Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
MATEMATIKA DARSLARINI KUZATISH VA TAHLIL QILISH
Siddiqova Gullola
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
15 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi
matematika fani o‘qituvchisi
Annotasiya: maqolada o‘zaro dars kuzatuv va tahlil qilishning metodologik ahamiyati bayon
qilingan.
Kalit so‘zlar: Darsni kuzatish va tahlil qilish, ochiq, ko‘rgazmali, namunaviy, hisobot darslari,
darsni baholash mezonlari, darsini didaktik va uslubiy tahlil qilish.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi”da yuqori malakali, erkin va mustaqil fikrlaydigan, chuqur nazariy va amaliy tayyorgarlikka
ega bo‘lgan, olgan bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llay oladigan, jahon andozalariga mos
mutaxassislarni tayyorlash vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish va
bu boradagi qator muammolarni hal etishda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarning
ilmiy-pedagogik salohiyati muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar mazmuni yuqori saviyada bo‘lishi, fan
bo‘yicha belgilangan Davlat ta’lim standartlari va tegishli fan dasturlariga mos kelishi shart.
O‘qituvchining har bir darsi o‘quvchilarda shakllanayotgan bilim va ko‘nikmalar qamrovini
bosqichmabosqich kengayishiga xizmat qilishi, ularning mazkur fanga bo‘lgan qiziqishlarini
yanada ortishiga xizmat qilishi zarur.
pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko‘p yillik ish tajribalari va kuzatishlar o‘qituvchi
hamisha o‘z ustida ishlashi, bilim, ko‘nikma va malakalarini
Takomillashtirib borishi kerakligini ko‘rsatmoqda. O‘qituvchi pedagogik mahoratining
kundan kunga o‘sib borishi, yangi pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini
o‘quv jarayonida qo‘llay olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Darsni turli shakllarda o‘tish mumkin, ammo o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
shakllantirish uchun ayrim talablarga rioya etish maqsadga muvofiq. Ular quyidagilar:
- o‘qituvchi darsning mavzusi va maqsadini aniq belgilashi shart;
- har bir dars ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasiga ega bo‘lishi kerak;
- dars jarayonida o‘quvchilarning yakka holda, guruh va jamoa bo‘lib ishlashlari talab eti-
ladi;
- dars o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda o‘qituvchi tomonidan
maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
- o‘qituvchi o‘tiladigan mavzuni dars davomida o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘zlashtirib
olishlarini ta’minlaydi;
- darsda sanitariya-gigiena talablariga rioya qilinadi.
O‘qituvchi faoliyatining qanchalik samarali ekanligi va pedagogik mahoratini uning o‘tayotgan
darslarini kuzatish va tahlil qilish orqali bilish mumkin.
O‘qituvchining darsini kuzatish va tahlil etish mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘qituvchilik kasbi
odobiga ko‘ra uni darsga kirish oldidan ogohlantirish lozim. Darsni kuzatishda bir kishi, agar
imkoniyat bo‘lsa, 2-3 kishi bo‘lib dars kuzatilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu o‘z navbatida,
har xil anglashilmovchiliklar va psihologik to‘siqlarning oldini olishga yordam beradi.
Kuzatuvchilar birgalikda darsga kirib kelib, orqa o‘rindiqlarni egallashgandan so‘ng dars
boshlanadi. O‘qituvchi darsga kirganda qo‘li (yoki o‘quv xonasi)da guruh jurnali, o‘quv dasturi,
kalendar-mavzu rejasi, dars ishlanmasi(konspekti) bo‘lishi kerak. Dars uchun kerakli jihozlar va
ko‘rgazmali qurollar oldindan tayyorlab qo‘yilgan bo‘lishi lozim.
Dars boshlangandan so‘ng hech kimning ushbu jarayonga xalaqit berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman, shahar
mudirlari, o‘rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari
direktorlari, ularning o‘rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan
2 soat, o‘qituvchilar tomonidan 1 soat o‘qituvchilar darslarining kuzatilishi va tahlil qilinishi
talab etiladi.
O‘qituvchining darsini kuzatib, uni tahlil etishda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga
221
Do'stlaringiz bilan baham: |