Декабрь 2020 17-қисм
Тошкент
MATEMATIKANI O’QITISHNING INNOVATSION VOSITALARI
Jumaniyazova Malika Mirzayevna,
Jumaniyozova Zaynab Mirzayevna
Xorazm viloyati Bog’ot tumani 1-son maktabning
matematika fani o’qituvchilari
Телефон:+998(91) 915 69 48
jumaniyazovamalika40@gmail.com
Annotatsiya:Bu maqolada pedagogik texnologiyalar haqida tushuncha, matematikani
o’qitishda innovatsion vositalar afzalligi,an’anaviy va zamonaviy ta’lim haqida bayon qilingan
Kalit so’zlar:Pedagogik texnologiya,ta’lim,innovatsion vositalar
Pedagogik texnologiya – bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’z oldiga
ta‘lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va
ularning o’zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli
usulidir. Bu ta‘rifdagi asosiy tushuncha tizimli usul bo’lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik
texnologiyaning, o’qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya usullari dastlab o’qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan
qoida bo’yicha o’zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor
ta‘lim har qanday ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg’argan tajribani
aniq o’quv fani doirasida o’zlashtirish bilan bog’liq. Ta‘lim oluvchilarda bilim va ko’nikmalarning
ma‘lum poydevori hosil qilingandan keyingina ta‘limning natijali va ijodiy yondashish usullariga
ko’chish mumkin. Ta‘limda og’zaki-ko’rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega bo’lib,
qismlarga ajratib ishlab chiqilgan va ta‘lim tizimida ulkan xizmat ko’rsatdi.Jadal suratlar bilan
o’sib borayotgan fan va texnika talablari, ta‘lim tizimidagi istlohatlar, raqobotbardosh kadrlar
tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma‘lumot olish istaklarini to’laroq qondirishga bo’lgan
jamiyat ehtiyojlari o’qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda. Ma‘lumki, ilg’or
texnologiyalarni qo’llashda asosiy e‘tibor loyihalash bosqichiga qaratiladi, bunday tizimli
yondoshuv asosida o’quv jarayonini loyihalash, kutilayotgan natija shaklidagi o’quv maqsadlarini
mumkin qadar aniqlashtirish, rejalashtirilgan o’quv maqsadlariga kafolatli erishishga undaydi.
Biz ushbu mavzuda matematika sohasi uchun innovatsion vositalar bilan tanishib chiqamiz.
Innovatsion pedagogika asoslarini va innovatsion ta‘lim jarayonini , maktabda matematikani
o‘qitishning innovatsion vositalarini o‘rganishdan iborat
Zamonaviy ta‘limni tashkil etish uchun turli innovatsion vositalardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Innovatsion vositalarga ekranli proektor, doska-stend, doska-bloknot, grafoproektor, elektron
darslik va videodarslikni misol keltirishimiz mumkin.Hozirgi kunda ta‘lim jarayonini EHM siz
tasavvur qilish qiyin. Allaqachon kompyuter o‘qituvchi uchun ham o’quvchi uchun ham asosiy
vositaga aylanib ulgurgan. Kompyuterning afzallik taraflari anchagina.Uning yordamida elektron
darslik va juda katta hajmli ma‘lumotlarni ihcham holatda saqlash va foydalanish imkoniyati
mavjud.Kamchiligi nurlanish tufayli inson salomatligi uchun zararlidir. Kompyuter orqali elektron
darslikdagi masala yechilishini quyidagichanamoyish etish mumkin.
Masala. y=x
2
-2x+3 funksiyaning grafigini yasang va uni y=x
2
funksiya grafigi bilan taqqoslang.
Bu grafikni osongina kompyuter orqali yasab o’quvchilarga yaqqol ko’rsatish mumkin.
38
Do'stlaringiz bilan baham: |