Тurli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish
Debitor qarz har doim boshqa tashkilotlarning aktivlariga qilingan da’vo bo’lib hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog’liq bo’lgan asosiy buxgalteriya operatsiyalari bo’lib tan olish va baholash hisoblanadi. Debitor qarzlarini undirib olish imkoniyati – bu debitor qarzlarini o’lchash va ularni hisobotiga ta’sir qiluvchi asosiy masaladir. Undirib olish imkoniyati qarz aks ettirilganligiga (tan olish tamoyili) va uning summasiga (baholash tamoyili) ta’sir qiladi. Buxgalteriya hisobi Milliy andazasining 2-soniga binoan xo’jalik yurituvchi subyektga daromadlarning kelib tushish ehtimoli bo’lsa, ular alohida aks ettiriladi.
Тurli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar quyidagi hollarda vujudga keladi: korxonaning o’zidan yoki uning mehnat jamoasi a’zolaridan ijro varaqalariga asosan pul undiriladigan bo’lsa; kommunal xizmati, turar joy haqi, turar joy bo’lmagan xonalarni ijara haqlari bo’yicha; mehnat jamoasi a’zolarining buyrug’i bilan Хalq banki va boshqa joylarga pul o’tkazish bo’yicha. Da’volar va korxonaga yetkazilgan moddiy zararlarni undirish bo’yicha hisob-kitoblar 4860 «Da’volar bo’yicha oliga doir schyotlar», 4730 «Хodimlarning moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzlari» schyotlarida hisobga olinadi.
Bundan tashqari, turli debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar bo’yicha olinadigan to’lovlar, olinadigan foizlar va dividendlar, royalti va gonorar bo’yicha olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobga olinadi. Bu operatsiyalarning hisobi 4800 «Тurli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (4810, 4820, 4830, 4840,4850,4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi.
Korxonaning turli kreditorlardan bo’lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan va operativ lizinglari bo’yicha to’lanadigan summalar, to’lanadigan foizlar, royalti va gonorarlar bo’yicha qarzlar, da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar, hisobdor shaxslardan bo’lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday operatsiyalarning hisobi 6900 – «Тurli kreditorlarga bo’lgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar» schyoti tarkibidagi tegishli (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va 6990) schyotlarda aks ettiriladi.
4000, 4100, 4300, 4610, 4800, 6100, 6300, 6500, 6600, va 6900-schyotlar bo’yicha analitik hisob 7-qaydnomada yuritiladi. Boshqa schyotlar bo’yicha ham shu shaklda 7-qaydnoma yuritiladi. Oy oxirida analitik hisob qaydnomai bo’yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq yoziladi. Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7 qaydnomadan 4000, 4100, 4300, 4700, 4800, 6100, 6400, 6900 va boshqa schyotlarning krediti bo’yicha 8 – jurnal-orderga yozib qo’yiladi.
4100, 4700 schyotlar bo’yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda ko’rsatiladi, 4800, 6900 – schyotlar bo’yicha bir oyligi jamlab yoziladi. 4100, 6100, 6400 – schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob birga ko’rsatiladi.
Хodimlarning ta’tilga, pensiyaga chiqishlarida va ishdan bo’shayotgan hollarida, ish haqi berish uchun belgilangan kunni kutmasdan, ish haqi ta’tilga chiqish, ishdan bo’shash, pensiyaga chiqish kunidan keyingi kundan kechiktirilmay berilishi kerak. Bunday to’lovlar hisoblashish davri orasidagi to’lovlar deyiladi. Ushbu maqsadlar uchun pul kassa chiqim orderlari yoki (uch va undan ortiq xodimlar bo’lsa) to’lov qaydnomalariga asosan beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |