Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan “D” harfini yasaymiz. Buning uchun “D” harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.
Tarbiyachi: -Bolalar, “D” harfi haqida quvnoq she’r eshiting.
Oyijonim olmani-
To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar:
Bir bo‘lagin ko‘rsatib,“D”ga o‘xshar, dedilar.
“D” harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda “D” tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.
Shu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi. Bunda tarbiyachi “Da” deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan (“D” tovushini), o‘shani ,,Harf jildi "dan olib qo‘y. “Daa”, endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? (“a” tovushini) “D” harfining qaeriga “a” harfini qo‘yasan? (orqasiga) Tuzgan bo‘g‘iniingni o‘qi: “Da”. (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar ) Shu tartibda di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlari tuzdiriladi va o‘qitiladi.
Kesma harflar bilan ishlash. Bolalarga kesma harflardan bo‘g‘in tuzdiriladi va o‘qitiladi.
Tuzilgan bo‘g‘inlardan yoki bo‘g‘inli kartochkalardan bir nechta so‘z tuzdirilib, o‘qitiladi, ulardan birining bo‘g‘in-tovush tahlili o‘tkaziladi: don, do‘l, do-ri, da-la, O-dil, du-tor.
Mashg‘ulotga faol qatnashgan bolalar rahbatlantiriladi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :
- Bugun qaysi tovush bilan tanishdik?
- “D” qanday tovush ekan?
- Bu tovushni nima qilamiz?
- Biz tovushlarni nima uchun o‘rganamiz?"
- “D” tovushi qaysi harf bilan yoziladi?
- “D” harfining shakli qanaqa ekan?
- “D” harfining necha xil shakli bor ekan? (Bosh va kichik, bosma shakli)
- Bosh D harfi qaysi so‘zlarda yozilar ekan?
Bo‘g‘inli kartochkalar bilan qanday so‘zlarni tuzdik?
“D” harfi
Dildan deyman doim jon-tanim,
O’zbekiston – mening Vatanim!
Jonlantirish uchun savollar:
1.Bolalar bog‘chasidagi nutqni rivojlantirish dasturining ilmiy asosi nimalarda ifodalanadi?
2.Nutqni rivojlantirish dasturining asosini psixologiya, psixolingvistika va pedagogika fanlarining qaysi ma’lumotlari tashkil etadi?
3.Dasturda bolaning rivojlanishida faoliyatning muhim ahamiyatga egaligi haqidagi pedagogic qoida o‘z aksini topganmi?
“DARAXTLAR”
Tarbiyachi rasmlar orqali bolalarni tanishtiradi.Savol –javob qiladi.yaxshi javop berganlarni rag‘batlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |