Kontakt ta’sir etuvchilar o’simlikning tekkan joyiga ta’sir etadi. Ichdan ta’sir etuvchilar esa
kaysi qismiga tegishidan kat’iy nazar, uning tanasiga singib, modda almashinuv jarayonini
buzadi va o’simliklarni nobud qiladi.
Hozirgi vaqtda begona o’tlarga qarshi ishlatiladigan kimyoviy moddalar ya’ni
gerbisidlar katta miqdorda ishlab chiqarilmokda. Gerbisid so’zi lotincha «gerba-o’t va
«sido» – o’ldiraman, degan ma’noni anglatadi.
Gerbisidlar suvda erish xossasi, o’simliklarga ta’sir etish xususiyati, qo’llanish joyi va
muddatiga ko’ra eritma, suspenziya, granula (donador) holda ishlatiladi. Gerbisidlarning
samaradorligi ularning qo’llash usuli, me’yori, muddati hamda tuproq namligiga bog’liq
bo’ladi. Ularning dalaga uch xil usulda, ya’ni yoppasiga, lenta usulda yoki ekilgan qatorga,
25-30 sm kenglikdagi maydonning o’t bosgan yerigagina syopish mumkin.
Ular ekinlarni ekishgacha, ekish bilan bir vaqtda va ekilgandan keyin o’simliklarning
har xil fazalarida qo’llaniladi. Gerbisidlar ekin ekish bilan bir vaqtda sepilganda, syopish
ekish seyalkalariga moslashtirilgan PGS-2,4, PGS-3,6 asboblari yordamida purkaladi.
Gektariga qo’llash me’yori uning xossasiga, qo’llanish joyiga (tuproqqa, o’simlikka, ekin
ekilgan va ekilmagan dalaga sepilishiga), muddatiga, ob-havo sharoitiga, begona o’tlarning
yeshiga, oz ko’pligiga va ularning ta’sirchanligiga qarab belgilanadi. Ko’pincha gektariga 300
grammdan-60 kg gacha gerbisid sarflanadi. Suyuq holda ishlatilganida ishchi eritmadan 50-
300 litergacha purkaladi.
Gerbisidlar me’yori tuproq-iqlim sharoitiga (tuproqning tipi, yog’in-sochin, havo
temperaturasi) va boshqalarga bog’liq. Mexanik tarkibi og’ir, serchirindi yerlarda
ishlatiladigan gerbisidlar mexanik tarkibi yengil, qumoq, kam chirindili yerlarga ko’ra begona
o’tlarga kamroq ta’sir etadi.
Ko’pchilik gerbisidlar ob-havo temperaturasi 18-24
0
S atrofida bo’lganda begona
o’tlarga samarali ta’sir etadi, 25-30
0
S da ta’siri kamayadi, 8-10
0
S da esa umuman ta’sir
etmaydi.
Ma’lumki, ko’pchillik gerbisidlar oldin suvda eritilib, so’ng ishlatiladi. Har gektar
yerga sarflanadigan eritma me’yori gerbisidning turiga, asosiy ta’sir etuvchi modda
miqdoriga, qo’llash usuliga va boshqa sharoitga bog’liq. Yerga sepiladigan kontakt
gerbisidlar me’yori gektariga 300-600 l., ichdan ta’siri etadigan (sistem) preparatlar uchun
150-200 l., atrofida bo’ladi.
Gerbisidlar begona o’tlarga har xil muddat ichida ta’sir etishi mumkin. Ularning ta’sir
etish faolligi haroratga, tuproqning namligiga va boshqa omillarga bog’liq. Ba’zi
gerbisidlarning begona o’tlarga ta’siri sepilgandan 2-3 soatdan keyin, ayrimlariniki 2-3 kunda,
boshqalariniki esa 2-4 xaftadan keyingina syoziladi. Gerbisidlarning xususiyati har xil
bo’lganidek, qo’llagandan keyin ta’sir etish kuchini saqlash muddati ham har xil bo’ladi.
Binobarin, ayrim gerbisidlar sepilgandan keyin 2-4 xafta ichida ta’sir kuchini yo’qotsa, ba’zi
birlari 2-3 yilgacha saqlaydi. Gerbisidlarning ta’sir etish kuchini saqlashi va yo’qotishi tashqi
sharoitga chambarchas bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |