Amaliyot (praktika) – inson tomonidan nazariyaning amalda tadbiq qilinishi, uning
faoliyati natijasida predmet o’zgaradi. Bilish jarayonida nazariyaning rivojlanishi va
harakatlanishida amaliyot asosiy kuchdir.
Kuzatish (nablyudeniya) – o’simliklarda u yoki bu voqyeylik ta’siri natijasida
bo’ladigan o’zgarishlarni son yoki sifat jihatdan hisobga olishdir. Tashqi muhit omillarini
kuzatish (agrometeorologik, agroximik, agrofizik, biologik, fitopotologik, entomologik va
boshqalar). O’simliklarning holatini kuzatish (fenologik, bo’yini o’lchash, tup soni,
hosildorlik va boshqalar). Kuzatish tashqi dunyo voqyeyligining ongimizdagi aksidir. Xar
kanday kuzatishni utkazishdan oldin uning maksadi va vazifalari belgilab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |