7
3) nutqning psixofiziologik mexanizmlaridagi chetlashish bilan bog’liq
bo`lgan xususiyatlar;
4) o`z-o`zidan yo`qolmaydigan, balki mustahkamlanadigan barqaror
xususiyatlar;
5) nutq buzilishining xarakteriga bog’liq holda mustahkamlanadigan
barqaror xususiyatlar;
6) bolaning
keyingi
psixik
rivojlanishiga
tez-tez
salbiy
ta’sir
o`tkazadigan xususiyatlar.
Bunday tarif nutq buzilishlarini nutqning yoshga bog’liq xususiyatlaridan,
uning bolalarda va kattalarda vaqtinchalik buzilishidan; nutqning territorial
dialektli va sosial-madaniy omillari bilan bog’liq xususiyatlaridan farqlash
imkoniyat yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Ta’lim to`g’risidagi qonunning 23 moddasiga
ko`ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bo`lgan anomal
bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga
yordamni tashkil etish – inson haqida g’amxo`rlik ko`rsatilishining yorqin
namunalaridan biridirO`zbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamgni
tashkil etish maxsus maktab internatlar, zaif eshituvchi bolalar uchun maktab
internatlari; aqlan zaif bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari o`quv kuni
uzaytirilgan maktablar, maktab-internatlar, profesional mexnat kolejlarida maxsus
guruxlar; zaif ko`ruvchi va zaif eshituvchi, og’ir nutq nuqsonlari bor bolalar uchun
maktbgacha tarbiya muassasalari, maxsus maktab internatlar, o`rta umumiy ta’lim
maktablari qoshida nutqiy sinflar; ruµiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun
o`rta umumiy ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari, maktab internatlar;
xarakat-tayanch a’zolari jaroxatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; o`rta
umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik punktlar ishlab turibdi.
Sog’liqni saqlash vazirligi qoshida anomal bolalarga tibbiy yordam
ko`rsatadigan
maxsus
psixonevrologiya
sanatoriylari,
stasionarlar
bor,
poliklinikalarda surdologik, logopedik kabinetlarda mutaxassis-defektologlar tibbiy
xodimlar bilan hamkorlikda tegishli ishlarni olib bormoqdalar. Og’ir nutq nuqsonlari
8
bor bolalar uchun xalq maorifi ministrligi qoshida maktabgacha yoshdagi bolalarga
mo`ljallab, nutqiy bog’chalar yoki bolalar bog’chalari qoshida nutqiy guruxlar
tashkil etilgan. Bu turdagi maxsus bog’chalarning asosiy vazifasi nutq
kamchiliklarini iloji boricha barvaqt aniqlab bularni bartaraf etish va shu yo`l bilan
og’ir nutq nuqsonlarining odini olish, ikkilamchi asoratni bartaraf etishdir. Maktab
yoshidagi logopat, ya’ni nutqida kamchiligi bo`lgan bolalar uchun ommaviy
umumiy ta’lim maktablarida logopedik punktlar tashkil etilgan. Tekshirishlar
natijalari logopedik xulosalarda yakunlanadi. Logopedik xulosalar asosida bola bilan
olib borilishi kerak bo`lgan chora –tadbirlar, reja tuziladi. Rivojlanishida nuqsoni
bo`lgan bolalar me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlari orasidagi xarakterli
farqlardan biri – ruhiy jarayonlarning etarli rivojlanmasligi hisoblanadi. Rivojlanishi
orqada qolgan bolalarning umumiy tavsifi uning verbal imkoniyatlari doimo past
ekanligini ko`rsatadi. Shuningdek, bola nutqining rivojlanish darajalari va intelekti
orasida o`zaro murakkab munosabatlar hukm suradi. Maxsus usullar yordamiad
bolalarni faqat lozim bo`lgan so`zlarning ma’nosini tushuntiribgina qolmasdan, balki
undan o`z nutqida faod qo`llashga o`rgatib boriladi. Bilish faoliyatining holati,
atrofdagilar bilan bolaning muloqatga kirishish imkoniyati, odob – axloq normalarini
o`zlashtirish, ijtimoiy adaptasiyaning muvaffaqiyatli bo`lishi ko`p jihatdan bola
nutqining rivojlanish darajasiga bog’liq. Nutqida nuqsoni bor bolalar bilan olib
boriladigan ta’lim tarbiya jarayonida bolalar quyidagi bilim, ko`nikma, malakalar
bilan qurollantiriladi:
- Bolalarni nutq kamchiliklarini bartaraf etish va shu bilin birga idrok,
xotira, tafakkur, tasavvur kabi bilish qobiliyatlarini rivojlantirish;
- Korreksion – pedagogik ish faoliyatini to`g’ri yo`lga qo`yish;
- Bu jarayonda qo`llaniladigan ish metod va usullarini analiz, sintez,
taqqoslash,
umumlmshtirish,
konkretlashtirish
kabi
aqliy
operasiyalardan
foydalanish;
9
- Bolalarning individual va psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda
nutq o`stirishga qaratilgan maxsus usullardan foydalanish va ularni hayotga
moslashtirish;
Shu maqsadni amalga oshirish uchun biz tadqiqotimizning maqsadini va
ustivor vazifalarini belgilab oldik.
Do'stlaringiz bilan baham: