Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti. Dehkan farming economy



Download 4,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/387
Sana14.07.2021
Hajmi4,52 Mb.
#118535
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   387
Bog'liq
Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti

islohotlari  yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, yerlarning 

meliorativ holatini yaxshilash va tuproq unumdorligini oshirish, yer 

ijarasi va yer solig‘i munosabatlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan. 

Agar 1998-yilda qabul qilingan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi 



qonunga muvofiq «fuqarolarga fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun 

yer uchastkalari 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 10 yildan kam bo‘lmagan 

muddatga ijaraga berilishi» ko‘zda tutilgan bo‘lsa, 2004-yilda yangi 

tahrirda qabul qilingan «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunga 

muvofiq «fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari tanlov 

asosida ijaraga 50 yilgacha bo‘lgan, lekin 30 yildan kam bo‘lmagan 

muddatga biriktirilishi» belgilab berildi. 

O‘tkazilgan  yer islohotlari natijasida: 

• 2004-yildan boshlab barcha qishloq xo‘jaligi tovar ishlab 

chiqaruvchilari uchun yer uchastkalaridan foydalanishning ijara shakli 

joriy qilindi; 

• xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yer uchastkalari faqat tuman 

hokimi tomonidan ijaraga berilishi belgilab qo‘yildi; 

• o‘z mablag‘i hisobidan yer  maydonlarini o‘zlashtirishni 

rag‘batlantirish tizimi belgilab berildi; 

• yer ijarasi huquqini meros qilib qoldirish tizimi joriy etildi. 

Yer-suv  islohotlari doirasida amalga oshirilayotgan ustuvor 

yo‘nalishlardan biri – yerlarning meliorativ holatini yaxshilash dasturini 

amalga oshirishdir. Qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligini muttasil 

yuksaltirish vazifasi birinchi navbatda sug‘oriladigan yerlarning 

unumdorligi va irrigatsion-meliorativ holatiga bog‘liq. Ilmiy tadqiqot 

ishlarining natijalariga ko‘ra o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda ekinlarning 

hosildorligi sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan   50–60 %ga, o‘ta 

sho‘rlangan yerlarda esa 90–100 %ga past bo‘lishi aniqlangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 



 

18

ma’lumotlariga qaraganda 2001-yilda respublika bo‘yicha jami 4 252,6 



ming gektar sug‘oriladigan yerlarning 2 324,6 ming gektari yoki 54,7 

%ini u yoki bu darajada sho‘rlangan yerlar tashkil etgan.  Jumladan, 

uning 1212,9 ming gektarini yoki 28,5 foizini kam sho‘rlangan yerlar, 

893,3 ming gektarini yoki 21,0 foizini o‘rtacha sho‘rlangan yerlar va 

218,4 ming gektarini yoki 5,1 foizini kuchli sho‘rlangan yerlar tashkil 

etgan. 


Qashqadaryo viloyatida esa jami 514487 ga sug‘oriladigan maydon 

bo‘lib, shundan 272035 ga yoki 52,9 foizi sho‘rlanmagan yerlar, kuchsiz 

sho‘rlangan yerlar esa 180563 gektarni, sho‘rlangan yerlar 62239 gani 

yoki jami sug‘oriladigan yerlarga nisbatan 12,1 foizni tashkil etmoqda. 

Jumladan o‘rtacha sho‘rlangan yer maydoni 48911 gektarni, kuchli va 

juda kuchli sho‘rlangan yerlar 13328 gektarni tashkil etgan, (3-ilova). 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi 


Download 4,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish