Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasida xalqaro savdo operatsiyalarini hisobga olishda “tashqi savdo aylanmasi” ko’rsatkichi qanday aniqlanadi?
Tashqi savdo faoliyatining moliyaviy tomonini qaysi schyotda aks ettiriladi?
O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida tan olingan birinchi kundanoq tashqi iqtisodiy aloqalarga katta e'tibor qaratildi. Hech bir davlat tashqi iqtisodiy aloqalarsiz mukammal rivojlana olmaydi. Tashqi savdoning mohiyati jahon iqtisodiy munosabatlarining xalqarolashtirish va globallashuvi asosida turli mamlakatlar (eksport-import operatsiyalari) tomonidan tovarlar va xizmatlar almashinuvi, iqtisodiyotning xalqaro bo'linishi faollashishi bilan bog'liq.
Mustaqillik yillaridan to hozirgi kungacha respublikamiz iqtisodiyotida katta tarkibiy o'zgarishlar ro'y berdi, mamlakatimiz iqtisodi rivojlangan, eksportga yo'naltirilgan sanoat va qishloq xo'jaligiga aylandi. Shu bois O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish , qo'shma korxonalar tashkil etish, iqtisodiyotga xorijiy sarmoyalarni jalb etish uchun keng imkoniyat va shart-sharoitlar yaratilmoqda. Har yili tashqi savdoni rivojlantirish, eksport-importni rag'batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqilishi buning yaqqol isbotidir. Bugungi kunda mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasidagi ko'rsatkichlari, eksport-import salohiyati xam sezilarli darajada oshib bormoqda.
TAHLIL VA NATIJALAR
Xususan, 2021-yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi ( TSA) 37,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etib, 2020-yilga nisbatan 5 mlrd. AQSh dollariga yoki 15,0 %ga ko'paydi. O'zbekiston jahonning 181 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida (17,7%), Rossiya Federatsiyasida (17,4%), Qozog'istonda (9,3%), Turkiyada (8,0%), Koreya
Respublikasida (4,4%), Qirg'iz Respublikasi (2,2%) va Germaniyada (1,8%) qayd etilgan. Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 38,7% ulush bilan 15 mlrd. AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 1,1% ulush bilan 345,2 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. [1]
Ushbu natijalardan ko'rinib turibdiki, mamlakatimizning tashqi savdo aylanmasida eksport-import salohiyatini tiklash va kengaytirish bo'yicha sezilarli ishlar amalga oshirilgan. Bu o'z navbatida xalqaro hisob- kitoblarni nisbatan kamroq bo'lsa ham ulushi borligini ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |