Hayz ko'rish sikli
ayol organizmini homiladorlikka tayyorlovchi fiziologik
xarakterdagi tiklik, muntazam takrorlanuvchi murakkab
o'zgarishlar bo'lib, ular neyrogumoral boshqaruv tizimi,
tuxumdon va bachadondagi o'zgarishlar tufayli amalga
oshiriladi va ikki fazaliligi bilan farqlanadi.
Homila asfiksiyasi
homilada kislorod yetishmasligi oqibatida yuzaga keluvchi
patologik holat.
Homila a'zolarining joylashishi
nomilaning mayda qismlari va boshining tanasiga bo‘lgan
munosabati.
Homilaning joylashuvi
homilaning u yoki bu qismining kichik chanoq kirish
tekisligiga nisbati bo'lib, u birinchi galda chanoq
bo'shlig'iga tushadi va bu homilaning boshi yoki chanog'i
bo'lishi mumqin.
179
Do'stlaringiz bilan baham: |