Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc



Download 1,29 Mb.
bet94/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

Reja:






    1. Hosilni yig’ishtirish usullari va ularga qo’yilgan talablar. Tajriba paykallaridagi hosilni yig’ish va uni hisoblash ishlariga alohida ahamiyat berish kerak. Hosilni yig’ish va uni hisoblash e’tiborsizlik bilan olib borilsa, tajribada katta xatolikka yo’l qo’yiladi, ba’zan tajriba yakunini yo’qqa chiqarish mumkin.

Hosilni yig’ishtirishdan oldin barcha maydon yaxshilab ko’rib chiqiladi, paykallar chegarasi tiklanadi va zarur bo’lsa paykallarning bir qismi (ish vaqtida yo’l qo’yilgan tasodifiy zararlanish va xatoliklar) chiqarib tashlanadi.
Tabiiy ofat tufayli zararlanish, mollar payhon qilishi, tajriba o’tkazish vaqtida yo’l qo’yilgan qo’pol xatolar (masalan, 2 marta o’g’itlash, 2 marta ekish va boshqalar) obyektiv sabablardir. Obyektiv sabablarni yuzaga kelishini 3 guruhga bo’lish mumkin: 1) tabiiy ofatlar tufayli, 2) sababsiz holda hosilni bir qismining yo’qotilishi, 3) tajribada uslubiy xatoning kuzatilishi.
Hisobdan chiqarilgan joyga to’rtburchak shakl berilib, birinchi navbatda shu joydagi o’simliklar va himoya zonasidagi o’simliklar yig’ishtirib olinib, paykaldan chiqarib tashlanadi. Bu joyning katta-kichikligi hisobdagi paykalning 30-40 % idan oshmasligi kerak. Agar bundan katta bo’lsa, paykalning hammasi hisobdan chiqarib tashlanadi. Chunki ularni taqqoslashda noaniqliklar kelib chiqadi. Paykallarni subyektiv sabablarga ko’ra, ko’z bilan chamalab, ayniqsa, hosil yig’ib olinib, o’lchangandan keyin brak qilish mumkin emas.
Hosilni yig’ib olish muddatlari va usullari joylarda aniqlanadi. Hosil bir vaqtda, iloji bo’lsa, bir kunda sifatli qilib yig’ib olinishiga e’tibor berish kerak. Agar tajribada hosilning yetilish muddatiga ta’sir etadigan usullar, masalan, ekish muddati, sug’orish me’yori,

109


o’g’itlash me’yori va muddatlari o’rganiladigan bo’lsa, hosil yetilishiga qarab, lekin barcha paykallarda bir xil usulda yig’ib olinishi kerak.
Hosilni hisobga olishning 2 usuli: yoppasiga va namuna bog’larga ko’ra hisobga olish usuli qo’llaniladi.
Hosilni yoppasiga hisobga olish usuli eng aniq usul bo’lib, ko’p dala tajribalarida qo’llaniladi. Har bir paykaldagi barcha hosil alohida-alohida yig’ib olinadi va alohida tortiladi.
Hosilni namuna bog’larga ko’ra hisobga olish yoki bilvosita usul yoppasiga ekiladigan ekinlar (g’alla, zig’ir, o’tlar)da qo’llaniladi. Bunda hosili hisobga olinadigan paykaldagi o’simliklar o’riladi yoki yulib olinadi va barcha hosil darhol tortiladi. Paykalning har 50-100 joyidan ikki bog’ (har biri 5-7 kg dan) o’simlik olinadi. Bog’lar juda aniq tarozilarda tortilib, ularga etiketka (yorliq) osiladi. So’ngra ehtiyotlik bilan (nobud qilmay) daladan olib ketilib, yaxshi shamollatiladigan binolarda quritiladi. Quritgandan so’ng bog’lar yana tortiladi, yanchiladi va donining vazni aniqlanadi.
Keyin quyidagi formulaga muvofiq har qaysi paykaldan olingan donning vazni hisoblab topiladi (kg hisobida):

V
X = A ;


B
Bu yerda: A – har qaysi paykaldagi umumiy hosilning vazni (namuna bog’lar hosili ham kiradi);
B – yangi o’rib olingan namuna bog’larning vazni; V – namuna bog’lardan olingan donning vazni.
Ob-havo sharoitiga ko’ra, barcha hosilni quritib, tortish imkoniyati bo’lmagan hollarda hosilni namuna bog’larga qarab hisobga olish usuli qo’llaniladi. Juda aniq tajribalar uchun bu usul qo’llanilmaydi, chunki bunda yoppasiga hisobga olish usuliga qaraganda g’alla o’simliklarida 5-7 % farq bo’ladi. Hisob yanada aniq bo’lishi uchun paykaldan 5-8 ta namuna bog’ olish zarur. Biroq bunda ham hisoblash yengillashmaydi, agar imkon bo’lsa, yoppasiga hisobga olish usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Hosilni namuna maydonchalariga ko’ra hisobga olish. Bu usul aniq dala tajribalari uchun qo’llanilmaydi. Bunda hosil paykalning bir necha joyida uncha katta bo’lmagan maydonchada hisobga olinadi. Bu usulda yo’l qo’yiladigan xato yoppasiga hisobga olish usulidan 1,5 marta ko’p bo’ladi.
Shunday qilib, hosilni namuna bog’lar va namuna maydonchalarga ko’ra hisobga olish usuli barcha hosilni yig’ib, tortish imkoni bo’lmagan taqdirda qo’llaniladi. Barcha dala tajribalarini hosilni yoppasiga hisobga olish mumkin qilib o’tkazish kerak. 2-3 gektar keladigan paykallarda tajriba o’tkazish asossizdir. 100-200 m kattalikdagi 2-3 ta maydonchadagi hosilni hisobga olinadigan maydonchalar bir-biridan ancha narida bo’lib, ularni taqqoslash qiyinlashadi, tajribaning aniqligi kamayadi va o’rganiladigan usul yoki tuproq unumdorligiga ko’ra variantlar o’rtasidagi farqqa qarab yakun chiqarib bo’lmaydi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish