Demokratik institutlarni rivojlantirishda siyosiy partiyalarning roli va o’rni Reja


Partiyaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi



Download 376,5 Kb.
bet4/6
Sana13.07.2022
Hajmi376,5 Kb.
#792415
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Demokratik institutlarni rivojlantirishda siyosiy partiyalarning roli va o’rni


Partiyaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi:
– O’zbekiston Respublikasi fuqarolarida milliy o’zlikni anglashning o’sishi, milliy g’urur, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’usini shakllantirish hamda mustahkamlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
– o’z safida yurt vatanparlarini birlashtirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini O’zbekiston manfaatlari hamda uning xalqaro obro’-e’tiborini oshirish yo’lida safarbar etish;
– yoshlarni o’z Vatanini hurmat qilish, sevish va u bilan faxrlanish, har qanday sharoitda milliy mustaqillini, xalqning qadriyatlari, an’ana va urf-odatlarini asrash va himoya qilish ruhida tarbiyalash, shuningdek, uning ma’naviy ehtiyojlari va qiziqishlarini cheklashga bo’lgan urinishlarga qarshi kurashishga ta’sirchan hissa qo’shish.
O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi xalqimizni komil millat maqomiga olib chiqishni o’zining muqaddas maqsadi deb hisoblaydi. Milliy uyg’onish, tiklanish va yuksalish orqali O’zbekiston xalqi yer yuzidagi hech bir xalqdan kam bo’lmagani va kam bo’lmasligini ko’rsatishga intiladi. Bugungi kunda “Milliy tiklanish” DP uning o’z atrofiga jipslashtirgan safdoshlarining soni 190 000 ga yaqin (2015 y.).
1995 yil iyun oyidan partiya “Milliy tiklanish” gazetasiga ega. Ushbu gazetaning turli bo’limlari milliy va umumbashariy boyliklarni tik-lashga, yoshlarni tarbiyalashga, milliy tiklanish g’oyalarini targ’ibot qilishga qaratilgan.
Mamlakatimizdagi eng yosh siyosiy partiya – O’zbekiston ishbilarmonlar va tadbirkorlar harakati - Liberal-demokratik partiyasi (O’zLiDeP) hisoblanadi. U 2003 yil 15 noyabrda tashkil topgan. Kichik biznes vakillari va xususiy tadbirkorlar, fermerlar, moddiy va intellektual mulk egalari hamda o’rta sinfni tashkil etuvchi boshqa tabaqalar ushbu partiyaning elektoratini tashkil etadi. O’zLiDeP mamlakatimizda liberal-demokratik yo’nalishdagi ilk siyosiy partiya hisoblanadi.
O’zLiDePning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari:
– birinchidan. Siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar ochish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihadan asoslab berish, jamiyatning ushbu tabaqasi manfaatlarini himoyalash barobarida uning ertangi kunini ta’minlash;
– ikkinchidan. Partiyaning kuch va imkoniyatlarini boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda mamlakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik, huquqiy davlat qurish, fuqarolik institutlarining rivojiga keng yo’l ochib berish va demokratik qadriyatlarni xalqimiz, avvalo, yoshlar ongi va hayotiga singdirishga qaratilgan harakat dasturini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish;
– uchinchidan. Partiyaning davlat boshqaruvi, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o’tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotalarni amalga oshirishdagi ishtirokini ta’minlash. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti bilan bog’liq muammolarni hal qilish, O’zbekistonning xalqaro obro’yini oshirish, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, millatlararo va fuqarolararo ahillik va totuvlikni mustahkamlash ishida faol qatnashish, Yoshlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, o’z elim, o’z yurtim, jon O’zbekistonim, deya g’ururlanib yashash ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shish, har qanday sharoitda mustaqillik yo’limiz, qadriyatlarimiz, milliy va diniy an’analarimiz, urf-odatlarimizni qadrlash, shu bilan birga, boshqa millat va elatlar qadriyatlarini kamsitishga yo’l qo’ymaslik, bunday xurujlarga qarshi izchil kurash olib borish;
– to’rtinchidan. O’zi uchun siyosiy platforma deb tanlab olgan liberal-demokratik g’oya va maqsadlarni o’z faoliyati orqali keng omma ongiga singdirish, bu borada safini kengayishtirishga yqnaltirilgan har tomonlama chuqur o’ylangan partiya siyosatini targ’ib qilish ishlarini amalga oshirish.
Bugungi kunda O’zLiDePning 270 000 dan ortiq a’zosi (2015 y.) bor. Ushbu partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraktsiyasi eng ko’p sonli bo’lib, 2014 yilgi parlament saylovlaridan so’ng 52 nafar deputatdan iborat.
Download 376,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish