Декабрь 2020 10-қисм



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet291/341
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#227466
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   341
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Декабрь  2020  10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI 
QO‘LLASH
 
Kenjayeva Hamida,
Navoiy viloyat Qiziltepa tumani 
27-umumiy o‘rta ta`lim maktabi 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada ilg‘or pedagogik texnologiyalar va ularni ahamiyati, darslardagi 
samarasi hamda qo‘llash yo‘llari berilgan. Shu asosda bir soatlik dars ishlanmasi taqdim etilgan. 
Kalit so‘zlar: ilg‘or pedagogic metodlar, zamonaviy pedagoglar, boshlang‘ich sinf, ta`lim – 
tarbiya 
 
Hozirgi  kunning  talabi  barkamol  va  mustaqil  fikrlovchi  shaxslarni  tarbiyalash  bo‘lib, 
ta’lim-tarbiya  jarayonida  bilim  berishni  takomillashtirish,  o‘quvchilar  bilan  ishlashning  yangi 
yo‘nalishlarini ishlab chiqish va noan„anaviylikka intilishni taqazo etadi. Shunga ko‘ra, kichik 
yoshdagi o‘quvchilarni fikrlash, izlanish va aniq maqsad sari intilib ongli ravishda bilim olish 
va dunyoqarashini kengaytirish uchun ta’lim-tarbiya berishda metodlarning xilma-xil bo‘lishini 
talab etadi. Ana shunday yangi texnologiyalardan biri o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash malakasini 
shakllantirishdir. 
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish davr talabidir. 
Bugungi o‘quvchilarga ta’lim berish ularni tarbiyalash o‘qituvchi zimmasiga katta mas`uliyat 
yuklaydi.  Bu  esa  pedagogdan  talabchan,  o‘z  ustida  ishlash,  o‘ta  mas’uliyat  bilan  faoliyat 
yuritishni taqoza etadi. pedagogning faoliyat shakllari- darsni amaliy mashg‘ulot, hikoya, suhbat, 
savol-javob, bahs-munozara, darslarida namoyon bo‘lib undan unumli va o‘rinli texnologiyalarni 
qo‘llashni talab qiladi. 
O‘quvchilar zamonaviy dars jarayonrida o‘ziga nisbatan talabchanlikni oshiradi, muammoni esa 
yechimini, oson, qulay usullarini topishni, taqqoslashni, qiyoslashni o‘rganadi. O‘tilgan mavzuga 
mustaqil munosabat bildirish malakasi oshadi. Har bir o‘qituvchi darsda qaysi usulni qo‘llashidan 
qat’iy nazar talabchanlikni, faollikka, mustaqil fikr yuritishga erishishni maqsad qilishi kerak. 
O‘qituvchining  nutq  madaniyati  ham  dars  jarayonini  muvaffaqiyatli  bo‘lishiga  yordam 
beradi.  Notiqlik  mahorati  faolligini  oshirib,  ishga  ijobiy  yondashuvini    ta’minlaydi.  Dars 
davomida zamonaviylikka erishishda barcha usullarni o‘rinsiz, ko‘p foydalanish ham yaramaydi. 
Zamonaviy,  noan’anaviy  dars  shakli  va  uni  tashkil  etishdan  maqsad  -  o‘quvchilarning  bilish 
faoliyatini  kuchaytirilish  darslarni  samarali  natijalariga  erishish  yo‘llaridan  biri  hisoblanadi. 
pedagogik texnologiya o‘quv jarayonlarini harakatga keltiradi. O‘qituvchi belgilangan maqsadga 
erishmoqchi  bo‘lgan  yo‘lidan  og‘ishmay  borishni  undan  kuchli  kasbiy  mahorat  talab  etishi 
hammamizga ma’lum, chunki dars asosda shaxs sifatini shakllanishiga pedagogic ta’sir etishini 
to‘g‘ri tashkil etiladi. 
Boshlang‘ich  ta’lim  darslarida  pedagogik  mahoratning  siri  ona  tili,  matematika  va  o‘qish 
darslarida  o‘zgacha  namoyon  bo‘ladi.  Masalan,  o‘qish  darslarida  o‘quvchilarning  his  qilish, 
tasavvur etishi kuchayadi. Unda muallifning orzu-istaklari ifodasi orqali insonparvarlik, odamiylik, 
mehribonlik, vatanparvarlik hissi uyg‘otiladi va o‘stiradi. O‘quvchilar ma’naviy merosimizning, 
o‘z-o‘zini anglashni, ajdodlar ila faxrlanishni avlodlarga bo‘lgan chuqur ishonchni anglab yetadi. 
Ta’lim bilan tarbiyani hamohangligi natijasida og‘zaki nutqi ravon, o‘z so‘zlash nutqiga ega, 
mantiqiy fikr yurita oladigan barkamol shaxs kamolga yetadi. Ona tili darslarida esa o‘quvchining 
yozma  nutqi,  husnixat  malakasi  o‘sib  boorish  barobarida  qalbini  uyg‘otuvchi  teran  fikrlarini 
bayon  etadigan  o‘quvchilar  tarbiyalanadi.  So‘z  boyligiga  ega,  o‘z  qarashlarini  yozma  nutqda 
mukammal  bayon  etishga  qodir  o‘quvchilar  imkoniyati  darslarda  va  aynan  yangi  zamonaviy 
dars, pedagogik texnologiyalarni to‘g‘ri joriy qilish natijasida o‘z samarasini beradi. 
Qaysi  sinfda  dars  tashkil  etishimizdan  qat’iy  nazar  u  ilmiy  bo‘lishi,  mazmun  va  izchillik 
yo‘qolmasligi, ta’lim va tarbiya uzviyligi, onglilik, ko‘rgazmalilikda o‘quvchiga xos xususiyatlar 
hisobga olinishi muhimdir. 
Demak o‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, o‘qituvchi oldida turgan eng muhim vazifa dars 
jarayonida ko‘zda tutilgan. Ta’lim maqsadlariga erishishni ta’minlay olishi kerak. Dars maqsadi, 
vositalari, pirovard natijasi oldindan belgilanib, unga erishish kafolatlanadi. 


215

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish