Guruh a'zolarining majburiyatlari:
har bir a'zo o'rtoqlarining fikrini eshitishi lozim;
har bir a'zo ishda faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo'yin tortmas ligi kerak;
har bir a'zo zarurati bo'lganda yordam so'rashi kerak;
har bir a'zo undan yordam so'ragan
da, boshqalarga o'z yordamini berishi kerak;
har bir a'zo guruh ishining natija larini baholashda ishtirok etishi zarur;
har bir a'zo o'zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi kerak;
har bir a'zo, muayyan vazifani bajarishda, o'zining muayyan vazifasini bilishi lozim;
Jumladan , o'qish darslarida ham bu kabi metodllardan foydapanish yaxshi sama ra beradi. Misol uchun rangli suratlar, mavzuga oid 5-6 daqiqalik ekranlashtirilgan hujjatli filmlar namoyish etilib, turli vaziyatlarda "bu holatda men nima qila olar edim?", "Nima qilsam to'g'ri bo'ladi?"kabi savollarga guruh bo'lib javob topishga undash mashqidan foydalanish mumkin.
Interfaol usullar: Shuningdek, o`quvchilarga «Maslahatli doira o'yini»ni bajartirish mumkin. Bu mashg'ulot jarayonida o`quvchilar 1, 2, 3 raqamini aytib, guruhlarga bo'linadilar. Bunda guruh ishtirokchilarining biri o'qituvchi uzatgan konvertlar orasidan 3 tadan kartochka joylangan konvertni oladi. Ular bu kartochkalarga matematikadan tugallanmagan qoidalarni davom ettirish lozim bo'ladi.
"Jumlani davom ettir”
1) {...-1;0;+1...} sonlar to'plamiga…
2) faqat ishorasi bilan farq qiluvchi sonlar …
3) 0 soniga qarama-qarshi son …
4) sanoq boshidan nuqtagacha bo'lgan masofa …
5) nuqtaga mos keluvchi son…
6) sanoq boshi,yo'nalish,birlik kesmaga ega nur…
7) eng katta manfiy son…
8) eng kichik musbat son…
9) qarama-qarshi sonlar yig’indisi…
10) bir xil ishorali sonlar ko'paytmasi …
11) Har xil ishorali sonlar ko'paytmasi…
12) Ko'paytirish qonunlari…
13) bir xil ishorali sonlar bo'linmasi…
14) Har xil ishorali sonlar bo'linmasi…
15) 0 ga bo'lish …
X U L O S A
Hozirgi kunda Respublikamiz miqyosida yangi texnologiya va interfaol usullar asosida darslar tashkil etish keng, ommaviy ravishda yo'lga qo'yilgan. Ko'plab umumiy o'rta Ta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va oliy Ta'lim (institut, universitet) o'quv yurtlari o'qitishning yangi texnologiyasi bu interfaol usullarda darslarni tashkil etish yo'lga qo'yilgan. Masalan, Blits texnologiyasi, Klaster metodi, Bumerang texnologiyasi, aqliy hujum metodi va boshqalar.
Ushbu usullarni dars jarayonining qaysi vaqtida olib borilishi, usullarning joy-joyida qo'llanilishi, o'quvchilar qobiliyatiga qarab tanlanilishi, muhitga mosligi, muammoli vaziyatlarni to'g'ri qo'ya olishi, darsni o'yinga aylantirib yubormasligi va asosan darsning mazmun mohiyatidan chiqib ketmasligiga alohida ehtibor qaratish lozim.
Bugungi ta'limning asosiy maqsadi, o'qituvchi qaysi usul va vositalarni tanlamasin, muhimi o'quvchi o'tilayotgan dars jarayonida yetarli darajada, Ta'lim standartida ko'zlangan bilimga ega bo'lishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |