Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
INGLIZ TILI DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISHNING
AHAMIYATI
Qodirova Mahfuza O‘ktamovna
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
38- umumiy o‘rta ta’lim maktab
Ingliz tili fani o‘qituvchisi
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng chet tillarini o‘rganishga qiziqish oshdi
va yurtimiz yoshlari uchun ko‘plab imkoniyat va sharoitlar yaratilib berildi.Har qanday chet
tilini o‘rganishdan maqsad o‘sha tilde bemalol muloqot qila olishdir. Chet tillarini o‘rganish va
o‘rgatish mukammal va juda uzoq davom etadigan jarayonlardan hisoblanadi. U o‘quvchidan juda
ko‘p mehnat va sabr-toqatni talab etadi. O‘gzaki nutq malakalarini o‘stirish uchun chet tillarini
o‘qitish jarayonida har xil interfaol o‘yinlardan qo‘llash chet tilini o‘rganishni qiziqarli va oson
o‘zlashtirishga yordam beradi.Interfaol o‘yinlar tilni o‘rganuvchilar o‘zlarini erkin tutishlari va
hatto uyatchan va kamgap o‘quvchilarni ushbu o‘yinda faol ishtirok etishga undaydi.Interfaol
metodlarni grammatikani oson o‘rganish va so‘z boyligini o‘stirish uchun foydalanish juda
o‘rinlidir.Darslarda pedagogik texnologiyalarni o‘rinli qo‘llash lozim.,,pedagogik texnologiya’’-
barkamol avlodni shakklantirish faoliyati demakdir.Bunda har bir bilim oluvchi o‘zining ko‘zlagan
maqsadiga albatta tez va oson erishadi.Ushbu jarayonda o‘quvchi mustaqil fikrashga va bilim
olishga intilishi ortib boraveradi.Hozirgi kunda ko‘pchilik olimlar ta’lim ob’yekti deb o‘qish
jarayonining maqsadi,mazmuni ,qonuniyatlari ,metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadi. Darhaqiqat,
o‘qish,o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas tamoyili
hisoblanadi. Ta’limga psixologik nuqtayi nazardan yondoshilsa, ushbu munosabatning
ustuvorligiga also shubxa qolmaydi.Ushbu jarayonda o‘quvchilarning bilim salohiyati,aql-
zakovati va turmush sharoitlari ham yetarlicha hisobga olinishi ko‘zda tutish lozim.Bilim darajasi
past va o‘zlashtirishi qiyin o‘quvchilar bilan ko‘proq interfaol usullarni qo‘llab dars tashkillansa
,o‘ylaymanki sinfda darsga qatnashmaydigan o‘quvchilarning o‘zi qolmaydi.Kamina ham ingliz
tili fani o‘qituvchisi sifatida darsda ko‘proq interfaol usullardan foydalanib dars o‘tishni afzal
bilaman va albatta samarasi ijobiy ekanligiga o‘quvchilarim darsda faol qatnashayotganligi buning
isbotidir.Dars jarayoniga kirganimda dastlab doskaga ,,Sabr kosasi’’ interfaol metodini chizib
qo‘yaman.Bunda uch guruhga bo‘lingan jadval yozib qo‘yiladi va to‘polon qilgan qator chizig‘I
intizomiga qarab chizib borilaveradi va dars oxxiriga kelib,qaysi guruh chizig‘i ko‘p bo‘yalgan
bo‘lsa to‘plagan ballaridan ayirib yuboriladi va aksincha guruhi kam bo‘yalgan yoki umuman
bo‘yalmagan qatorning balliga qo‘shimcha ball qo‘shib borilaveradi.Bu usul o‘quvchilarimning
darsda faol qatnashishi va intizomga qattiq rioya qilishga o‘rgatib boradi va o‘qituvchi darsni
tinchlikda o‘tishini ta’minlab beradi.Darsda qo‘llaydigan keyingin interfaol usul-,,The alphabet
game’’
Do'stlaringiz bilan baham: |