Davolash fakulteti fakultet va gospital jarroxlik kafedrasi



Download 215,5 Kb.
Sana21.01.2020
Hajmi215,5 Kb.
#36085
Bog'liq
3. Осложнения грыж лот

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI

Tasdiqlayman”

TTA o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor prof. O.R. Teshaev

_________________________

«27» avgust 2015 yil




Ma'ruza mavzusi:

QORIN CHURRALARI ASORATLARI

Davolash fakultetining 4 kurs talabalari uchun



Toshkent – 2015

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
DAVOLASH FAKULTETI

FAKULTET VA GOSPITAL JARROXLIK KAFEDRASI

« TASDIQLAYMAN »

Davolash fakulteti dekani

professor Zufarov P.S.

____________________

«27» avgust 2015 yil


Ma'ruza mavzusi:

QORIN CHURRALARI ASORATLARI
Davolash fakultetining 5 kurs talabalari uchun

Jarroxlik UMK yig‘inida

ko‘rib chiqilgan va ma'qullangan

protokol № 1



«27» avgust 2015 yildan

Toshkent – 2015
QORIN CHURRALARI ASORATLARI

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI


Talabalar soni – 60-120.

Davomiyligi – 90 minut.

O‘quv mashg‘uloti shakli

Ma'ruza – vizualizatsiya.

Ma'ruza rejasi

  1. Qorin tashqi churralari asoratlari tasnifi.

  2. Qisilgan churralar klinik manzarasi, tashxislash va davolashning o‘ziga xos tomonlari.

  3. Yallig‘langan churralar klinik manzarasi, tashxislash va davolashning o‘ziga xos tomonlari.

  4. To‘g‘rilanmaydigan churralar klinik manzarasi, tashxislash va davolashning o‘ziga xos tomonlari.

  5. Koprostaz klinik manzarasi, tashxislash va davolashning o‘ziga xos tomonlari.

  6. Churralar asoratlarini oldini olish.

O‘quv mashg‘uloti (ma'ruza) maqsadi: talabalarni qorin tashqi churralari asoratlari, ularni tashxislash va qiyosiy tashxislash, tekshiruvlar va zamonaviy davolash tamoyillari xamda oldini olish usullari bilan tanishtirish.


O‘qituvchining vazifalari:

  • Qorin tashqi churralari asoratlari tasnifi bilan tanishtirish.

  • Qichilgan churralarni tashxis-lash va davolash tamoyillarini talabalarga tushuntirish.

  • Yallig‘langan churralarni tashxislash va davolash tamoyillarini talabalarga tushuntirish.

  • To‘g‘rilanmaydigan churralarni tashxislash va davolash tamoyillarini talabalarga tushuntirish.

  • Koprostazni tashxislash va davolash tamoyillarini talabalarga tushuntirish.

Kasallikning oldini olish chora-tadbirlari tamoyillari bilan talabalarni tanishtirish.

O‘quv faoliyati natijalari:

Talaba bilishi lozim:

  1. Qorin tashqi churralari asoratlari rivojlanishiga olib keluvchi omillar.

  2. Qorin tashqi churralari asoratlari klinik manzarasi, tashxislash va davolashning o‘ziga xos tomonlari.

  3. Qorin tashqi churralari asoratlarini davolash tamoyillari.

  4. Reabilitatsiya va oldini olish o‘tkazish tamoyillari.




O‘quv metodlari va texnikasi

Ma'ruza – vizualizatsiya, texnika: blits-so‘rov, yo‘naltiruvchi savollar, «ha-yo‘q» texnikasi.

O‘quv vositalari

Lazer proektor, vizual materiallar, informatsiya bilan ta'minlash.

O‘quv shakllari

Kollektiv bilan ishlash.

O‘quv sharoitlari

TSO bilan ishlashga mo‘ljallangan auditoriya.


MA'RUZANING TEXNOLOGIK KARTASI


Bosqichlar, davomiyligi


Faoliyat

O‘qituvchi

Talabalar

1 bosqich

Kirish

(5 minut)

1.Mavzuning nomi, maqsadi, ma'ruzadan kutilayotgan natija-lar va uni o‘tkazish rejasini aytadi.

1. Tinglaydilar.



2 bosqich

Bilimlar dolzarblashtirish

(20 minut)

2.1. Talabalar bilimlarini dolzarblashtirish maqsadida yo‘naltiruvchi savollarni be-radi; anatomiya, normal va patologik fiziologiya fanla-ridan bilimlarni takrorlaydi. Blits-so‘rov o‘tkazadi.

2.2. Ma'ruzaning maqsadini ekranga chiqaradi va u bilan tanishib chiqishni so‘raydi. Slayd №1ni ta'riflaydi.

2.3. Slayd №2ni ekranga chiqaradi.


2.1. Savollarga javob beradilar.
2.2.Slayd №1da ko‘rsa-tilgan ma'lumotlarni o‘rganadilar.
2.3. Slayd №2da ko‘rsa-tilgan ma'lumotlarni o‘rganadilar.



3 bosqich

Informatsion

(55 minut)

3.1. Ma'ruza materiallarini ketma-ketlik bilan rejadagi savollar bo‘yicha izohlaydi, vizual ma'lumotlar va yo‘nal-tiruvchi savollar tizimini qo‘llaydi.

Mavzuning muhim tomonlarini alohida e'tibor bilan yoritib beradi, ularni yozib olishni taklif qiladi.



3.1. Berilgan ma'lu-motlarni mazmunini muhokama qiladilar, aniqlik kiritadilar, savollar beradilar.
Asosiylarini yozib oladilar.


4 bosqich

Yakuniy

(10 minut)

4.1. O‘tilgan mavzuni mustah-kamlash maqsadida ma'lum bir klinik holatlarni qo‘llash orqali bir qator savollar beradi.

4.2. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi.



4.1. Savollarga javob beradilar.

4.2. Tinglaydilar, yozib oladilar..





Mavzuni asoslash: An'anaga asosan fakultet jarroxligi kursi bo‘yicha ma'ruzalar churralarni o‘rganishdan boshlanadi. Bu an'ana shunisi bilan diqqatga sazovorki ko‘plab taniqli jarroxlar churrani davolashda o‘z xissalarini qo‘shganlar. Xozirgi paytda gerniologiya aniq anatomik ma'lumotlarga va katta praktik tajribaga ega. Yil davomida mamlakatimizda minglab churra kesish operatsiyalari bajariladi. Xamma bajarilgan operatsiyalar xam yaxshi natijaga olib kelavermaydi. Yuqorida qayd qilib o‘tilganlar churralar klassifikatsiyasi, etiologiyasi, simptomlari, klinikasi va operativ davolash turlarini mukammal o‘zlashtirishni talab qiladi.
Ma'ruzu maqsadi: talabalarni churra asoratlari bilan tanishtirish. Churralar asoratlarini kelib chiqishi, paydo bo‘lishining umumiy omillari, simptomatikasi va umumiy davolash usullarini qo‘llay bilishni o‘rgatish.
Tarbiyaviy maqsadlar: ma'ruza davomida talabalarda churra asoratlari bilan ogrigan bemorlar bilan muloqat qilish, to‘g‘ri diagnostika usullarini bajarish, davolash usullari bilan tanishish, etika va insoniy xurmat, e'tiborni shakillashtirish talab etiladi.
Ma'ruza masalalari: Talabalarni churra asoratlari turalri bilan tanishtirish. Qisilish turlarini keltirish. Qisilishdagi o‘zgarishlar. Operatsiya turalri. Koprostazga tushincha berish. To‘g‘rilanmaydigan churralarni qisilishdan farqlash
Muxokama uchun savollar:

  1. Asoratlar turi – 5 min.

  2. Qisilgan churralar. Turlari, mexanizmlari – 20 min.

  3. Organizmdagi qisilish paydo bo‘lganidagi o‘zgarishlar - 15

  4. Qisilgan churralar klinikasi, diagnostikasi, davolash prinsiplari – 15 min

  5. Koprostaz – 10 min.

  6. To‘g‘rilanmaydigan churralar – 10 min.

  7. Churra yallig‘lanishi – 5 min.


Qorin churralari asoratlari
Qorin churralari asoratlari - yalliglanish, churrani joyiga kiritib bo‘lmaslik, koprostaz, qisilish.

Churralarning o‘tkir asoratlari. Bularga: churrada najas turib qolishi (koprostaz), churra ichidagi a'zolar yalliglanishi va churra qisilishi kiradi.

Koprostaz asosan yoshi ulg‘aygan odamlarda, aksariyat ayollarda sodir bo‘ladi. Bunda odatda churraning o‘zida ham, butun qorin bo‘ylab ham og‘riq nisbatan kam bo‘lgani holda churra bo‘rtmasining xajmi kattalashadi. Keyinchalik qorinda og‘riq paydo bo‘ladi, loxaslik va intoksikatsiya, kekirish, ko‘ngil aynishi, qusish paydo bo‘ladi.

Churrada axlat turib qolganda dastlabki yordamning asosiy vazifasi qorin pressining peristaltikasini kuchaytirishga yordam berish va shu tariqa najas turib qolishiiga barham berish uchun churra ichidagini qorin bo‘shlig‘iga repozitsiya qilish (o‘tkazish) hisoblanadi. Churra bo‘rtmasini massaj qilish yoki oz-moz bosib turadigan bog‘lam bog‘lash ma'lum darajada yordam beradi.

Churra bo‘rtmasiga muz solingan xaltacha qo‘yish yoki bo‘rtgan joy terisiga xloretil oqimini ta'sir ettirish shu maqsad uchun xizmat qiladi. Ular ta'siri ostida ichaklarning qonga to‘liqligi kamayadi, ularda qiska vaqtga spazm vujudga keladi, ichak repozitsiyaga oson beriladi, uning peristaltikasi kuchayadi.



Churraning o‘tkir yallig‘lanishi. Churraning o‘tkir yallig‘lanishi kamroq uchraydi. Ichak devori sohasi churrani yallig‘lantiradigan manba hisoblanadi. Bunda churrada, ko‘pincha gipogastral sohasida o‘rtacha og‘riq sezgilari, Qorinning chuqur joylashgan qismida to‘liqlik hissi paydo bo‘ladi, qorin devori zonasi taranglashishi ehtimol.

Bunday yallig‘lanishlarni davolash ularning ichidagi narsani qorin bo‘shlig‘iga albatta repozitsiya qilish, keyin o‘rinda yotish rejimini saqlash, ichak va qovuq funksiyasi ustida nazorat qilishdan iborat. Bunda churraning qisilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun churra holatini tez-tez nazorat qilib turish zarur. Odatda shundan keyin churra yalliglanishi kamayib boradi va yo‘qoladi. Churra patogen mikroblar ishtirokida yallig‘langanda seroz va seroz-fibrinoz ekssudat tezda yiringli va hatto yiringli-chirigan bo‘lib qoladi. Churra xaltachasidagi infeksiya reflektor qusishga, butun qorin bo‘ylab qorin pardasi yallig‘lanishiga, qorin og‘rishi, ichaklar parezi, peritonit manzarasiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun bunday hollarda qorin devorining o‘zgarmagan to‘qimalari chegarasiga yaqin joyda revizion laparotomiya operatsiyasini boshlash va agar qorin bo‘shligida hamma narsa joyida bo‘lsa, bu jarohatni yopish va shundan keyingina yalliglangan churra to‘qimalarini kesishga o‘tish kerak.



Churra qisilishi. Churra qisilishi, odatda, churra ichidagining churra darvozalarida yoki churra xaltachasi bo‘yni og‘zida, yoki churra xaltachasidagi bitishmalar orasida to‘satdan qisilib qolishidan iborat. Bunda churra

ichidagi a'zolar to‘qimalarida qon ta'minoti, innervatsiyasi binobarin ular trofikasi va oziqlanishining buzilishlari ro‘y beradi. Churraning qisilish sabablari turli tuman bo‘lishi mumkin.

Elastik qisilishda churra xaltachasiga o‘tgan a'zolar tashqaridan bosiladi.

Najas bilan qisilishda ichak ichidagi narsa ko‘p miqdorda yig‘ilib, churra xaltachasining to‘lishini ancha oshiradi va shu tariqa churra halqasidagi bosimni kuchaytiradi, buning oqibatida ichak tutilib qolishi vujudga keladi.

Churraning qisilish turlaridan biri Rixter churrasi bo‘lib, uni o‘z vaqtida diagnostika qilish nihoyatda mushkul. Churraning bu turida churra xaltachasida ichak devorining faqat bir qismi qisiladi. Operatsiyada churra xaltasini ochish birmuncha qiyinchilik tug‘diradi, chunki devor oldidagi qisilgan uchastka bevosita churra xaltachasi tubiga taqalgan bo‘ladi va shu sababli ichak tasodifan kesib qo‘yilishi extimol.

Retrograd yoki teskari qisilish qisilishning turlaridan biri hisoblanadi. Retrograd qisilishda ichak qovuzloqlarining jonsizlanishi qisilgan xalqadan yuqorida boshlanadi. Ichak qovuzloqlari 2-14 soat ichida jonsizlanadi.



Churra qisilishining klinik manzarasi. Xar qanday churra qisilishining klassik klinik belgilari odatda uchta simptom hisoblanadi:

a) churra bo‘rtmasi bo‘lgan joyda yoki umuman qorinda to‘satdan og‘riq boshlanishi;

b) churra bo‘rtmasi xajmining tez kattalashuvi;

v) churrani to‘g‘rilash imkoniyatining birdaniga yo‘qolishi.

Bu simptomlarning yuzaga chiqish darajasi har xil bo‘ladi.

Davolash. Churrasi qisilgan bemorlarni davolashning birdan-bir to‘g‘ri usuli shoshilinch operatsiya. Qisilgan churrani operatsiyasiz, qo‘lda to‘g‘rilashga urinish mumkin emas, biroq operatsiya qilishga mutlaq monelik bo‘lgan hollar bundan mustasno. Qisilishni bartaraf etish va qisilgan a'zolarning yashashga layoqatliligini aniqlash zarur. Buning uchun to‘qimalarni aponevrozgacha qavat-qavat qilib tilinadi va churra xaltachasi ochiladi, uni kesiladi va «churra suvi» ni chiqariladi. Bunda xirurg yordamchisi qisilgan a'zolarni tutib turadi va qisilgan a'zolar tekshirib chiqilgandan keyingina qisadigan xalqa kesiladi va qisilgan a'zolarning yashashga layoqatliligi aniqlanadi. Ichakning yashab ketish mezonlari: pushti rang tusda, strangulyasion egatchalar va subseroz gematomalari yo‘q, ichak tutqich mayda tomirlarida pulsatsiya va ichak peristaltikasi saqlanib qolgan. Ichak yashashga layoqatsiz bo‘lsa, uni olib tashlanadi. Ichakning olib keladigan kesigidan kam deganda 30-40 sm va olib ketadigan kesigidan 15-20 sm ni rezeksiya qilish kerak.

Hazm yo‘llari uzluksizligini tiklanadi va churra darvozalarini eng oddiy usullar bilan plastika qilinadi. Qari yoshdagi va hamrox og‘ir kasalliklari bo‘lgan bemorlarga qisilgan churralarda churra kesish amaliyoti

bajarish jarayonida churra darvozasi plastikasi bajarilmaydi, jarohat qavtma-qavat tikiladi.

Churra xaltachasi flegmonasi bilan asoratlangan qisilgan churrada operatsiyani o‘rta laparotomiyadan boshlanadi, ichakni yashashga layoqatli to‘qimalar chegarasida rezeksiya qilinadi. Ichaklarning uchlarini tikiladi, olib keladigan va olib ketadigan kovuzloqlar orasiga anasto­moz qo‘yiladi. Operatsiyaning qorin ichidagi bosqichi tugallangandan keyingina churra flegmonasiga xirurgik ishlov beriladi (obrabotka), qisilgan ichakni va churra xaltachasini olib tashlanadi. Churra darvozalari plastikasi qilinmaydi. Operatsiyani yordamchi choklar solish va jaroxatni drenajlash bilan tugallanadi.

Bemorda qisilgan churra o‘zicha joyiga tushgan xollarda xirurg taktikasi, o‘tgan fursatdan qat'i nazar, shoshilinch operatsiya qilishdan iborat, chunki to‘g‘rilangan a'zolar­ning xolati qandayligi noma'lum bo‘ladi.

Qorin bo‘shlig‘ining qator o‘tkir kasalliklari qorin devorida churralar bo‘lganda go‘yo qisilish borligidan xabar beradigan simptomlar bilan o‘tadi. Asoratlarning bu turi adabiyotda «Brok soxta qisilishi» nomi bilan ma'lum. Ozod qorin bo‘shlig‘i bilan tutashmasi bo‘lgan churra xaltachasida churra xaltachasi bo‘shlig‘iga yallig‘li ekssudat tushishi bilan bog‘lik, ikkilamchi o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Ilgari to‘g‘rilanadigan churra endi to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi, og‘riq sezgilari paydo bo‘ladi. Soxta qisilishning bu simptomlari me'da yarasi teshilganda, xoletsistitda, appenditsit va boshqalarda rivojlanishi mumkin. Birgalikda rivojlanadigan bu jarayonlarning diagnostikasi qiyin va bemorni qunt bilan sinchiklab tekshirish, anamnezni puxta yig‘ishni talab etadi.

Joyiga solinadigan churrada (surunkali asoratlangan) ilgari to‘g‘rilanadigan churra to‘g‘rilanmaydigan bo‘lib qoladi, biroq bunda og‘riq ham bo‘lmaydi. To‘g‘rilanmaydigan churralarning ko‘p qismi xayotda orttirilgan bitishmalar borligi bilan bog‘liq.

To‘g‘rilanmaydigan churra simptomatikasi. To‘g‘rilanadi­gan churranikidan odatda yaqqolroq ifodalangan. Dispeptik buzilishlar, qabziyatlar ko‘p uchrab turadi.

To‘g‘rilanmaydigan churra ko‘pincha ichakning mexanik tutilib qolishi (bitib ketish, buralish, striktura), churra pardalarining yallig‘lanishi va qisilishi bilan asoratlanadi.


ADABIYOTLAR

I. Asosiy:

1. 1. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, Toshkent, 2005.

2. Хирургические болезни. Ш.И. Каримов, Ташкент, 2005.

3. Xirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

4. Xirurgik kasaliklar. Sh.I.Karimov, N.X.Shamirzaev, Toshkent, 1995..

5. Хирургические болезни. Под ред.М.И.Кузина., Медицина, 2002.

6. Методическое пособие по госпитальной хирургии. Назыров Ф.Г. с соав.Ташкент 2004г

7. Клиническая хирургия. Под ред. Панцырева Ю.М. М. «Медицина», 1988

8. Воробьев А Справочник практического врача в 3х томах. 1990

9. Конден Р., Нейхус Л. Клиническая хирургия Москва. Практика 1998

10. Назиров Ф.Г., Денисов И.И., Улугбеков Э.Г. Справочник-путеводитель практикующего врача. Москва, 2000.

11. Петровский Б.В. ред. Руководство по хирургии (в 12 томах) М.Медицина 1959-1966.


II. Қўшимча:

12. Основы оперативной хирургии. Под ред. С.А.Симбирцева, 2002.

13. Жебровский В.В. Хирургия грыж живота. 2005.

14. Диагностический справочник хирурга – Астафуров В.Н. 2003.

15. Атлас оперативной хирургии грыж – Егиев В.Н.2003.

17. Неотложная абдоминальная хирургия – Майстренко Н.А.2002г

18. Абдоминальная хирургия – Григорян Р.А. В 2-х томах.2006г

19. Здравый смысл в неотложной абдоминальной хирургии – Моше Шайн.2003г


Mavzu buyicha Internetdagi adreslar:

www.rmj.net,

www.consilium-medicum.com,

www.mediasphera.ru,

www.laparoscopy.ru,

www.ehpb.com,

www. medmore.ru,

www.gastroportal.ru,

www.medilexicom.com,

www.encicloperdia.com,



www. omoc.su.


Download 215,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish