Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
KONSTITUTSIYAMIZ HUQUQIY KAFOLATIMIZDIR
Artiqova Shirin
Urganch tumani 48- son
maktabning boshlang‘ich ta’lim
o‘qituvchisi
Annotasiya: Maqolada Konstitutsiyaviy xuquqning asosiy sub’ekti insonligi, inson, uning
xuquqlari va erkinliklari konstituttsiyaviy xuquqning mazmun moxiyatini belgilab berishi haqida
aytib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Konstitutsiya, qonun, huquq, oily qadriyat, inson, fuqaro, jamiyat, davlat.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy xuquqning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
konstituttsiyaviy-xuquqiy normalar yordamida inson, jamiyat va davlat xokimiyatini amalga
oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy
xuquq normalari inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi va
ta’minlaydi. Bundagi ustuvor yo‘nalishlarni va oliy qadriyatlarni aniqlaydi va konstituttsiyaviy
amaliyotni belgilab beradi. Bu oliy qadriyatlarga konstituttsiyaviy institutlar mos bo‘lishi kerak.
Konstitutsiyaviy xuquqning asosiy sub’ekti insondir. Inson, uning xuquq lari va erkinliklari
konstituttsiyaviy xuquqning mazmun moxiyatini belgilab beradi. Konstitutsiyaviy huquq
normalarini xayotga tatbiq etish jarayonlarida konstitutsiyaviy huquqiy munosabatlar vujudga
keladi.
Konstitutsiyaviy huquq-davlat hokimiyati tashkil etilishini mustahkamlovchi, jamiyatning
bugungi kuni va kelajagini belgilovchi, jamiyat va shaxs munosabatlarini tartibga soluvchi inson
va fuqarolarning huquqlarini hamda davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishini belgilovchi davlat
organlari tizimi va ular faoliyatining eng muhim jihatlarini mustahkamlovchi huquqiy normalar
yig‘indisidir.
O‘zbekistonda ijtimoiy hayot, siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi
asosida rivojlanib bormoqda, bu esa davlat boshqaruvida demokratik umuminsoniy printsiplarga
asoslanganligini bildiradi. Butun dunyo tinchliksevar jamiyatlari tan olgan inson huquqlari
tamoyillari mamlakatimiz hayotida mustaqillikka erishgan kunlarimizdan boshlab amalda bo‘ldi,
unga ko‘ra inson, hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat
hisoblanadi. Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va
qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshiradi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar,
jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy xuquqning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki,
konstituttsiyaviy-xuquqiy normalar yordamida inson, jamiyat va davlat xokimiyatini amalga
oshirish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Konstitutsiyaviy
xuquq normalari inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga soladi va
ta’minlaydi.
Bugungi kunda O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi
siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik ququqiy davlat va fuqarolik jamiyatni barpo etish
maqsadida jamiyat hayotining barcha sohalarida bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirib
kelmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga xozirgacha bir necha marotaba o‘zgartirishlar
kiritildi, lekin bu o‘zgartishlar Konstitutsiyaning asl mazmunini o‘zgartirgani yo‘q. Jamiyat
rivojlanib borar ekan Konstitutsiya va qonunlarga tuzatish va o‘zgartish kiritishni hayotning
o‘zi taqazo etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2014 yil 27 martda
qabul qilingan va Senat tomonidan 2014 yil 10 aprelda ma’qullangan O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi (32,
78, 93, 98, 103, 117) qonuniga binoan Konstitutsiyaga quyidagicha o‘zgartish va qo‘shimchalar
kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar hokimiyat
va boshqaruv tizimini yanada demokratlashtirish, «kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati
sari» printsipi bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
78
Do'stlaringiz bilan baham: |