Klinika
Bachadon miomasining klinikasi xar xil kechadi. Ayrim kasallarda u ogir xarakterli kechib, ayolni
astenizatsiya va nevrotizatsiyagacha olib keladi. (Ye.I. Vasilenko 1990). Bemorlarning shikoyati
o`smaning joylashuvi va kattaliligi, miomatoz tugundagi ikkilamchi uzgarishlar, kasallikning davomiyligi,
o`sma oziklanishdagi uzgarishlar kabi ko`plab omillarga bog`liq bo`ladi. Kasallik simptomatikasi qaysi bir
omilning ustunligiga karab ifodalanadi.
Kasallikning asosiy va erta simptomi-hayz siklining buzilishi, menova metroragiya kurinishidagi
bachadondan qon ketishlar va uzok vakt davomida oz-oz miqdorda qonda ajralmalar kelishi xisoblanadi.
Qon ketishlar sababi bemor qonida estrogenlarning uzok vakt yuqori bo`lishi natijasidagi bachadonning
qon bilan tulishuvi, endometrining giperplaziyasi va polipozi xisoblanadi. Bular neyrogumoral buzilishlar
(klimaktrik davrdagi ayollarda kuzatilib) bilan xam bog`liq bo`lishi mumqin va qon stazi endometriy
oziklanishini buzilishi va tomirlar devori o`tkazuvchanligining oshishi bilan xarakterlanadi.
Yana bachadon qon ketishlari yuzaga kelishiga chanoq organlaridagi yalliglanish jaraenlari,
endometrioz, endometriy yuzasining kalinlashuvi gemokoagulyatsiyaning buzilishi va boshqalar xam sabab
bo`lishi mumqin. Bachadondan qon ketishlar miomatoz tugunning bachadondagi joylashuviga xam bog`liq
bo`lib interstisial va asosan submukoz joylashuvda kuzatilishi mumqin.
Bachadon fibromiomasi klinikasida og`riq simptomi ko`p uchraydi. Og`riq qorin pastida va bel
dumgaza soxasida bo`lib, ba‘zan oeklarda tarkaladi. Og`riq doimiy bo`ladi va ba‘zi xollarda utkir
xarakterda bo`ladi. Tulgoksimon og`riqlar (tuguluvchi miomada) xam kuzatiladi.
Og`riq sezgisi yuzaga kelishi sabablari xilma xil bo`lib fibromatoz tugundagi distrofik va nekrotik
uzgarishlar, o`smaning joylashgan joyi va kattaligi, nerv va tomirlarning buzilishi va yana kushni kichik
chanoq a‘zolaridagi patologik uzgarishlar xarakteriga bog`liq bo`ladi. Subseroz tugun oyokchasi buralib
kolganda og`riq sexzgisiga qorin parda ta‘sirlanish simptomlari kushiladi.
Kushni organlar funksiyasining buzilishining bachadon miomasini klinikasida muxim axamiyatga ega.
Turli avtorlarining ma‘lumotlariga asosan bu simptomarining uchrash chastotasi 65 % dan 20,8 % gacha
uzgarib turadi. Ko`pincha siydik ajralishining ko`payishi, kam xolda siydik ajralishi og`riqli bo`lishi va
kiyinlashuvi kabi dizurik buzilishlar kuzatiladi. Ko`p xolda yuqoridagi shikoyatlarning birgalikda
uchrashi bachadon fibromiomasi uchun xarakterli bo`ladi. Yakka xolda og`riq simptomi 31,9 %
bemorlarda, og`riq bachadondan qon ketishlar bilan birga 23,2 % bemorlarda, qon ketishlar 14,3 %
bemorlarda kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |