Normal fiziologiya
Jigar bir vaqtning o’zida hazm, qon aylanish va modda almashinish a’zosi bo’lib hisoblanadi.U bajaradigan hamma ishni sxema tarzida tashqi va ichkiga bo’lish mumkin. Tashqi vazifasiga o’t ishlab va o’t ajratish kiradi. O’t hosil bo’lishi uzluksiz, u ovqatlanish vaqtida kuchayadi. To’plangan o’t vaqti-vaqti bilan o’n ikki barmoq ichakka tushadi.Bir kecha-kunduz davomida 1 litrga yqin o’t hosil bo’ladi, uning tarkibida o’t pigmentlari (ranglar), o’t kislotalari va xolesterin kiradi. O’t hazm qilish jarayonida qatnashib, yog’larning parchalanishiga imkon yaratadi, yog’ kislotalarining so’rilishini tezlashtiradi, oshqozon osti bezining lipaza fermentini faollashtiradi. Jigar ichki funksiyasi juda murakkab hisoblanadi. Uning eng muhim vazifasi ichakdan keluvchi moddalarga kimyoviy ishlov berish va organizmning ichki muhitini bir xilda saqlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |