Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
MAKTAB FIZIKA DARSLARI SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILLARI
Sharipova Vasila Jumayevna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
15-maktab fizika fani 1-toifali o‘qituvchisi
G‘ulomova Shahnoza
Navoiy viloyati Navbahor tumani
19- maktab fizika fani o‘qituvchisi
Annotatsiya: Fizika fanini o‘qitishda yuqori samaradorlikni taminlashning ustuvor g‘oyalarini
ishlab chiqish, hamda uni targ‘ib qilish.
Kalit so‘zlar: o‘quvchilarni qiziqtirish, fizikaviy tajribalar, tarixiy fizika, fizika fani yutuqlari.
O‘quvchilarni fan asoslarini chuqur mustaqil ravishda o‘rganadigan bilimlar bilan qurollantirish,
ularda bilim, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish albatta mustaqil fikrlashga o‘rgatish hamda
o‘z fikrlarini amalda qo‘llash, shuningdek o‘quvchilarni faol mehnat faoliyatiga, ongli kasb
tanlashga va fizika faniga qiziqishi muhim o‘rin tutadi.
Atrofga qarasangiz, yog‘ayotgan qor yoki yomg‘irni, suzib yurgan bulutlarni, ariq yoki
daryolardan oqayotgan suvni ko‘rasiz. Bularning barchasi tabiat hodisalaridir. Bizni o‘rab turgan
tabiatdagi o‘zgarishlar hayotimizga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatda borayotgan jarayonlarning
qonuniyatlarini o‘rganish ulardan unumliroq foydalanish imkonini beradi. Qonuniyatlarni
o‘rganish borasida inson o‘z mehnatini yengillashtiradigan mashinalarni o‘ylab topgan.
Kundalik turmushimizni elektrsiz, yoqilg‘isiz va toza suvsiz tasavvur qila olmaymiz.Elektr
energiyasini hosil qiladigan mashinalar, elektrdan va yoqilg‘idan foydalanib ishlaydigan
qurilmalar fizika faniga asoslanib yaratiladi. Mashina va mexanizmlarni boshqarishda, sozlash
ishlarini bajarishda, uy-ro‘zg‘or texnikasidan unumli foydala nishda ham fizikadan olgan
bilimlarimiz asqotadi.
Tabiatda ro‘y berayotgan turli hodisalarni alomatlariga ko‘ra mexanik, issiqlik, elektr,
yorug‘lik va tovush hodisalariga ajratish mumkin. Bularning barchasi fizika fani yutuqlari hamda
o‘rganish peridmetlaridir.Agar maktab davridan o‘quvchi yoshlarni fizika faniga qiziqtirib, ularga
to‘g‘ri yo‘nalish berilsa, ular kelajakda bemalol tabiat qonunlarini tahlil qila oladilar.Statistik
malumotlarga qaraganda maktab davrida fizika faniga qiziqqan yoshlar kelajakda qariyib 95 %
dan ko‘prog‘i pisixik jihatdan yuqori saviyaga ega bo‘lishadi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, biz kabi o‘qituvchilar maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilim
samaradorligini oshirib,ularni turli inavatsion g‘oyalar,hayotiy jarayonlarni misollar yordamida
yanada chuqurroq o‘rgatishga chorlaydi.
Bunda bizdan talab qilinadigan asosiy jarayonlar bilan tanishsak:
• Asosiysi o‘quvchilarni qiziqtirish: bunda ularga turli qiziqarli va hayotda uchraydigan savollar
berish; Nima sababdan Quyoshdan yorug‘lik chiqadi? Nega suv bug‘ yoki muz ko‘rinishida bo‘la
oladi? Qanday sababga ko‘ra xona temperaturasida simob suyuqlik holida bo‘ladi-yu, temirni
suyultirish uchun juda yuqori temperaturagacha qizdirish kerak? yana shunga o‘xshash savollar.
• Turli xil fizikaviy tajribalar o‘tkazish: Yassi ko‘zgu yordamida yorug‘likning qaytishini
o‘rganish, kuch qarshiliklarini o‘quvchilar bilan o‘lchash, spektrda nurlarning joylashish tartibini
kuzatish va ularni o‘zlariga bu tajribalarni o‘tkazishga yordamlashish.
• Tarixiy fizikaga oid olam shumul voqelarni har darsda berib borish: Buyuk ingliz olimi I.
Nyuton fizikaning rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan. Quyosh va sayyoralar harakati sabablari,
kuch va uning jism harakatiga ta’siri, yorug‘likning rangi haqidagi ilmiy ixtirolar uning qalamiga
mansub,Umar xayyom o‘sha davr uchun ancha mukammal lashgan taqvim(kalendar)ni ishlagan
bo‘lsa, Umar Chag‘miniy Yer o‘qining og‘maligi tufayli fasllar almashinib turishini qayd qilgan.
Bunday buyuk tadqiqotlarni ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu
Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-xorazmiy hayoti bilan bog‘lash. Shu tariqa ularni qonida
qanday bobolarining qoni oqayotganini ham ong-ongiga singdirib boramiz.
Yuqoridagi ko‘nikmalar esa o‘quvchi yoshlarni har tomonlama yuksalishiga zamin bo‘lib
xizmat qiladi.
xulosa qilib shuni takidlash joizki, har qanday maktab darsliklarini samaradorligini oshirish
54
Do'stlaringiz bilan baham: |