatni rivojlantirishda va uning ietimoiy – siyosiy barqarorligini ta’minlashda asosiy kuchga aylanadi. Zero, davlat bunday sharoitda kuchli muvofiqlashtiruvchi kuchga ega bo’ladi, o’rta sinf esa jamiyat ta’minlovchi omil sifatida namoyon bo’ladi.
O’z navbatida ijtimoiy sohaning ahvoli to’g’risida umumiy jaxon chtandartlari nimadan iborat, degan savol to’g’iladi. Mutaxassislar fikricha, bu sohada ham bir necha modellar amal qiladi. Ularni umumiy tarzda kuchli ijtimoiy himoya tizimining ayrim elementlarini o’zida ifoda etuvchi skandinavcha model, Bismark modeli va beverij modeli tariqasida tasniflash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |