Davriy sistemaning V a gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Kobalt, Ni-nikel) xossalari va ishlatilishi


Fe, So va Ni gidrid, oksid va gidroksidlari



Download 33,73 Kb.
bet2/7
Sana29.08.2021
Hajmi33,73 Kb.
#158491
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Davriy sistemaning V A gruppasidagi elementlari (Fe temir, Co-Kobalt, Ni-nikel) xossalari va ishlatilishi

Fe, So va Ni gidrid, oksid va gidroksidlari. Suyuq va qizdirilgan temir, kobalt va nikelda vodorod eriydi. Uning eruvchanligi harorat o’zgarishi bilan keskin o’zgaradi. Temir, kobalt va nikelda erigan vodorodning borligi bu metallarning texnik xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.

FeH3 va FeH2 tarkibli beqaror gidridlar hosil qiladi.

FeCI3 va FeCI2 larning efirdagi eritmalariga fenil magniy bromid ta’sir ettirib olingan. Kobalt va nikel gidridlari (CoH2, NiH2) ham xuddi shunday hosil qilingan.

Temir FeO, Fe2O3, Fe3O4 oksidlarini hosil qiladi. Odatdagi sharoitda Fe2O3 nihoyatda barqaror modda, qizdirilganda Fe3O4 ga, yuqori haroratda FeO ga aylanadi.

Kobalt va nikelning kislorod bilan oksidlanish tezligi temirnikidan kichik, ular yonganda CoO va NiO hosil bo’ladi. Kobaltning CoO; Co2O3; CoO2∙xH2O Co3O4 oksidlari ma’lum; bulardan eng barqarori CoO dir. Nikelning ham xuddi kobalt oksidlari kabi oksidlari bor. Ni2O3 ni 300-400 °C ga qadar qizdirilganda parchalanib avval, Ni3O4 ga, so’ngra NiO ga aylanadi. Ni2Ova Ni(OH)3 kuchli oksidlovchi bo’lganligi uchun ishqorli akkumulyatorlarda ishlatiladi. Akkumulyatorga tok berilganda uning anodida Ni(OH)3 hosil bo’ladi; akkumulyator ishlagan vaqtida Ni(OH)3 qaytarilib Ni(OH)2 ga aylanadi:

2 Ni(OH)+ Fe↔2Ni(OH)2 + Fe(OH)2

Akkumulyator zaryadlanayotganda bu reaksiya teskari yo’nalishda boradi.

Bu akkumulyatorda manfiy elektrod (anod) sifatida presslangan temir kukuni, musbat elektrod (katod) sifatida esa nikel gidroksid xizmat qiladi; elektrolit sifatida KOH ning 30% li eritmasi olinadi. Bu akkumulyator qo’rg’oshinli akkumulyatordan ancha yengil va chidamlidir.

Fe, Co va Ni ning Me(OH)2 va Me(OH)3 tarkibli gidroksidlari o’sha metall tuzlari eritmasiga ishqor hamda oksidlovchilar ta’sirida hosil bo’ladi, masalan:

FeSO4 + 2KOH→Fe(OH)2 + K2SO4

2 Ni(OH)2 + CI2 + 2KOH→2 Ni(OH)+2KCI

Temir, kobalt va nikel gidroksidlari suvda erimaydi; bularning har qaysisi o’ziga xos rangga ega; ba’zilari amfoter xossalar namoyon qiladi; masalan; Fe(OH)2 – rangsiz modda bo’lib, asos xususiyatiga, Fe(OH)3-qo’ng’ir ragnli amfoter xususiyatiga ega; Co(OH)2 – pushti rangli amfoter modda; Ni(OH)­2 – yashil tusli amfoter modda; Co(OH)3 va Ni(OH)3 lar qora tusli asos xossali moddalardir.

Olti valentli temir gidroksid H2FeO4 (ferrat kislota) erkin holda olinmagan, lekin uning tuzlari (K2FeO4, BaFeO4 va hokazolar) olingan.


Download 33,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish