Innovatsiya –jamiyatning maqsadlarini tan olgan holda, ushbu maqsadlarga yetishishning umum qabul qilingan yo‘llarini inkor qiladi. Innovatorlar - jamiyat qabul qilgan qadiryatlarga amal qilishda davom etadilar, biroq erishish uchun qonunga yaqin yoki noqonuniy vositalardan foydalanadilar. Reaksiyaning bunday tipi qonunga xilof harakatlar yordamida farovonlikka erishgan jinoyatchilar uchun xos. “Innovatorlar” toifasiga “moliyaviy piramida”larning yaratuvchilari, shantaj bilan foyda oluvchilar, fohishalik bilan shug‘ullanuvchilarni kiritish mumkin. Shu bilan birgalikda buyuk kashfiyotchi va olimlarni ham kiritish mumkin.
Ritualizm – jamiyatning maqsadlarini inkor qilish bilan bog‘liq bo‘lgan holat, shu bilan birgalikda ushbu maqsadlarga yetishish yo‘llariniga juda katta e'tibor qaratadi. Misolu uchun byurokrat tomonidan har bir hujjatning maksimal ravishda to‘ldirilishi, kamida ikki marta qayta tekshirilishi kerakligining so‘ralishi. Ammo mazkur ishlarning bari nima maqsadda amalga oshirilayotgani esdan chiqariladi. «Ritualizim » - ular amal qilayotgan qadriyatlar o‘z mazmunini yo‘qotgan bo‘lsa ham, ulardan chetga chiqmaydigan odamlar. Qoidalarga maqsadsiz, beixtiyor shu qoidaning o‘zi uchun amal qilinadi. Ritualistlar, odatda o‘zlarini qiziqarli bo‘lmagan va charchatadigan, istiqbolsiz va kam haq to‘lanadigan ishga bag‘ishlagan odamlar.
Retretizm – haqiqatdan qochish, jamiyat tomonidan tan olingan maqsadlar va ularga yetishish yo‘llarini inkor qilish. «Retriatislar» - raqobatchi dunyoqarashni rad etadiganlar, ayni paytda qabul qilingan qadriyatlar va ularga erishish vositalarni ham rad etadigan odamlar. Misol tariqasida xo‘jalik hisobidagi mustaqil namunalarni keltirish mumkin. Ularga giyohvandlar, uysizlar ham kiradi.
Isyon – jamiyatning maqsad va maqsadga yetishish yo‘llarini inkor qilish bilan ularning o‘rniga yangi maqsad va yo‘llarni o‘rnatishga harakat qilish. Misol uchun bolsheviklar kapitalizmning, xususiy mulkning yakun topishini va uning o‘rnini sotsializm egallashini istagan. Evolyusion yo‘lni inkor qilib, inqilobni yoqlashgan. «Isyonchilar»-mavjud qadriyatlar va me’yoriy vositalarni rad etadilar, yangi qadriyatlarni kiritish va ijtimoiy tizimni o‘zgartirish uchun faol harakat qiladilar.Bu toifaga radikal siyosiy guruhlarning a’zolarini kiradi.
Amerika sotsiologiyasida muhim o‘rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Saterlendning differentsial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko‘ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o‘rganiladi, ya’ni mavjud jamiyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o‘rgatiladi.
Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan uchta omilni ko‘rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishini belgilab beradi.
Shaxs xususiyatlarining shakllanishida asosan uchta omil muhim ahamiyat kasb etadi, bular: 1) irsiy omillar; 2) psixo-fiziologik omillar; 3) shaxsning bilim darajasi.
Shuningdek, ijtimoiy og‘ishlarning yuz berishiga shaxsning qat’iyatli yoki qat’iyatsizligi, qoidalarga bo‘ysunish yoki bo‘ysunmaslik odatlari, biron-bir qarorga kela olish imkoniyati, tashqi ta’sirga qanchalik berilishi, irodasi va boshqa shu kabi psixofiziologik holatlari, mijozi ham katta ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, deviant xolatlarini Z.Freyd va uning shogirtlari A.Adler,K.Yung,E.Frommlar psixologik nuqtai nazardan chuqur o‘rganib chiqishgan.
Psixoanalitik maktabning asoschisi Zigmund Freydning fikricha, insonning faoliyatiga ikkita instinkt kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Insohlar o‘limdan qo‘rqib yoki lazzatlanish uchun harakat qiladilar. U«Deviant xulq-atvor»ni aynan mana shu nuqtai nazardan baholaydi. Freydning «Bokiralik tabusi» asarida u qadimiy xalqlarda me’yorlarning paydo bo‘lishi va shakllanishini tariflab beradi. Uning fikriga ko‘ra, insonning o‘z naslini saqlab qolishga bo‘lgan intilishi, aynan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohni bekor qilinishiga, qat’iy ta’qiqlanishiga olib kelgan. Tabuni buzish o‘lim bilan jazolangan.
Shaxsning shakllanishida sotsializatsiya jarayoni va uning asosiy kanallarining o‘rni muhim sanaladi. Bunda oila instituti va ijtimoiy tarbiya institutining ta'siri katta. Shaxsning sotsializatsiya jarayonini quyidagicha tasvirlash mumkin:
Ishlab chiqarish kollektivi
Ish vaqti
Sotsial birliklar (uyushmalar)
Ijtimoiy tarbiya tizimi
Xalq,
millat
Shahar,
qishloq
Ish bilan bog’liq bo’lgan ishdan tashqari vaqr
Ma’naviy hayot
Siyosat
Tabiiy ehtiyojlarni qondirish uchun vaqt
Shaxs
Iqtisod
Birlamchi oila
Oila
Uydagi mehnat va o’zini parvarish qilish
Bo’sh vaqt
Inson o‘sishi barobarida turli sotsializatsiya kanallari orqali yangi bilim va normalarni o‘zlashtiradi. Shu asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan qadriyatlar tizimini yaratadi. Ammo inson shaxs sifatida shakllanganidan so‘ng ham uning jamiyat bilan munosabatlari uzilib qolmaydi, u shakllanishda va takomillashishda davom etadi. Unga ikki tizim eng ko‘p ta'sir ko‘rsatadi: oila va mehnat jamoasi.
«Sotsializatsiya» tushunchasi XIX asr oxirida - paydo bo‘lib, shaxsning o‘z hayoti mobaynida o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatning ijtimoiy me’yorlari va madaniy qadriyatlarini o‘zlashtirish jarayonini anglatadi. Sotsializatsiya «shaxsni tarbiyalash», «shaxsni shakllantirish» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq, biroq u kengroq tushuncha bo‘lib, insonga nisbatan bo’lishi mumkin bo’lgan barcha ta’sirlarni qamrab oladi.
Inson shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, u shaxs bo‘lib shakllanadi. Insonning shaxs bo‘lib shakllanishi va qaror topishi sotsializatsiya jarayoni nomi bilan ataladi. Sotsializatsiya jarayoni go‘daklikdan boshlanib, insonning so‘nggi kunigacha davom etadi. Mazkur jarayon davomida inson jamiyatdagi madaniyat normalarini va sotsial rollarni egallaydi. Boshqacha qilib aytganda, u o‘z “Men”ini topadi.
Bunda inson quyidagi jarayon va usullardan foydalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |