Davomiyligi: 3 soat Masofasi: Samarqand shahri bo’ylab 15 km



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
Sana04.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#635565
Bog'liq
Taqdimot (3)



z
SAMARQAND yer yuzining 
sayqali


z
«SAMARQAND -ER YUZINING SAYQALI» nomli ekskursiya 
xizmatining
DASTURI
Davomiyligi: 3 soat
Masofasi: Samarqand shahri bo’ylab 15 km 
Ekskursiya maqsadi: Samarqand shahridagi mashhur tarixiy-
arxitektura 
yodgorliklari bilan tanishtirish 
Ekskursiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan guruh: ichki turistlar
(Qarshi davlat universiteti turizm yoʻnalishi 020-8 guruh 
talabalari)
Ekskursiya mavsumi: yil davomida


z
“Men Registonman,
Men Samarqandning yuragiman
Men asrlarning tosh yilnomasiman


z
REGISTON MAYDONI
Hurmatli ekskursantlar! Siz bilan hozir turgan joyimiz ko‘hna Samarqandning 
yuragi degan nomga sazovor bo‘lgan joy-Registon maydoni hisoblanadi. 
«Registon» so‘zi forschadan tarjima qilinganda «reg» - qum, qumli, «iston»-joy, 
makon degan ma’nolarni bildirib, «Registon» so‘zi-qumli joy deganidir. Registon 
maydoni obidalari XV-
XVII asrlarda qurilgan bo‘lib, mukammal kompozitsiyani 
tashkil etadi va uchta madrasadan iborat. Ular to‘g‘ri to‘rtburchakli, sathi 75x63 
metr. bo‘lgan maydonning uch tomonida joylashgan. 
Registon maydoni o‘zining uchta katta peshtoqi va baquvvat arklarni ushlab 
turuvchi ikki oshiyonli oynasiz devorlari bilan butun dunyodan keluvchi turistlarni 
hayratga soladi. 
Hurmatli ekskursantlar! Endi esa, qadimgi va bugungi Samarqandning yuragi 
hisoblangan Registon maydonidagi ob’ektlarni tomosha qilishga barchangizni 
taklif qilaman!


z
Ulugʻbek madrasasi


z
ULUG‘BEK MADRASASI (1417-1420-yillar)
Ulug‘bek madrasasi peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! 1417-1420-yillarda 
aynan shu joyda olim, matematik, astronom Mirzo Ulug‘bek Ko‘ragoniy 
sayiharakati bilan musulmon oliy o‘quv yurtiga asos solingan. «Bu ilm 
binosining 
asoschisi ulug‘ sulton, sultonning o‘g‘li, dunyoning va asrlarning mutaffakkiri 
Ulug‘bek Ko‘ragoniy, ...balandligi osmonga qadar ikki o‘lcham, og‘irligidanyer 
yuzining cho‘qqisi titraydi», degan so‘zlar 
mdrasa
peshtog‘ida yozilgan. Bu 
yerda
boshqa madrasalarga o‘xshab, faqat ilohiyot fanlari o‘rgatilmaganyashashgan 
aniq
fanlarga ko’proq qiziqqan. Birinchi darslarni Ulug‘bekning ustozi, ulug‘ 
astronom 
Qozizoda Rumiy o‘tkazgan. Birinchi mudarris (professor) etib olim Muhammad 
Havodiy tayinlangan. Ulug‘bek ushbu madrasaga ta’lim berish uchun eng 
mashhur 
ilm namoyondalarini to‘plagan. Talabalarining soni yuztaga yetgan va ular 
madrasa ichidagi 48 ta hujralarda yashashgan.


z


z
SHERDOR MADRASASI (1619-1636-yillar)
Sherdor madrasasi peshtoqi. Hurmatli ekskursantlar! Qqarshingizda 
Sherdor madrasasi. Sherdor madrasasi 1619-
yili Mirzo Ulug‘bek 
xonaqosining 
vayronalarga aylangan joyida, Bahodir Yalangtush amri bilan boshlanib, 
1636-
yilida qurib bitkazildi. Qurilish 17 yil davom etgan. «Ushbu inshoot me’mor 
Abdul 
Jabbor san’ati bilan barpo etildi» degan so‘zlar peshtoqning ichki arkida 
qora
ustidan oq harflar bilan yozilgan.
Me’mor Abdul Jabbor Sherdor madrasasini O‘rta Osiyo me’morchiligiga 
xos 
uslubda yaratdi. Bu binoning rejasi Ulug‘bek madrasasiga o‘xshash bo‘lib, 
lekin 
undagi katta darshona va masjid bu binoda mavjud emas. Sherdor 
madrasasidagi 
naqshdor ohanglar Ulug‘bek madrasasidagidek bo‘lib, boshqa uslubda, 
ayrim 
joylarida esa yangi mavzuda qo‘llanilgan


z


z

Tillakori madrasa, Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Registon 
ansamblida Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) 
oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid 
qurdirgan (1641
—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. Sharqiy 
qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. 
Dastlab “Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi” deb nomlangan. Keyinchalik 
masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin 
sarflangani uchun “tillakori” (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. 
Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida 
foydalanilgan. Shuning uchun masjidi (63x22 m) katta va serhashamligi 
bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasa (70x70 m) ga gʻarbiy 
peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 
qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldastamezanalar egallagan


z
Ulugʻbek rasadxonasi


z
ULUG‘BEK OBSERVATORIYASI(RASADXONASI)
(1424-1428-yillar) Bu joy XV-asrning 20-yillarida qurilgan, shuningdek, dunyo 
astronomiya maktabining rivojini ta’minlashga xizmat qilgan maskan hisoblanadi. 
Hozir Sizda aynan shu joy bilan yaqindan tanishish imkoni mavjud. Marhamat 
ehtiyot bo‘lib zinadan tepaga qarab ko‘tarilamiz.
Observatoriya qarshisida, bosh bino oldida. Mirzo Ulug‘bek 1409-yilda 
taxtga o’tirdi. Samarqand Mirzo Ulug‘bek davlatining poytaxti edi. Ulug‘bek 
davrida shahar yanada obodonlashtirilib, Movarounnaxrning ilmiy va madaniy 
markazi bo‘lib qoldi. Ulug‘bek asosiy vaqtini ilmga bag‘ishlab, Samarqandda 
matematika va astronomiya fanining eng ilg‘or olimlarini to‘pladi. Uning 
farmoniga binoan Samarqandning shimoliy-sharqida observatoriya quriladi. 
Ulug‘bek observatoriyasi Samarqanddagi XV-asr me’morchiligining nodir 
namunalaridan biri hisoblanadi. Bino uning farmoyishi bilan 1428-1429-yillarda 
Ko‘hak (Cho‘ponota) tepaligida, Obirahmat arig‘i bo‘yida bunyod etilgan. 
Observatoriya silindr shaklida uch qavatli, balandligi 30,4 metrdan iborat o‘lkan 
bino bo‘lib, unda radiusi 40,2 metrli gigant sekstant (ba’zi manbalarga ko‘ra 
kvadrant) bo‘lgan. Sekstantning janubiy qismi yer ostida joylashgan bo‘lib, qolgan 
qismi shimol tomonda yer sathidan 30 metr baland bo’lgan. Asbob aylanasida bir 
gradus yoy 701,85 mm va bir minut yoy 11,53 mm ga mos keladi


z


z
AMIR TEMUR MAQBARASI (1404-yillar)
Hurmatli ekskursantlar! Siz ko’rib turgan ob’ektingiz Amir Temur maqbarasi
bo’lib, jahonga mashhur va O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida 
e’tirof etiladi.
Majmua «qo‘sh» uslubidagi bosh peshtoq, ikki tomonlama ketuvchi 
to‘rtburchak shakldagi hovlini hosil qiluvchi va bizgacha aksariyat qismi 
saqlanmagan devorlar, 4 ta minora shulardan 2 tasi saqlangan, ikki tomonlama 
qarama-qarshi shaklda Muhammad Sulton farmoniga binoan qurilgan madrasa va 
xonaqoh poydevorlari va asosiy maqbara majmuasidan tashkil topgan. 
Endi majmua bilan yaqindan tanishishni boshlasak! Marhamat!
Amir Temur maqbarasi peshtoqi. Muhammad Sulton ansamblidan faqat
peshtoqigina yaxshi saqlangan. Bu peshtoq mohirlik bilan ishlangan bo‘lib, turlituman 
koshinlari bilan devor fonida yaqqol ko‘rinib turadi. Koshinlar orasiga 
binoni qurgan usta-Muhammad binni Mahmud Isfahoniyning nomi va «Dini 
jannat dili poklarnikidir» deb jimjimador qilib yozib qo‘yilgan. G‘ishtli ustunlar 
bezagida “girih” deb ataluvchi geometrik shakllarga asoslanib, nafis qilib 
ishlangan kompozitsiya asosiy o‘rinni egallaydi.


z
ETIBORIZ UCHUN RAHMAT

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish