29
Tanob
– O`rta Osiyo xonliklarida ekin maydonini o`lchash uchun ishlatiladigan yuza
birligi 1 tanob 3600 m kv.
Farsax (farsang — parsang, porasang
) — SHarqda, jumladan O`rta
Osiyoda Qadimdan
ishlatilib kelgan masofa o`lchov birligi. Bir farsax 9—12 ming qadamga yoki 6—8 km ga teng
bo`lgan.
CHaksa
— O`rta Osiyo hududida Qadimdan to XX asr boshlariga
qadar ishlatilib kelingan
og’irlik o`lchov birligi. Turli joyda turlicha vaznni bildirgan, Xo`jand atroflarida qariyb 1 kg,
Namanganda — 5,3 kg, Qo`qon atroflarida — 4,6 kg yoki 5,1
kg bir chaksa x,isoblangan.
Jarib —
958 kv.m.ga teng er maydoni.
Mаnbаlаr vа аdаbiyotlаr:
v
Kаrimоv I.А. Оllоh qаlbimizdа, yurаgimizdа. T., 1999.
v
Аhmеdоv B. Tаriхdаn qisqаchа izоhli lug’аt. T., 1977.
v
Bеkmuhаmmеdоv Х. Tаriх tеrminlаri izоhli lug’аti. T., 1978.
v
Islоm sprаvоchnigi. T., 1989.
v
Fоmchеnkо А. O’rtа аsrlаr tаriхidаn izоhli lug’аt. T., 1978.
v
O’z.M.E. 1-2 jild. T., 2000.
v
Bоbur Z.M. Bоburnоmа. T., 1990.
v
Millеr B.V. Pеrsidskо-russkiy slоvаr. M., 1953.
30
5-mаvzu. O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаrining tаriхiy аtаmаlаri
Reja:
1.
O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаri siyosiy аtаmаlаri.
2.
O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаri iqtisоdiy аtаmаlаri.
3.
O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаri diplomatiyasiga oid atamalar.
4.
O’rtа аsrlаr Yеvrоpа mаmlаkаtlаri mаdаniy аtаmаlаri.
O`rta asrlar davri uzoq davrni — milodning V—XVII asrlarini o`z ichiga olib, uni
dunyoning barcha xalqlari o`z boshlaridan kechirganlar. Ma`lumki, Qadimgi
dunyo tarixida
quldorlik jamiyati asosan SHarq mamlakatlarida o`zining yuksak cho`qqisiga erishgan edi.
Uning so`nggi davrida yuksak rivojlanishi markazi asta sekin G’arb dunyosiga ko`chdi.
O`rta asrlar tarixidagi eng muhim voqealar qatorida xristian va islom dinlarining paydo
bo`lishini alohida ta`kidlash lozim. Xuddi ana shu o`rta asrlarda buyuk
geografik kashfiyotlar
ham sodir bo`lib o`tdiki, u Yevropa xalqlari hayotida yangi davrni ochib berdi. Kapitalistik
munosabatlar, ilk kapitalistik korxonalar ham o`rta asrlarning so`nggi davrida shakllandi. Lekin
o`rta asrlar davri urushlar, ocharchilik va tabiiy sharoitlar ancha qiyin
kelgan yillar bilan ham
izohlanadiki, albatta, bu ham o`sha davr tarixida o`zining mash`um asoratlarini saqlab qolgan.
O`rta asrlar tushunchasini mazmunan boyitgan feodalizm — kishilik jamiyati taraqqiyotida
V asr oxiridan va XVII asrning o`rtalarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Feodalizm o`z
taraqqiyoti yo`lida uch bosqichni bosib o`tdi. Feodalizm genezisi (V asr oxiridan XI asrgacha),
rivojlangan feodalizm (XI — XV asrlar), so`nggi feodalizm (XVI asr va XVII asrning birinchi
yarmi). Jahonning ayrim mintaqalarida feodal munosabatlari saqlanibgina qolmay, balki uning
hukmron mavkei keyingi davrlarda ham davom etdi va endi uning mazmuni (kishilik jamiyati
tarixi masshtabida) uning o`sib borayotgan darajasi
bilan emas, balki maydonga kelayotgan va
tobora mustahkamlanib borayotgan kapitalistik munosabatlarning darajasi bilan
belgilanadigan
bo`lib qolgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: