Давлатов Алишер 4-51 грурух


Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etilgan piyoz nav duragaylarini ta’rifi



Download 1,37 Mb.
bet7/19
Sana14.07.2022
Hajmi1,37 Mb.
#795769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Piyozning juda ertapishar “Bahoroy” navining yetishtirish muddatlari

1.4.Mamlakatimiz hududida ekish uchun tavsiya etilgan piyoz nav duragaylarini ta’rifi
Bugungi iqlimiy o’zgarishlar va bozor iqtisodiyoti sharoitida yetishtiriladigan piyozni navini tug’ri tanlay bilish muhim ahamiyatga egadir. yetishtiriladigan sharoitga mos, kasalliklarga chidamli, ishlatish maqsadiga moil navlar tanlanadi. O’zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat Reyestrida 2010 yilda piyozning quyidagi 20 ta nav va duragayi ekish uchun tavsiya etilgan (jadval 3).

Jadval .4.1.


O’zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan piyoz navlari (O’zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat Reyestri (2010) ma’lumotlari asosida)



Buyurtmaning tartib raqami

Navning nomi

Originatorning tartib raqami

Mamlakatning kodi

Reyestirga kiritlgan yili

Ekishga tavsiya etilgan xududlar

2000001

Banko

431

NL

2003

2,11

2006009

Vol’f G’1

444

NL

2008

1-13

2000030

Daytona G’1

361

NL

2002

3,5,8,9,
11

2007013

Delfos G’1

414

ES

2010

2,5,7,9,
11,12

2006008

Elou Spanish

440

FR

2008

1-13

9800027

Zafar

14

UZ

2002

3,4,9-11

3800890

Ispanskiy 313

118

RU

1973

2,3,6,10 11

9305218

Istiqbol

14

UZ

1999

2,11

4600347

Kaba-132

14

UZ

1946

1-13

5600820

Karatal’skiy

230

KZ

1967

1-13

2007012

Kassiopea G’1

430

NL

2009

11 (T)

2001004

Leone

361

NL

2004

1-13

6200850

Margelanskiy udlinyonniy mestniy

1

UZ

1961

2,7,12

2003005

Manas

361

NL

2006

11

2006010

Rodar G’1

361

NL

2008

1-13

2007011

Robin G’1

361

NL

2009

8,11

4901045

Samarkandskiy krasniy 172

1

UZ

1949

9,10,13

2005006

Sibir’ G’1

361

NL

2007

8,9,11

2000003

Sumbula

14

UZ

2003

2,3,7,8, 11

2000002

Universo G’1

362

NL

2003

11

Markaziy mintaqa sharoitida ekish uchun tavsiya etilgan asosiy nav va duragaylar quyidagi ta’rifga egadir:


Kaba 132. Asosan Toshkent viloyatida yetishtiriladi, u o’rta shipar navi piyozi yirik yassi ildiziga yaqinlashgan sari uchi ingichkalashib boradi. O’zbekiston sabzavot- poliz va kartoshkachilik ilmiy tekshirish inistituti xodimlari bu nav ustida qunt bilan ishlab yumaloq shaklni mo’l hosil beradigan piyoz yetishtirdilar. Ustki po’sti quruq och jigarrang, eti qalin oq bir oz sarg’ish, yuzasi o’rtacha bir donasining og’irligi 60-70, bazilari 250gr keladi. Gektaridan o’rta hisobda 15-20 tonna hosil beradi. Unib chiqqandan so’ng 165 kunda yetiladi, piyozi o’tkazilgandan so’ng 120 kunda urug’i pishadi.
Samaqand qizil-172 piyozi. Samarqand viloyatida ko’p tarqalgan kech pishar, yassi yumaloq po’sti quruq, rangi binafsha-qizil, eti och binafsha rang uzoq saqlanadi, mazasi o’rta, o’rtacha og’irligi 80-100 gr.Urug’ unib chiqqandan 145-150 kunda pishadi. Piyoz ekilgandan 110-120 kunda urug’idan yetiladi. Hosildorlik 20 tonna ga.
Marg’ulon cho’zinchoq piyozi. Xalq seleksiyasi navi. 1961 yilda Davlat Reyestriga Andijon (2), Namangan (6) va Farg’ona (12) viloyatlari bo’yicha kiritilgan o’rta kechki nav kuylak etli qobiqlaring rangi oq, tig’iz emas. Piyozbosh shakli tuxumsimon, bazan sigaretsimon, etli qobig’i juda mayin, sersuv.
Hosildorlik 2000 yilda Namangan nav sinash shoxobchasiga gektaridan 29-31 tni tashkil etdi. Piyozbosh vazni 48-50 g, ta’mi shirin. O’suv davri 114 kun. Ayrim belgilari: Un shudring kasalligiga bardoshli konserva sanoatida qayta ishlashga yaroqli .
Unverso F 1. Bir yillik piyozning yarim achchiq gibridi, o’rtacha kech pishar. Unib chiqqanidan keyin 115-125 kun o’tgach hosilga kiradi va ayni paytda uni yomg’irlar boshlanguncha quritib olsa bo’ladi. Barcha qoidalarga amal qilib quritilsa va joylansa 6 oy saqlash mumkin bo’ladi. Piyozni ideal yumaloq shaklda oltinsimon- qo’ng’ir rangli diametri nisbatan kichik ekanligiga qaramay og’irligi 110-180 g ga teng (siyrak ekilganida yaxshi oziqlantirilsa og’irligi 400-500 gr yetadi). Ichki qavatlari qalin, sersuv qarsillaydigan tarkibida quruq moddalari ko’p. O’ta serhosil duragay 1 m 2 yerga 30-40 piyoz ekilganda 50 % piyozlarning diametri 12 sm dan ortiq bo’ladi, 1m2 ga 50 piyoz ekish zichligida 90 % piyozning diametri 10-12 sm yetadi. Pushti rang chirish fuzarioz kasalligiga chidamli.
Daytona G’ 1 Gallandiyaning “BEYO-ZADEN” firmasining duragayi. 2002-yildan Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. O’rta pishar nav.
Piyozbosh shakl yumaloq, ko’ylak qobig’i sarg’ish rang, etining rangi oq, sersuv. Tig’izligi o’rtacha.
Xosildorligi 2000-2002 yillarda Toshkent nav sinash shoxobchasida o’rtacha 47,0 t/ ga, ni tashkil etdi. Meva vazni 95 gr. O’suv davri texnik pishib yetilguncha 153 kun.
Ayrim belgilari: YUqori xosildor nav, yangiligicha is’temol qilishga, saqlashga yaroqli, ildiz sistemasi kuchli bo’lganligi sababli qurg’oqchilik xududlarda yetishtirishga yaroqli, fuzarioz va chirish kasalliklariga chidamli, transportda tashishga qulay.
Zafar O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan.
Mualliflari: Maqsudxo’djayev D.S., Abbosov A.M., Islomova D.M.
2002-yildan Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. O’rta pishar nav.
Piyozboshi shakli yumaloq kuylak qobig’i binafsha rang, etining rang och binafsha, sersuv. Tig’izligi o’rtacha Hosildorligi 2000-2003 yillarda Buxoro nav sinash stansiyasida 41,0 t/ga, Toshkent nav sinash shoxobchasida o’rtacha 40,1 t/ga, ni tashkil etdi. Meva vazni 110-170gr. O’suv davri texnik pishib yetilguncha 148 kun.
Ayrim belgilari: Yuqori hosildor nav, yangiligicha is’temol qilishga va qayta ishlashga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay. Baxorgi va qishki mavsumlarda, fermer xo’jaliklariga ekishni tavsiya etiladi.

Rasm 1.4.1. Piyozning Zafar navi.


Banko F1 Gollandiyaning “SINDJET-SIDS” firmasining duragayi
2003 yildan Andijon va Toshkent viloyatlari bo’yicha Davlat reyestiriga kiritilgan. O’rta pishar nav. Piyozboshi shakli yumaloq kuylak qobig’i sarg’ish rang, etining oq sersuv. Tig’izligi o’rtacha Hosildorligi 2000-2003 yillarda Toshkent nav sinash shoxobchasida o’rtacha 40,0 t/ga, ni tashkil etdi. Meva vazni 70gr. O’suv davri texnik pishib yetilguncha 153 kun.
Ayrim belgilari: YUqori hosildor nav, yangiligicha is’temol qilishga va qayta ishlashga mo’ljallangan, kasalliklarga chidamli, transportda tashishga qulay. Baxorgi mavsumda, fermer xo’jaliklariga ekishni tavsiya etadi (rasm 2).

1.4.2. Rasm. Piyozning Banko F1 duragayi


Sumbula O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot instutitida yaratilgan.


Mualliflari: Abbosov A.M., Maqsudxo’djayev D.S., Islamova D.M.
2003 yildan Buxoro, Andijon, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlari bo’yicha Davlat reyestiriga kiritilgan. Erta pishar nav.
Piyozbosh shakli yumaloq, kuylak qobig’i sariq rang, etining rangi oq, sersuv, tig’iz.
Hosildorligi 2000-2003 yillarda Buxoro nav sinash stansiyasida 40,0 t/ga Toshkent nav sinash shoxobchasida o’rtacha 35,4 t/ga tashkil etdi.Meva vazni 100-120 gr, Vitamin S 8,1 mg %, nitratlar 85,0 mg,kg quruq modda 11,4% qand miqdori 8,6 %, oqsil 1,1 % . O’suv davri texnik pishib yetilguncha 110 kun.
Ayrim belgilari: Yuqori hosildor nav, yangiligicha is’temol qilishga, kasalliklarga chidamli, transportga tashishga qulay. Qishki mavsumda, sentyabr - oktyabr oylarda dehqon va fermer xo’jaliklariga ekishni tavsiya etiladi (rasm 3).



1.4.3. Rasm. Piyozning Sunbula navi




OQ DUR. Ertapishar nav, o‘suv davri 110 kun. Hosili aprelning ikkinchi yarmi, mayning birinchi o‘n besh kunligida pishib yetiladi. Hosildorligi - 38-43 t/ga. Erta kuzda avgustning ikkinchi va sentabrning birinchi yarmida ekishga yaroqli


1.4.4.Rasm . Piyozning OQ DUR navi




LEONE F1 Gollandiyaning “BEYO-ZADEN” firmasining duragayi. 2004 yildan Respublika bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. O’rtashishar nav. Piyozbosh shakli yumaloq, kuylak qobig’i sarg’ish rang, etining rangi oq, sersuv, tig’izligi o’rtacha. Hosildorligi 2001-2004 yillarda Buxoro nav sinash stansisida 51,5 t/ga 110-200 gr, o’suv davri texnik pishib yetilguncha 114 kun.
Ayrim belgilari: Yuqori hosildor nav, yangiligia iste’mol qilishga, saqlashga chidamli, transportga tashishga qulay.
O’zbekiston sharotida yetishtirilganida erta muddatda ekish yaxshi natijalar ko’rsatadi va olingan mahsulot qishda saqlashga yaroqli bo’ladi. Bizni sharoitda ekishga tavsiya etiladigan Ispaniskiy 313, qoratal Marg’ulon navlari tig’iziga jixatdan uch bahoga loyiq topilgan, O’zbekistonning piyoz uchun dalada asosiy trips kasali hisoblanadi. Tripsga Ispaniskiy 313, Qaratol navlari chidamli va bardoshlilar. Yangi istiqbolli, serhosil nav va duragaylardan 2002 yildan Daytona F1, Zafar, 2003 yildan Universo F1, Sumbula va Banko 2004 yilda Leone navlari rayonlashtirilgan bo’lib, ishlab chiqarishda yetishtirishga tavsiya etilgan. (O’zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari navlarini ta’rifi, 2006. Piyozni yangi navlarini yaratish bo’yicha nav sinash ishlari davom yetmoqda. Misol qilib O’zbekiston sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan Istiqbol navini ko’rsatsa bo’ladi.. O’rtapishar nav, xosildorligi 35 t/ga (rasm 4).

1.4.5Rasm. Piyozning Istiqbol navi
Yuqorida ketrilgan navlardan foydalanish yetishtiriladigan piyoz sifatini va hosildoligini oshiradi. Ularni noyob jixatlari mahsulot hosildorligini va uzoq saqlanib sotilishini taminlaydi va bozor iqtisodiyoti sharoitida fermer va dexqon xo’jaliklarda yuqori daromad olish. O’zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari Davlat Reyestri, 2010 yil).
Ravnaq navi. Рiyozi dumaloq shaklda, po‘sti pushti rangda, o‘rtacha yetti etli, eti pushti rangda, uzoq muddat yaxshi saqlanadi, piyozboshining og‘irligi 130-150 g bo‘ladi. Ushbu piyozda qand miqdori 9,1%, quruq modda 13,9% va askorbin kislotasi miqdori 15,6%. Hosildorligi gektariga 40-45 tonnani tashkil qiladi. Bahorgi piyoz urug‘ini juda siyrak, deyarli yagana bo‘lmaydigan nihol qalinligini ta’minlaydigan darajada gektariga 10-12 kg miqdorida sepish kerak.

1.4.6.Rasm . Piyozning Ravnaq navi



Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish