Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma'tinlari doc


Dehqonchilik tizimi to’g’risida tushuncha



Download 1,29 Mb.
bet67/110
Sana01.06.2022
Hajmi1,29 Mb.
#625871
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
Bog'liq
Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan fanidan ma’ruza ma\'ti

Dehqonchilik tizimi to’g’risida tushuncha

Dehqonchilik tizimi xo’jalikni boshqarish tizimining tarkibiy va ajralmas qismi bo’lib, u doimiy bo’lmaydi. Binobarin, kishilik jamiyatining rivojlanishi asosida tuzumlarning o’zgarishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan u ham o’zgaradi, yani dehqonchilik tizimining kelib chiqishi va rivojlanishi jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyet qilishiga va ishlab chiqarish munosobatlariga bog’liq.
Qishlok xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, agrokimyoviy hamda agromeliorativ tadbirlar majmuasiga dehqonchilik tizimi deyiladi.
Qishlok xo’jalik ishlab chiqarishi halq xo’jaligining boshqa sohalariga qaraganda tabiiy va iqtisodiy sharoitga qat’iy bog’liq, chunki respublikamiz xududi keng va sharoiti ham xilma-xildir. Shuning uchun dehqonchilikni respublikamizning hamma yeri uchun bir xilda yaroqli bo’lgan qandaydir yagona tizim asosida rivojlantirish mumkin emas. Bunday yagona tizim yo’q va bo’lishi ham mumkin emas.
Barcha dehqonchilik tizimlari umumiy tarkibiy qismga ega. Bunga qo’yidagilar: xo’jalik xududining agrotexnikasini tuzish va almashlab ekish tizimi; yerni ishlash tizimi; o’g’itlash tizimi; begona o’tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash tizimi; urug’lik; tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish tadbirlari va xakozalar kiradi. Shu bilan bir qatorda: ixota o’rmon polosalari borpo etish; sug’orish; botqoqlarni quritish; kimyoviy meliorasiyalash (oxaklash, gipslash va boshqalar) ham qo’shiladi.
Dehqonchilik tizimining har bir tarkibiy qismining har xil tuproq-iqlim mintaqasida tuproq unumdorligi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishdagi ahamiyati turlicha bo’ladi. Masalan, O’rta Osiyo sharoitida sug’orish, nam to’plash va namlikni saqlashga qaratilgan yerga ishlov berish tizimi va boshqalar eng asosiy omil hisoblanadi. Tuprog’i unchalik unumdor bo’lmagan, namlik yetarli bo’lgan rayonlarda hamda sug’oriladigan

69


dehqonchilikda, ayniqsa, mineral o’g’itlar qo’llashda, ortiqcha kislotali va ishqorli tuproqlarda esa kimyoviy mileorasiya, ortiqcha nam saqlanadigan sharoitda zaxni qochirish va quritish tadbirlarining ahamiyati katta. Yuqorida keltirilgan tarkibiy qismning har birining roli minimum qonunga ko’ra baholanishi kerak.
Dehqonchilik tizimi samaradorlik darajasiga ko’ra uch turga: ibtidoiy, ekstensiv va intensivga bo’linadi. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimiga quruq va bo’z yer tizimi, partov yer tizimi; ekstensiv tizimiga esa shudgorlash tizimi kiradi. Intensiv tizimiga fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga asoslangan tuproq unumdorligini oshirishni va ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishni taminlaydigan hozirgi tizimilar kiradi.


  1. Download 1,29 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish