Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc


Tajribada o’tkaziladigan agrotexnologik jarayonlar



Download 1,29 Mb.
bet93/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

3. Tajribada o’tkaziladigan agrotexnologik jarayonlar. Tajriba o’tkazishdagi agrotexnika tadbirlari hamma variantlarda bir vaqtda bir kunda bajarilishi kerak. Biror sababga ko’ra, agrotexnika tadbirlarini bir kunda bajarish mumkin bo’lmay qolsa, u holda takrorliklar bo’yicha o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, tajriba variantlarining 1-2 takrorliklarida birinchi kuni, qolganlarida ikkinchi kuni o’tkazilishi mumkin.
Agar agrotexnika tadbirlari turli muddatlarda o’tkazilsa, tajriba variantlaridagi ekinlarning rivojlanishidagi o’zgarishlar aniqlanmay, ulardan olingan natijalar ham har xil bo’lib, xatolikka yo’l qo’yiladi. Shuningdek, agrotexnika tadbirlarinig sifati ham hamma paykallarda bir xilda bajarilishi lozim.
O’g’itlash. Tajriba paykallaridagi o’simliklarni oziqlantirishda va kuzgi shudgorlashdan oldin yerga solinadigan o’g’itlar paykallarga baravar taqsimlanishi va bir tekisda sepilishi lozim. Aks holda ayrim paykallarga o’g’itlar ko’proq tushib qolsa, u yerdagi o’simliklar yaxshi rivojlanadi va kamroq tushgan joylarda rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Natijada olingan ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlab bo’lmaydi. Tajriba paykallariga solinadigan organik o’g’itlarning tarkibi, namligi, chirish darajasi va boshqa xususiyatlari ham bir xil bo’lishi kerak. Ularni yerga solishdan oldin yaxshilab aralashtirib, bir tekisda sepiladi. Kichik tajriba paykallariga o’g’it qo’lda, yirik paykallarga o’g’itlagich mashinada solinadi.
Yerni ishlash. Tajriba paykallarni kuzgi shudgorlash, yerni ekishga tayyorlash va shu kabi barcha ishlar variantlarning hamma takrorliklari bo’yicha maydonning uzunasiga olib boriladi. Bunda traktor buriladigan joylar, yer ichkariga yoki tashqariga ag’darib haydalganda hosil bo’ladigan ariqcha yoki do’ngliklar himoya zonasiga to’g’ri kelishi zarur. Agar shunday qilinmasa, tuproq unumdorligiga ta’sir qiladi va hosildorlik pasayishiga sabab bo’ladi.
Tuproqni ishlashning ekinlarga ta’siri o’rganilmaydigan tajribalarda haydash barcha variantlarda bir xilda, bir paytda va yuqori saviyada amalga oshiriladi.
Ekish. Ekishni talab darajasida o’tkazish ekish texnikasiga va urug’ning sifatiga bog’liq. Barcha tajribalarda ekish me’yorini urug’ning massaga qarab emas, balki unuvchan urug’lar soniga qarab belgilash kerak.
Dala tajribalarida ekish bir kunning o’zida, bir xil chuqurlikda o’tkazilishi shart.
Ekinni parvarish qilish. O’simlikni parvarish qilish ishlari xo’jaliklarda olib boriladigan agrotexnikaga moslanadi. Shuningdek, hamma variantlar va takrorliklardagi parvarish ishlari bir xil bo’lishi, sifatli o’tkazilishi va o’z vaqtida bajarilishi muhimdir. Chopiq, qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish tajribaning barcha paykallarida bir xilda o’tkazilishi talab qilinadi. Ayniqsa, begona o’tlarni yo’qotishga alohida e’tibor berish kerak.


108


Chunki ular ekinlarga katta zarar keltirishi hammaga ma’lum. 1-2 kun kechikib yoki sifatsiz o’toq qilingan paykallardagi ekinlar yaxshi rivojlanmay qoladi va tajriba natijasi aniq bo’lmaydi.
Sug’orish. Tajriba paykallarini sug’orishga alohida e’tibor berish kerak. Dalalar sifatli qilib tekislanishi, uchastkaning hamma joyiga suv bir tekis tarqalishi va bir xilda shimilishi lozim. Buning uchun paykallar sug’orish yo’nalishi bo’yicha bir oz qiya bo’lishi lozim. Bir paykaldan oqib chiqqan oqova suvni ikkinchi paykalga oqizish mumkin emas, chunki unda erigan oziq moddalar hisobiga ikkinchi paykaldagi oziq rejimi o’zgarishi mumkin. Sug’orish bo’yicha o’tkaziladigan tajriba variantlarini bir yarusda joylashtirish, ko’p yarusli bo’lganda esa har qaysi yarus uchun o’qariq olish va har bir paykalga suvni alohida-alohida oqizish maqsadga muvofiqdir.

  1. Dalaga tajriba qo’yish texnikasi qanday amalga oshiriladi.

  2. Tajribalarda fenologik kuzatishlarni rejalashtirish.

  3. Himoya zonalarini tajriba dalasida joylashtirish tartibi.

  4. Tajribadagi yaruslar orasida yo’laklar kengligi necha metr bo’ladi va nima uchun belgilanadi.

  5. Nima uchun olinayotgan ma’lumotlar aniq, haqqoniy va ishonchli bo’lishi kerak.





Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish