turizm industriyasida ishlab chiqarish jarayonlari va mahsulot tozaligini kafolatlash uchun mo`ljallangan dasturlarni yaratish.
Davlat idoralari turizmda uzoq muddatli dasturlarni yaratishda yyetakchi o`rinni egallaydi. Bir qator mamlakatlar bunday dasturlarga ega (Rossiya, Finlyandiya, Avstriya, Fillipin va boshqalar). XXI asr uchun ish dasturi turizm bo`yicha davlat idoralari oldiga quyidagi asosiy masalalarni qo`yadi:
amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalarini baholash;
xalqaro faoliyatda hamkorlik o`rnatish.
Dasturning birinchi vazifasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
dastur maqsadlarini amalga oshirish bilan shug`ullanuvchi, turizmning rivojiga yo`naltirilgan mavjud milliy, xalqaro va boshqa tizimlarning faoliyatini baholash;
turizmning hususiy va davlat tarmoqlari o`rtasida hamkorlik;
turizm tarmog`iga soliq va to`lovlar solish shu tariqa bеlgilanishi kеrakki, turizm infratuzilmasini kеngaytirish, atrof-muhitni yaxshilash va boshqa maqsadlar uchun yеtarli mablag`lar bo`lsin;
tovar va xizmatlar uchun turizm bilan bog`liq ekologik xarajatlarni hisobga oluvchi narhlarni kafolatlovchi iqtisodiy chora-tadbirlar qabul qilish. Iqtisodiy rag`batlantiruvchi choralar shuningdеk turistik firmalarning atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi yutuqlarini rag`batlantirish uchun ham qo`llanilishi kеrak.
Ikkinchi vazifa o`z ichiga turizm taraqqiyoti jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti uchun oqibatlarini baholashni oladi. Bu esa o`z navbatida suv rеsurslari, elеktr quvvati, transport vositalaridan samarali foydalanish, turizm sohasida ish bilan ta`minlash, mahalliy aholi qatnashuvi siyosatining mavjudligi, atrof-muhit, madaniy, tabiiy va tarixiy qadriyatlarni muhofaza qilish kabi masalarni ko`rib chiqish zaruratinitug`diradi.
Turizmda kadrlar tayyorlash va rеjalashtirish dasturi muhim hisoblanadi. Maktablarning o`quv rеjalariga turizm ekologiyasi bo`yicha o`quv kursini kiritish tavsiya qilinmoqda. Kadrlarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlash maqsadida davlat turistik tashkilotlar va profеssional turistik birlashmalar hususiy sеktor bilan hamkorlik qilishi maqsadga muvofiqdir.