3. Ang’iz va uni ishlash tizimi. G’alla ekinlaridan bo’shagan yerlarni yerlarni
shudgorlash muddati va uni sifatli qilib o’tkazish tadbirlari.
Yoppasiga ekilgan g’alla ekinlari hosili yig’ishtirib olingan dala ang’iz deyiladi. Bir
yillik ekinlardan bo’shagan bunday dalalarda chimzorlarga qaraganda organik moddalar
ancha kam, tuprog’i quruq, strukturasi yomon, zichlashgan, begona o’tlar va ularning urug’i
ko’p bo’ladi. Ang’izda zararkunandalar va kasalliklar ko’p uchraydi. Ang’izni ishlash tizimi
lushchil’nik bilan yumshatish va kuzgi shudgorlashdan iborat.
Ko’p yillik begona o’tlar bosgan dalalar 2 marta yumshatiladi. Birinchi holda diskli
lushchil’nik bilan 4-5sm chuqurlikda, keyin ag’dargichli lushchil’nik bilan 10-12sm
chuqurlikda yumshatiladi. Bir yillik begona o’tlar bosgan dalalar 4-5sm chuqurlikda 1 marta
yumshatiladi. Bunday yerlar oktyabr oyining boshlarida shudgorlanadi. Kuzgi haydashni
shimoliy rayonlarda 15 noyabrdan, janubiy rayonlarda 30 noyabrdan kechiktirmaslik kerak.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
51
Kuchli shamol bo’ladigan tumanlarda ko’p yillik begona o’tlar kam o’sgan uchastkalarni
ag’dargichsiz plug bilan haydash yaxshi samara beradi.
E. I. Zaurov, U. Xo’jabekov bu usulda haydalganda bug’doy hosili 20-23%, lalmikor
dehqonchilik ITI 8-12% ortishi haqida yezishgan.
Hosilni o’rib-yig’ish bilan bir yo’la ang’izni haydash imkoniyati qilinganda, darhol
uni lemexli PL-5-25 yoki yuza yumshatgich – ploskorez- XP-2-250, AP-7,5 va boshqa
qurollarda 10-12 sm chuqurlikda yumshatish zarur. Shundan keyin yuza yumshatilagan
ang’izni albatta ekin ekishdan oldin PN-4-35 osma yoki P-5-35m, PU-5-35 A tirkama
pluglarda tegishli chuqurlikda haydash zarur. Sug’oriladigan yerlarda takroriy ekin ekish
uchun samon yig’ishtirilib ang’iz sug’oriladi. Yer yetilishi bilan plugga «zig-zag» borona
taqilib yer haydaladi. Yerni kunning salqinroq vaqtida haydash yaxshi natija beradi. Keyin yer
joriy tekislanadi va mola bostirilib takroriy ekin ekiladi.
1. Yerni ag’darmasdan chuqur – yumshatish.
2. Haydash bilan bir vaqtdan tuproq yuzasida marzalar,to’siqlar hosil qilish.
3. Qorni saqlash va uni erishini boshqarish.
4. Nishab yerlarni ko’ndalang haydash.
5. Ag’dargichsiz haydab, ang’iz qoldirish.
6. Moslashtirilgan ayrim ag’dargichlarni qisqartirilgan pluglar bilan haydab tuproq
yuzasida jo’yaklar paydo qilish
O’rta Osiyo respublikalarida relyef asosan past – baland. Sug’oriladigan yerlarda
sug’orish eroziyasi xavfi bo’ladi. Sug’orish eroziyasi (irrigasion eroziya) asosan nishab
yerlarda sodir bo’lib, yog’ingarchilik ta’sirida va sun’iy sug’orish ta’sirida ekin
maydonlarning yuqori qismining unumdor qismi pastki qismlarga yuvilib ketadi. Unumdorlik
kamayadi. Yuqori hosil olib bo’lmaydi.
Dehqonchilikda yerlarni kuzda shudgorlash bilan bir qatorda bahorda ham ishlov
berish respublikamizning shimoliy hududlaridagi sho’rlangan yerlarda o’tkaziladi. Tuproq
unumdorligini oshirishda bedaning ahamiyati juda yuqori bo’lib, uni buzish jarayoni sifatli
qilib o’tkazilgandagina ta’siri yanadi samarali bo’ladi.
AQLIY HUJUM.
Bevosita jamo bo’lib, “fikirlar hujumi”ni olib borish. Bu uslubdan maqsad-mumkin
qadar katta miqdordagi g’oyalarni yig’ish, talabalarni ayni bir xil fikirlashdan holi qilish,
ijodiy vazifalarni echish jarayonida dastlab paydo bo’lgan fikirlarni engishdir.
1.Bahorgi shudgor qaysi hududlarda o’tkaziladi va nima sababdan?
2.Bahorgi shudgorni kamchiliklari nimada?
3.Bedapoyani shudgorlash qanday amalga oshiriladi?
4.Bedapoyalarni buzishda qanday qurollardan foydalaniladi?
5.Ang’izni ishlash tizimi qanday?
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
52
Do'stlaringiz bilan baham: |