Dehqonchilikning siderasiyalash tizimi. Bu tizim bundan ikki ming yillar oldin
sharq mamlakatlarida qadimgi Gresiyada, Rim imperiyasida va boshqa yerlarda qo’llanilgan.
Bu tizimning mohiyati shuki, ekinlarning hosili yig’ishtirib olingandan keyin har yili yoki 2-3
yilda bir marta kuzgi javdar yoki rang o’t ekib, keyinchalik kuzgi javdarni nay urash fazasida,
rang o’tni esa gullash davrida (kech kuzda) yerga qo’shib haydaladi. Dehqonchilikning
siderasiyalash tizimida tuproq unumdorligining ortishi va saqlashi ko’kat o’g’itlar hisobiga
asoslangan edi. Bu tizim hozirgi vaqtda ham keng qo’llaniladi.
Dehqonlarga o’sha davrda tuproq unumdorligini oshirishda dukkaksiz o’simliklarga
qaraganda dukkakdosh ekinlarning ahamiyati katta ekanligi malum bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |