Darsxona topshirig`i: Quyidagi davriy kasrlarni oddiy yoki aralash kasrga aylantiring:
3,(5) ; 0,(16) ; 4,13(4) ; 0,98(97) . Javob:
II. AMALIY QISM
Mavzulashtirilgan testlar to`plamining DAVRIY KASRLAR mavzusidagi . TESTLARDAN NAMUNALAR
1-test. (98-7-7) Ushbu m=0,55(57), n=0,5(557), l=0,555(7) sonlarni kamayish tartibida . yozing. A) l>m>n B) l>n>m C) m>n>l D) n>l>m E) n>m>l
Yechish: Eslab qolamiz: Ikkita musbat o`nli kasrdan qaysi birining butun qismi katta bo`lsa, o`sha o`nli kasr katta hisoblanadi. Agar ularning butun qismlari teng bo`lsa, kasr qismlarining mos raqamlarini chapdan o`nga tomon taqqoslab boramiz. Bir-biridan farqli bo`lgan dastlabki juftlikning kattasi qaysi o`nli kasrga tegishli bo`lsa, o`sha o`nli kasr kattadir. m=0,55(57)=0,55575757… . n=0,5(557)=0,5557557557… . l=0,555(7)=0,555777… => l>m>n Javob: l>m>n . (A)
Do'stlaringiz bilan baham: |