O`z argumentlarini yangi dalillar bilan mustahkamlaydi. (Yangi argumentlar kiritmaydi). O`z argumentlarining ustun ekanligini ko`rsatadi. Opponentlarini inkor etadi. Xulosa chiqarib, o`z nutqini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Chappa-rosta savollarga javob berishga tayyorman”. I 1 ning savollariga javob beradi. I 2 – 5 daqiqa Hamma bilan salomlashadi. “rebuttal” qilib, o`z nuqtai nazarini tiklaydi. O`z argumentlarini yangi dalillar bilan mustahkamlaydi. (Yangi argumentlar kiritmaydi). O`z argumentlarining ustun ekanligini ko`rsatadi. Opponentlarini inkor etadi. Xulosa chiqarib, o`z nutqini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Chappa-rosta savollarga javob berishga tayyorman”. T 1 ning savollariga javob beradi. T 3 - 5 daqiqa O`yinning natijasini chiqaradi, asosiy to`qnashuv joylarini ochib beradi. Hakamlarga o`z kriteriysi va argumentlarining ustunligini tasdiqlab beradi. Opponentlarining nuqtai nazarini inkor etadi, lekin yangi argument keltirmaydi. O`z nuqtai nazariy chizig`ini tugallaydi. (Boshqa spikerlardan ko`ra bu so`zlarda dalilllar kamroq bo`lishi kerak) I 1 ga savollar beradi. O`z chiqishini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Shu sabablarga ko`ra hakamlardan o`z ovozlarini bizning jamoamizga berishini so`raymiz” I 3 – 5 daqiqa O`yinning natijasini chiqaradi, asosiy to`qnashuv joylarini ochib beradi. Hakamlarga o`z kriteriysi va argumentlarining ustunligini tasdiqlab beradi. Opponentlarining nuqtai nazarini inkor etadi, lekin yangi argument keltirmaydi. T 3 tomonidan keltirilgan yangi dalillarni inkor etmaydi. O`z nuqtai nazariy chizig`ini tugallaydi. (Boshqa spikerlardan ko`ra bu so`zlarda dalilllar kamroq bo`lishi kerak) T 1 ga savollar beradi. O`z chiqishini quyidagi so`zlar bilan tamomlaydi: “Shu sabablarga ko`ra hakamlardan o`z ovozlarini bizning jamoamizga berishini so`raymiz” Inkor 2 dan boshlab har bir spiker chappa-rosta savollardan xulosa chiqarishi lozim. Inkor 2 dan boshlab har bir spiker chappa-rosta savollardan xulosa chiqarishi lozim. Chappa-rosta savollar uchun maksimal 3 daqiqa vaqt ajratilgan. Har bir jamoaning 8 daqiqa umumiy vaqti bo`lib, jamoa kelishgan holatda ushbu vaqtdan bo`lib foydalanishi mumkin. Faqat T1 nutqidan oldin bu vaqtdan foydalana olmaydi. ALOHIDA MASLAHATLAR - Mavzuni to`liq o`rganishga harakat qiling, ko`proq o`qing! Raqibning ehtimoliy zarbalarini hisoblab chiqing va unga tayyorlaning!
- Nutqda gumonsiramang, noaniqliklarga yo`l qo`ymang. “Bo`lishi mumkin”, “kim bilsin”, “raqib jamoa to`g`ri aytayotgandir” kabi jumlalarni ishlatmang!
- To`liq ishonch bilan gapiring!
- Har doim odobni saqlang, asabiylashmang, jahl qilmang!
- O`z nutqingizda o`rinli hazillarni ishlating!
- Tez gapirmang, shoshilmang!
- Raqib jamoaning har bir notig`ining fikriga diqqat qiling, yozib oling!
- Truizm (Alixo`ja-Xo`jaali), tavtoligiya (inkor etib bo`lmas g`oya), maxsus bilimlar, diniy, irqiy manbalardan, yuqori siyosiy nufuzga ega bo`lgan kuchlarga ochiq tanqiddan foydalanmang!
- O`zingizga ishoning! SIZ ENG YAXSHI NOTIQSIZ!!!
Kelajakda yashashni orzu qilgan hayotingni hozirdan boshla! (Mark Avreliy)
Do'stlaringiz bilan baham: |