Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
ba’zan xarakterlari yomon bo‘lib o‘sadilar. Ana shunday beparvo ota-onalarga A.S. Makarenko
“Hozirgi ota-onalar bolalarni tarbiyalash bilan mamlakatimizning kelajak tarixini tarbiyalaydilar”,-
degan nihoyatda dono so‘zini eslatib o‘tgim keldi.
Masalaga shu nuqtai nazardan olsak, har bir ota-ona o‘zining tarix yaratuvchilik rolidan
faxrlansa arziydi. Darhaqiqat, tarixda iz qoldirgan, yo juda muhim o‘rin tutgan ulig‘ kishilarning
yuksak mavqega erishishlarida ota-onaning xizmati shubhasizdir. Ana shunday ota-onalr bolalarini
taqdir ixtiyoriga havola qilib qo‘yib, o‘z ishlari bilan band bo‘ladigan beparvo ota-onalar emas,
bolalarini bir parcha go‘shtlik chog‘laridan tortib aql-idok, odamiyat yo‘liga solib yuborish
uchun hech narsasini ayamagan bolajon ota-onadir.
Afsuski, bola tarbiyasini noto‘g‘ri tushunadigan ota-onalar ancha-muncha topiladi. Asosiy
vazifa bolani jamiyatga munosib, yetuk odam qilib yetishtirishdir. Ota-ona oldiga shunday
talab qo‘yilganda, ba’zilari o‘zlarining bevosita burchlarini zimmalariga olishdan qochibmi,
yo tutayotgan ishlari yanglish ekanini anglamaymi: “Yo‘q, hozir bola tarbiyasi faqat maktab
zimmasida Ana shular tarbiya qilishsin, odam qilishsin! Biz ishda bo‘lsak, qachon bolamiz
orqasidan ko‘z-quloq bo‘lib yuramiz!”,-deyishadi.
To‘g‘ri bola tarbiyasida maktabning ham o‘rni katta. Lekin ishda ekanini bahona ilib, bola
tarbiyasidek sharafli burchdan qochish, uni bo‘yindan soqit qilish yaramaydi. Ammo hozirgi
kunda davlat yo jamoat ishi bilan band bo‘lmagan kim bor? Insof bilan aytganda, idora yo
korxonalarda, dala yo qurilishda o‘tadigan vaqtimiz boladek aziz jigargo‘sha tarbiyasiga aslo
halaqit bermaydi. Ba’zi ota-onalar ana shunday asossiz bahonalarni ro‘kach qilishib, bolalarining
yurish-turishlarida, hatto ma’naviy va jismoniy jihatlarida yuz bergan o‘zgarishni payqamay
qoldilar. Bola kichik bo‘la turib, aqli ko‘p narsaga yetadigan bo‘lib qoladi. Mana shunday
aqliy va jismoniy taraqqiyot o‘rtasidagi farqni anglamaslik orqasida ba’zi ota-onalar bolalarini
jussalariga qarab, hali yosh, aqllari hech nimaga yetmaydi deb o‘ylaydilar-da, bolalari oldida
bo‘lar-bo‘lmas gapni og‘izlariga olaveradilar.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki tarbiyaning shaxs kamolotida dolzarb ahamiyatga ega
ekanligini ta’kidlaganholda, yurtboshimiz maktablarda “Tarbiya” fanini yaratish va o‘qitish
tashabbusi bilan chiqdilar. Bu tashabbusning o‘zi ham bola tarbiyasida tarbiyaning naqadar
ahamiyatli masala ekanligini isbotlaydi.
Tarbiya-bu tamal toshi. U qaysi tarafga qo‘yilsa, o‘sha taraf og‘irlashadi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. M.Ismoiliy. Inson husni: Axloq-odob mavzuidagi suhbatlar –T. Adabiyot va san’at nashriyoti,
1989.-256 b
2. A.Razzoqov. “Oila-farog‘at qasri”-T. Sano-standart nashriyoti.2012. -102 b
3. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari.7-sinf darsligi. T.2015
98
Do'stlaringiz bilan baham: |