1.3.Ekologik omillar ularning bo‘linishi
Muhit tushunchasi fanda turli ma‘nolarni anglatadi. Bular ekologik, geografik, fizik,
falsafiy, ijtimoiy va boshqalar. Ekologiyada muxit deb tirik organizmni o‗rab turgan fizik
qurshovni e‘tiborga olinadi. Muxit tevarak-atrofdagi o‗zaro bog‗lanishlardagi shart-sharoitlar
va ta‘sirlar majmuidir.
Odatda tabiiy va sun‘iy muxitlar ajratiladi. Tabiiy muxitni suv, quyosh, shamol,
xavo, er, o‗simlik va xayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun‘iy muxit
inson tomonidan yaratilgan bo‗lib, bunda insonning mexnat maxsuli yotadi. Tabiiy va sun‘iy
muxitlar bir-biri bilan chambarchas bog‗lik. Ularning bog‗liqligini ekologik muxit
tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muxit tabiiy va sun‘iy atrof-muxit bo‗lib, tirik mavjudotlar
sub‘ekt va ob‘ekt ta‘sirlar sifatida qatnashib, ta‘sirlar soni esa tevarak atrofni saqlab qolish
yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. Ekologik muxit muayyan ekologik tizim
xisoblanib, uni tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.
Tabiiy ekotizim yoki ekosfera xayotni rivojlanishiga imkon beradigan erning tavsifi
va abiotik jismlarning majmuidan iborat. Ijtimoiy-iqtisodiy tizim esa insonning barcha atrof-
muxitga (jonsiz va jonli tabiatga) bo‗lgan munosabatini bildiradi.
Ekologik muxit muvozanatda yoki muvozanat buzilgan xolatlarda bo‗ladi. Tirik
organizmlarning xayoti o‗zgarmagan shart-sharoitlar va ta‘sirlar barqaror xolatida muvozanat
o‗zgarmaydi, aksincha, muxitning shart-sharoitlari va ta‘sirlar buzilganda muvozanatsiz xolat
kelib chiqadi.
Ekologik muxitning buzilishi atmosferaning yer ostki suvlarining ifloslanishi, qattiq
chiqindi moddalarning to‗planishi va ozuqaning zaxarlanishi, shovqinlarning ko‗payishi,
radioaktiv moddalar va boshqalarning ta‘sirini ortib borishida ko‗rinadi. Inson tabiat
qonunlarini chuqurroq o‗rganish o‗rniga xayot muxitini tezkorlik bilan buzib ifloslantira
boshladi. (Tirik organizmlar - to‗rtta asosiy muxitlarda tarqaladi. Ulardan ikkitasi, ya‘ni suv
va xavo muxitlari o‗lik, tuproq muxiti oraliq va organizm (muxit sifatida) tirik xususiyatga
ega. Xar bir xayot muxiti o‗z navbatida organizmlar yashashi uchun xar xil yashash joylaridan
iborat. Masalan suv muxiti quyidagi xolatda uchrashi mumkin, chunki va sho‗r suv, ko‗lmak
va oqar suv, chuqur va sayoz, iliq va sovuq va xokazolar. Xavo va tuproq xam nixoyatda
xilma-xil yashash joylarini tashkil etadi. Tirik organizmlar (o‗simliklar, zamburug‗lar,
xayvonlar) xam parazit va simbiontlar uchun muxit sifatida o‗ziga xosdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |