Qo’shchi qo’shig`i.
Qo’shchi qo’shiqlari yolg`iz qo’shchining o’zi tomonidan baland ovoz bilan,
ba`zan xirgoyi qilib ijro etiladi.
Ularning dehkonniig hayoti, ish hayvoniga munosabati tasvirlangan.
SHoxlarim quloch-quloch,
Yo’q madorim qornim och,
Tepamda qo’ngan qaldirg`och,
Men qaytib qo’shga yarayman.
O’rim qo’shig`i:
O’roq va o’roqchilar guruhi tomonidan o’rim paytida aytiladigan o’rim
qo’shiqlarida dehqonning umidi ro’yobga chiqayotgani, ko’tarinki ruh bilan ishga
kirishayotgani bayon etiladi. Dehqonning goragida kuch-g`ayrat jo’sh uradi.
O’rog`im olmos,
Urishdan qolmas,
Sira ham tolmas,
O’rmasam bo’lmas.
Do'stlaringiz bilan baham: |