2. O’zgaruvchanlik, to’plam va tanlov to’g’risida tushuncha, o’zgaruvchanlikning asosiy statistik ko’rsatkichlari. O’simlikning rivojlanishi juda ko’p va turlicha ichki va tashqi sharoitlar ta’siri natijasida bo’lib, hatto bir navga tegishli ikkita o’simlik bir xil darajada bo’lmaydi. Binobarin, bir to’plamdagi individlar (bir xildagi o’ziga xos xislatli) bir-biridan ozmi-ko’pmi farq qiladi, ya’ni o’zgaruvchanlik ro’y beradi.
O’zgaruvchanlik organizmning barcha belgilari va xususiyatlarida yoki ayrim organlarida sodir bo’ladi. O’zgaruvchanlik deb, tashqi va ichki omillar ta’sirida organizmda ro’y beradigan o’zgarishlar yig’indisiga aytiladi.
Agar tajribaning barcha shart-sharoitlari ikki individ uchun bir xil darajada yaratilganda, ularning o’sishidagi miqdoriy ko’rsatkichlari o’zgarmasligi kerak edi. Haqiqatda esa sharoitning bir tekisda bo’lishiga qaramay, tasodifiy omillar ta’sirida o’simliklarning o’sishida farqlar kuzatiladi. Har bir farqlanayotgan belgi turi individlarda har xil kattalikda
115
bo’ladi. Shuning uchun ham bu kabi misollarda belgi variasiyasi deyilgan tushuncha ishlatiladi.
Barcha va har xil turdagi narsalar yig’indisiga to’plam tushunchasi ishlatiladi. O’simliklarning shartli belgili xususiyatlaridan biri parallel paykallardan olinadigan hosil bir xil to’plamlar yig’indisida har xil ko’rsatkichlar berishidir.
Bu holat ham o’zgaruvchanlik yoki variasiya deyiladi. O’zgaruvchanlik tabiatdagi hamma predmetlarga xos xususiyat bo’lib, hyech qachon ikki narsa bir-biriga o’xshash bo’lmaydi. O’simliklarda variasiya belgilari: bo’yining balandligi, shoxlarining soni, ko’sak soni, ko’sak og’irligi, bug’doyning bir boshog’idagi donlar soni va og’irligi, dondagi protein miqdori va boshqalar.
O’simliklar bir navga taa’luqli bo’lishidan qatiy nazar bir-biridan irsiyatiga ko’ra hamda ularning rivojlanishi har xil tashqi muhit sharoitida o’tganligi sababli variasiyaning paydo bo’lishi kuzatiladi.
Dala tajribalar amaliyotidan ma’lumki butun o’simliklar sonini to’plash, kuzatish imkoniyatiga ega emas. Bunday holatda u o’simliklar to’plamining ma’lum bir qisminigina olib kuzatuvni bajaradi. Bu tanlovlar uslubiyati deyilib, olingan o’simliklar tanlov deyiladi.
Matematik statistikadagi tanlovlar uslubining asosiy vazifasi kichik tanlov (o’rtacha namuna) ko’rsatkichlari yordamida umumiy daladagi o’simliklarga haqiqiy tavsif berishdir.
Biologiyada «varianta» so’zi alohida kuzatish natijasida aniqlangan o’zgaruvchan iomat va «variasiya» o’zgaruvchanlik demakdir.
O’zgaruvchanlik sifat va miqdor belgilarga ajratiladi. Sifat belgilarga o’lchanishi mumkin bo’lmagan, rangi, hidi, ko’rinishi, bargning mayin yoki dag’alligi, tukliligi va boshqalar kiradi. Sifat o’zgaruvchanlik ma’lum bir birlik bilan belgilanmaydi. U faqatgina sezish organlari yordamida aniqlanadi. Miqdor belgilarini esa o’lchash mumkin bo’lib, ularga o’simlik bo’yi, ildiz uzunligi, yo’g’onligi, shoxlar soni, gullar soni, ko’saklar soni, boshoq uzunligi, donlar soni, ularning og’irligi, hosildorlik va shu kabi ko’rsatkichlar kiradi. Bu hamma vaqt sm, m, g, kg, s, t bilan ifodalanadi.
Tajriba ma’lumotlarini statistik taxlil qilishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
Misol. Usimlik tarkibida (100 g kuruk moddada g xisobida R2O5) fosfor mikdori aniklanganda, 5 ta kuzatishda fosfor mikdori 0,56; 0,53; 0,49; 0,57 va 0,48 g ni tashkil etgan bulsa, X va SX ning 95 va 99 % li ishonchli oraligini toping.
Yechish:
Arifmetik urtacha kiymat
х Х
n
2,63 0,526г
5
Do'stlaringiz bilan baham: |