Sof davriy kasrlar
Davriy kasrda verguldan so`ng darhol davr boshlansa, uni sof davriy kasr deyiladi. Masalan, 0,(4) ; 7,(23) ; 11,(897) kasrlar sof davriy kasrlar hisoblanadi.
Sof davriy kasrni oddiy yoki aralash kasrga aylantirish
Agar sof davriy kasrda verguldan chapda faqat nol bo`lsa, bu kasr oddiy kasrga quyidagicha keltiriladi: Oddiy kasrning suratiga davr yoziladi, maxrajiga esa davrda nechta raqam bo`lsa, shuncha 9 raqami yoziladi. Masalan, 0,(123)= .
Agar sof dariy kasrda verguldan chapda noldan farqli son bo`lsa, bu kasr aralash kasrga quyidagicha keltiriladi: Aralash kasrning butun qismiga davriy kasrning verguldan chap qismi ko`chiriladi, kasr qismining suratiga davr, maxrajiga esa davrda nechta raqam bo`lsa, shuncha 9 raqami yoziladi. Masalan, 34,(12)=34 .
Do'stlaringiz bilan baham: |