8.Dutoh Husayn - IV.
Asar 4/4 o’lchovda "qashqarcha" usulida yozilgan bo’lib, ijrochida
jo’shqinlik, ravon kuychan harakatda kuylashni talab etadi.
Ohanglar qaytarishi sodda bo’lganligi uchun o’rganuvchi uchun qiyinchilik
tug`dirmaydi.
Talaffuz aniq va ravon bo’lishi lozim,
9.CHorgoh-1.
Asar kuylanishi jihatidan murakkab qo’shiqlar sirasiga kirib, talabadan ijodiy
tayyorgarlikni talab qiladi. Katta xajmda mumtoz ashulalardan hisoblanib, ijrochi
keng diapazonga, katta nafas zahirasiga, xonandalik malakalarini egallagan
bo’lishi lozim.
Asarni "xang"lari ijrosida o’lchovlarga, notalar hajmiga e`tibor berib kuylash
va me`yoriga etkazib ijro etishga intilish lozim.
Qo’shiqni yakka ijrochi va guruhli ijrochilar ijro etishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |