Xo’p xayda qo’shiklari.
Xirmon yanchnsh vaqtida dehqonlar tomonidan aytiladigan qo’shiqlar xo’p
hayda yoki maydagul deb yuritiladi.
Ayri-ayri tuyoqqa, mayda-yo, mayda,
Ayri na hol yarashar, mayda-yo, mayda,
Jilviragan quloqqa mayda-yo, mayda
Tilla sirg`a yarashar, mayda-yo, mayda.
YOrg`ichoq qo’shiqlari.
YOrg`ichoq deb atalgan ko’l tegirmonini kuni bo’yi aylantirish mashaqqatli
mehnat. Og`ir toshning to’ldirab, bir joyda aylanib turishi ohangida to’qilgan
qo’shiqlar ham vazmin, ham cho’zib aytiladigan bo’ladi.
YOrg`ichoq torta-torta toldi qo’lim,
Ikki tosh orasida qoldi qo’lim.
CHorvachilik bilan bog`liq qo’shiqlar ichida sog`im qo’shiqlar keng
tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |