3. Ilmiy ish yakuni bo’yicha hisobot yozish. Har yili tajriba tugagandan keyin ilmiy
xodim tadqiqot ishi bo’yicha yillik hisobot yozadi. Hisobotda tadqiqot natijalarining asosiy
mazmuni aks ettiriladi. Uning taxminiy hajmi 15-20 betdan iborat bo’ladi.
Hisobotning tarkibiy qismlariga titul varaqasi, bajaruvchilar ro’yxati, so’z boshi,
masalaning holati haqida qisqacha tavsif (adabiyotlar sharxi), tadqiqot uslubi, tadqiqot
o’tkazilgan joyning tuproq-iqlim sharoitlari, tadqiqot natijalari va ularning taxlili, tajribada
ishlab chiqilgan tadbirning iqtisodiy samaradorligi, xulosa va takliflar, foydalanilgan
adabiyotlar ro’yxati va ilovalar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |