==================@grand_matematika==================
DAVRIY KASRLAR
I. NAZARIY QISM
O`nli kasrda verguldan so`ng, bir raqam yoki bir nechta raqamlar guruhi cheksiz tarzda takrorlanib kelaversa, bunday o`nli kasrni davriy o`nli kasr (qisqacha: davriy kasr) deyiladi. Takrorlanuvchi raqam yoki raqamlar guruhi esa davriy kasrning davri deyiladi. Masalan, 3,444…; 0,171717…; 23,14555…. kasrlar davriy kasrlar hisoblanadi. Ularni qulaylik uchun 3,(4) ; 0,(17); 23,14(5) kabi ko`rinishda yozishga kelishilgan.
Oddiy kasrlarni o`nli kasrga aylantirganda ular ikki xil ko`rinishda bo`ladi:
1) Chekli o`nli kasrlar; 2) Cheksiz o`nli kasrlar ya`ni davriy kasrlar. Masalan, –chekli o`nli kasr; –davriy kasr. Agar qisqarmas oddiy kasrning maxrajini tub ko`paytuvchilarga ajratganda, ko`paytmada 2 va 5 dan boshqa ko`paytuvchi ham uchrasa, bunday oddiy kasr davriy kasr ko`rinishiga keladi, aks holda esa chekli o`nli kasrga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |