G’alla ekinlari. Kattaligi 100 m2 gacha bo’lgan paykallardagi hosil qo’lda yoppasiga o’rib olinadi. 100 m2 va undan katta paykallardagi hosilni kombaynda o’rib olish mumkin. Agar hosili kam bo’lsa, paykal qanday kattalikda bo’lishidan qat’iy nazar, hosilni kombaynda o’rish mumkin emas. Chunki don vaznidagi kichik farq ham katta foizni tashkil etib, hosilning aniqligiga ta’sir qiladi. Har bir paykaldagi hosilni o’rib olishdan oldin kombayn 3-5 minut salt ishlashi kerak. Agar paykallarning joylashishi va shakli hosilni kombaynda o’rish uchun noqulay bo’lsa, hosil oddiy mashinalarda yoki qo’lda o’rilib, kombaynda yanchiladi. Har bir paykaldagi hosil o’rib olingandin keyin, donni qoplarga joylab, oddiy qalam bilan yozilgan yorliq osib qo’yiladi. Don tortilayotganda namligi, iflosligini aniqlash uchun 1-2 kg dan namuna olib, shisha idishga solinadi va surgichlab (yelimlab) qo’yiladi.
110
Hosilni hisobga olishda standart namlikka aylantirib hisoblash shart. Namlik donga belgilangan standartga muvofiq usullardan biri bilan aniqlanadi va foizlarda ifodalanadi. Har bir paykaldan olingan hosil maxsus jadval yoki quyidagi formuladan foydalanib, standart namlikka keltiriladi:
A-(Yu0-Vg^)
X = ;
100-Vsg
bu yerda: X - standart namlikdagi don hosili; A - tabiiy namlikdagi don hosili;
Vga^- hosilning olingan vaqtdagi tabiiy namligi; VS7- donning standart namligi.
G’alla ekinlari hosilini namuna bog’larga qarab aniqlashda hisoblanadigan har qaysi paykaldan vazni 5-7 kg namuna bog’ olish tavsiya etiladi.
Tolali ekinlar. Zig’ir, kanop hosilini hisobga olish usullari g’alla ekinlarinikiga o’xshaydi. Dala tajribalarida urug’ va somon hosilidan tashqari, tola chiqishi va uning sifatini aniqlash ham maqsadga muvofikdir. Buning kamida 30 kg dan bo’lgan (nam holatdagi) o’rtacha namuna olinib, har biri 5-10 kg keladigan bog’ qilib bog’lanadi. Bog’lar texnologik taxlilga, ya’ni yoyish, issiq suvda ivitish, poyasi bilan quritish, yumshatish, po’stlog’ini shilish, tolasining sifati va miqdorini aniqlash uchun yuboriladi.
O’tlar. O’tlar hosili yoppasiga ham, namuna bog’lar bo’yicha ham hisobga olinadi. Birinchi usulda o’rilgan massa paykalda quritilib, pichani shu joyda tortiladi. Ikkinchi usulda o’rilgan qatorlarning 30-50 joyidan 5-7 kg keladigan kamida 2 bog’ o’t olinib, namligida tortiladi, so’ngra paykaldagi barcha ko’k massa hosili tortiladi. Namuna bog’lar quriguncha o’tlarning botanik tarkibi va komponentlarning o’zaro nisbati aniqlanadi. Namuna bog’lar yerda yoki maxsus so’kchaklarda quritiladi. So’ngra quruq massa miqdori aniqlanib, pichan hosili 16 % standart namlikda hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |