Декабрь 2020 10-қисм
Тошкент
IJTIMOIY FAOL O‘QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA ALISHER NAVOIY
IJODINI O‘RGANISHGA INNOVATSION YONDASHUV.
Alimova Guliandom Bahodirovna.
Xorazm viloyati Shovot tumanidagi
38-umumta’lim maktabining
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi.
e-mail:nafasovdoniyor@gmail.com.
Tel: +998942300399
Annotatsiya: Ushbu maqolada interfaol ta’lim texnologiyalarining mohiyati, maktab ta’limi
bosqichida A.Navoiy hayoti va ijodini o‘qitish jarayonida “Bumerang” interfaol texnologiyasini
qo‘llash yo‘llari keltirilgan.
Kalit so‘zlar: Texnologiya, bumerang, anglash bosqichi, interfaol, inter
Yangi O‘zbekistonni ravnaqi ko‘p jihatdan ta’lim sohasidagi islohotlarga bog‘liq. Davlatimiz
rahbari ta’kidlaganidek “mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g‘oyalar bilan
maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo‘lgan, intellektual va ma’naviy salohiyati
yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb
egalari bo‘lishlari uchun ularda zarur ko‘nikma va bilimlarni shakllantirish lozim”[1].Hоzirgi
kunda pеdagоgik adabiyot, ta’lim muammоlariga оid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda “yangi
pеdagоgik tехnоlоgiya”, “ilg‘оr pеdagоgik tехnоlоgiya”ibоralari kеng qo‘llanilmоqda. Aynan
tizimli yondashuv pеdagоgik tехnоlоgiya asоsida o‘qitishni bоshqa yondashuvlardan farqlоvchi
asоsiy bеlgi hisоblanadi. Ta’lim maqsadlari, uning mazmuni, o‘qitish va ta’lim bеrish mеtоdlari,
nazоrat va natijalarni bahоlashni o‘zarо alоqada va bir-biri bilan bоg‘liqlikda lоyihalashko‘pincha
an’anaviy o‘quv jarayonida yеtishmaydigan narsalardir.
pedagogik jarayonni samarali va natijali bo‘lishini ta’minlash uchun xozirgi kunda ta’limning
interfaol uslublaridan foydalanilmoqda.“Interfaol”- inglizcha so‘z bo‘lib, “Interact”: “inter”-
o‘zaro va “act” - “harakat qilmoq”, ularni umumlashtirganda esa, “Interfaol”-“o‘zaro harakat
qilmoq” ma’nosini anglatadi[2]. O‘zaro harakat-bu o‘qituvchi bilan o‘quvchining birgalikdagi
harakatidir. Umumta’lim maktablari o‘quv jarayonida Alisher Navoiy ijodini o‘rganishda
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishning ahamiyati katta. Maktab
ta’limida adabiyot darslarini samarali tashkil qilishda “Alisher Navoiyning hayoti va ijodi”
mavzusini o‘rganishda “Bumerang” interfaol texnologiyasidan foydalanish shartlarini keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |