Davlat moliyasi statistikasi deganda nimani tushunasiz?
Davlat moliya statistikasi shablonlari jadvallari integratsiyalashgan tarzda quyidagilarni ko'rsatadi:
-davlat daromadlari va xarajatlari;
-milliy hisoblar terminologiyasida sof kreditlash /sof qarz olish, davlat profitsiti (+)/defitsit (-);
-moliyaviy aktivlar va majburiyatlar bilan operatsiyalar;
-aktivlar va passivlardagi boshqa o'zgarishlar (hajm va qayta baholashdagi boshqa o'zgarishlar);
-balanslar.
Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari ko’rsatkichlari, byudjet defitsiti deganda nimani tushunasiz?
Davlat budjeti moliyani o‘rganishning asosi bo‘lib, budjetning daromadlari va xarajatlarini iqtisodiy klassifikatsiyasi hisoblanadi.
Budjet daromadlari tarkibida quyidagilar ajratiladi: — soliq tushumlari — majburiy, o ‘m i qoplanm aydigan, qaytarilm aydigan to'lovlar (qo‘shim cha qiymat solig‘i, aksizlar, foyda solig‘i, daromad solig‘i va h.k.); — soliq boMmagan tushum lar (davlat mulkini sotishdan olingan, boshqariladigan korxonalar kassa foydasi, jarim alar va h.k.); — o'rni qoplanmaydigan tushum lar (transfertlar).
Budjet xarajatlari bajarayotgan funksiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga ajratib o'rganiladi:
umumiy xarakterga ega bo’lgan davlat xizm atlari;
jamoa va ijtimoiy xizmatlar;
iqtisodiy faoliyat bilan bogliq bolgan davlat xizmatlari;
boshqa funksiyalar.
Pul muomalasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va statistikaning vazifalari nimalardan iborat?
Pul muomalasi statistikasi pul munosabatlarini faqatgina o’rganish, o’zgartirish quroli, hamda ularni miqdoriy o’lchash va kompleks tahlil qilish metodlari yig’indisi bo’lib qolmasdan, balki u pul muomalasi jarayonini tashkil qilishni rivojlantirish va bu jarayonni boshqarishni samaradorligini va umumiy sotsial- iqtisodiy rivojlanish samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan umumiy vazifalarni echishda bevosita qatnashadi. Shu nuqtai nazardan pul muomalasi statistikasining umumiy vazifalari quyidagilardan iborat:
pul muomalasi ko’rsatkichlarni guruhga, tiplarga va maxsus sinflarga ajaratish, pul munosabatlarini bir butunlikda tasvirlash, tahlil qilish va bashoratlash uchun ularni zarur va etarli miqdorini aniqlash;
pul muomalasini darajasini, dinamikasini, va tarkibini xarakterlovchi ko’rsatkichlarini hisoblash, tahlil qilish va bashoratlash;
pul muomalasidagi umumiy qonuniyatlarni va o’ziga xos evolyutsion xususiyatlarini aniqlash, pul muomalasi ko’rsatkichlarini o’zgarishini mamlakatni umumiy iqtisodiy rivojlanishi ko’rsatkichlarini o’zgarish sur’atlari va proportsiyalariga ta’sirini o’rganish (odatda bu ishni teskarisi ham bajariladi, ya’ni umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlarni o’zgarishini pul muomalasi ko’rsatkichlariga ta’siri o’rganiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |