Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi.
42
Dehqonchilikda yerni yuza yumshatish, diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola bostirish, egat olish, motigalash kabi agrotexnika tadbirlari ko’p qo’llaniladi. Bunday yer asosan 3-15 sm chuqurlikda ag’darib yoki ag’darmay yuza yumshatiladi. Tuproq yuzasini yumshatish, mayda kesakchali donalar hosil bo’lishi, yerni begona o’tlardan tozalash, tekislashda bu tadbirlarning ahamiyati katta. Bunda, ekin sifatli eqilishiga, ko’chatlar to’liq bo’lishiga, o’simliklar yaxshi o’sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi.
Boronalash. Yerni yuza yumshatish, tuproqni mayin qilish hamda haydalma qatlam havosi almashinishini yaxshilash uchun yer boronalanadi. Borona-yerni ekin ekishdan oldin ishlashda almashtirib bo’lmaydigan quroldir. Boronada qatqaloq yumshatiladi, ekilgan ekinlar urug’i va solingan mineral o’g’itlar tuproqqa aralashtiriladi-ko’miladi va qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladigan yerlar yumshatiladi va xokazo ishlar bajariladi. Bundan tashqari, yer boronalanganda yuzasi tekislanadi, begona o’tlar yo’qotiladi va bug’lanish kamayib, nam yaxshi saqlanadi.
Boronalar uch turga bo’linadi:
Og’ir borona- bitta tishiga 1,6-2,0 kg og’irlik tushib, yerni 7-10 sm chuqurlikda yumshatadi.
O’rtacha borona- bitta tishiga 1,1-1,5 kg og’irlik tushib yerni 4-6 sm chuqurlikda yumshatadi.
Yengil borona- bitta tishiga 0,6-1,0 kg og’irlik tushib, yerni 2-4 sm chuqurlikda yumshatadi.
Erta bahorda yer yetilishi bilan namni saqlash va begona o’tlarga qarshi kurashda, ekin ekilgandan keyin hosil bo’lgan qotqaloqni yumshatishda yengil boronalar ishlatiladi. Boronani soatiga 7-8 km tezlikda ishlatish tavsiya etiladi. Tezlik bundan oshib yoki kamayib ketsa, yer sifatsiz boronalanadi.
Yerni boronalash sifatiga tuproq namligi katta tasir etadi. Shuning uchun ham tuproq nami dala nam sig’imiga nisbatan 40-60% bo’lganda boronalash, eng qulay muddat hisoblanadi. Ammo qumoq, qumloq tuproqli yerlarda nam bundan ham yuqori bo’lganda ham boronalash mumkin. Yerning yuza qismi namsiz, quruq bo’lsa, boronalash vaqtida faqat kesaklar kuchib, tuproq uvoqlanmaydi. Bunday yer ko’p marta boronalanganda kesaklar borona tishlari orasidan ko’p marta o’tishi natijasida saralanadi, yani yuqorida yirik kesaklar, pastda esa mayda kesaklar yig’iladi.
Yerni boronalash chuqurligi boronani traktorga ulashga, yani uzun yoki kalta ulashga bog’liq. Chunonchi, borona agregatga uzun ulansa yer chuqur, aksincha kalta ulansa sayoz boronalanadi. Shuning uchun ulash uzunligi muayyan bo’lishini taqoza etadi.
Mayda urug’larni va o’g’itlarni tuproqqa aralashtirishda hamda yoppasiga ekilgan (arpa, bug’doy va boshqa) ekinlar qalinligini siyraklatishda boronalashni soatiga 5-6 km tezlikda amalga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |