3. Venchur kapitali moliyalashtirish va sarmoya kiritish Moliyalashtirish Venchur kapitalini jalb qilish qarz yoki kredit olishdan ancha farq qiladi. Kreditorlar biznesning muvaffaqiyati yoki muvaffaqiyatsiz bo'lishidan qat'i nazar, berilgan qarz uchun foizlar olish va kapitalni qayta to'lab berilishi uchun qonuniy huquqga ega. Venchur kapitali esa biznesdagi ulush evaziga sarmoya qilinadi. Aksiyador sifatida venchur kapitalistning daromadi biznesning o'sishi va rentabelligiga bog'liq. Ushbu daromad odatda venchur kapitalist o’z ulushini boshqa aksiyadorlarga sotish orqali kompaniyadan "chiqib ketganda" olinadi.
Venchur kapitalistlari odatda nimaga sarmoya kiritishni qaror qilishda juda ham qat’iy saralovdan so’ng tanlab olishadi, Stenford venchur kapitalistlari o'rtasida o'tkazgan so'rovida, har bir investitsiya qilinadigan kompaniya o’rni uchun 100 ta kompaniya ko'rib chiqilganligi aniqlandi[ "How Do Venture Capitalists Make Decisions?". Stanford University Graduate School of Business Research Paper. SSRN 2801385.]. Investitsiya oladigan korxonalar mukammal boshqaruv jamoasi, katta potentsial bozorini va eng muhimi yuqori o'sish potentsialini namoyish etishi kerak, chunki faqatgina bunday imkoniyatlar moliyaviy daromadni ta'minlashga va kerakli muddat ichida venchur kapitalistlar kutganidek muvaffaqiyatli chiqishga (odatda 3-7 -yil) olib keladi. Sarmoyalar likvid bo’lmaganligi va daromad olish uchun uzoq muddatni talab qilganligi sababli, venchur kapitalistlar investitsiya qilishdan oldin batafsil tekshirish va baholash ishlarini amalga oshiradilar. Shuningdek, venchur kapitalistlari, kompaniyaning bahosi ijobiy bo'lgan paytda IPO bosqichiga o'tish ehtimolini oshirish maqsadida o'zlari sarmoya kiritgan kompaniyalarni rivojlanishda qatnashadilar. Venchur kapitalistlari odatda kompaniyaning rivojlanishida to'rt bosqichda yordam beradilar
G'oyaning yaratilishi;
Ish boshlash;
O’sish va rivojlanish
Chiqish
Xususiy kompaniyalarning qimmatli qog'ozlarini ro'yxatga oladigan birjalar mavjud emasligi sababli, xususiy kompaniyalar venchur kompaniyalari va boshqa xususiy sarmoyadorlar bilan bir necha yo'llar bilan uchrashadilar: investorlarning ishonchli manbalaridan iliq yo'llanmalar va boshqa ishbilarmonlik aloqalari orqali; investorlar konferentsiyalari va simpoziumlari; kompaniyalar to'g'ridan-to'g'ri investorlar guruhlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o'tkazadigan sammitlar. Bundan tashqari, ba'zi yangi xususiy onlayn tarmoqlar paydo bo'lib, investorlar bilan uchrashish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Ushbu yuqori rentabellikka bo'lgan ehtiyoj venchur moliyalashtirishni kompaniyalar uchun qimmat kapital manbaiga aylantiradi va qarz kabi arzon alternativalar bilan moliyalashtirib bo'lmaydigan katta kapital talablariga ega bo'lgan korxonalar uchun mos keladi.
Bu odatda dasturiy ta'minot va intellektual mulk kabi qiymati isbotlanmagan nomoddiy aktivlarga to’g’ri keladi. O'z navbatida, bu nima sababdan venchur kapitali tez rivojlanayotgan texnologiyalar va hayot fanlari yoki biotexnologiya sohalarida keng tarqalganligini tushuntiradi. Agar kompaniya venchur kapitalistlari initilayotgan talablarga javob bera olsa, mustahkam biznes-reja, yaxshi boshqaruv jamoasi, kompaniya muassislari tomonidan taqdim etiladigan investitsiya va ishtiyoq, investitsiyalarni moliyalashtirish davri tugamagunga qadar chiqish uchun yaxshi imkoniyatlar va belgilangan yillik minimal daromadlar 40% dan ko’proq bo’lsa, venchur kapitalini jalb qilish osonroq bo'ladi.
Moliyalashtirishning bosqichlari Venchur Kapitalda odatda venchur turini moliyalashtirishning oltita bosqichi mavjud bo'lib, ular taxminan kompaniyaning ushbu bosqichlariga mos keladi. Seed Funding: ko'pincha angel sarmoyadorlari tomonidan taqdim etiladigan yangi g'oyani isbotlash uchun zarur bo'lgan moliyalashtirishning dastlabki bosqichi. Equity crowdfunding, shuningdek, Seed funding o’rniga yana bir variant sifatida paydo bo'ldi. Start-up: marketing va mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlarni moliyalashtirishga muhtoj bo'lgan dastlabki bosqichdagi kompaniyalar. O'sish – Growth (Seriya A raund): Erta sotish va ishlab chiqarish fondlari. Odatda mana shu bosqichda Venchur kapitali moliyalashtirishga yordam beradi. A seriyani birinchi institutsional tur deb hisoblash mumkin. Keyingi investitsiya turlari B seriyasi, C seriyasi va boshqalar deb nomlanadi. Bu yerda aksariyat kompaniyalar eng katta o'sishga ega bo'ladi. Ikkinchi raund: Mahsulot sotadigan, ammo hali foyda keltirmaydigan kompaniyalar faoliyati uchun kapital. Bu ham Seriya B raundi va boshqalar deb atalishi mumkin. Kengayish - Expansion: Mezzanine moliyalashtirish deb ham ataladi, bu yangi daromad keltiradigan kompaniyalarni kengaytirilishi uchun ajratiladigan pul. Venchure kapitalistning chiqishi - Exit: Venchur Kapitallistlari ikkilamchi bozorda sotish yoki IPO yoki sotib olish yo'li bilan chiqishi mumkin. Dastlabki bosqichdagi venchur kapitalistlari keyingi bosqichlarda yangi investorlar (VC yoki Private-Equity investorlari) mavjud investorlarning aksiyalarini sotib olgandan keyin chiqishi mumkin. Ba'zida IPOga juda yaqin bo'lgan kompaniya ba'zi bir venchur kapitali larning chiqishiga yo'l qo'yishi mumkin va aksincha IPOdan foyda olish umidida yangi investorlar kelishi mumkin. Bridge Financing – venchur kapitali to'liq davrlari o'rtasida mablag' izlashdir. Bu bosqichdan maqsad to'liq davr o'rniga ozroq miqdordagi mablag' yig'ish va odatda ushbu bosqichda mavjud investorlar ishtirok etishidir.
Firmalar va Fondlar Venchur Kapitalisti Venchur kapitalist, yoki ba'zan oddiygina kapitalist - bu kapital ulushi evaziga kompaniyalarga kapital investitsiyalarini kiritadigan shaxs. Venchur kapitalistlari ko'pincha o’z investitsiyalariga faqatgina kapital emas, balki boshqaruv va texnik tajriba ham olib keladilar. Venchur kapitali jamg'armasi birlamchi investitsiya vositasini (AQShda, ko'pincha LP yoki MChJ) nazarda tutadi, bu birinchi navbatda uchinchi tomon investorlarning moliyaviy kapitalini standart kapital bozorlari yoki bank kreditlari uchun juda xavfli bo'lgan korxonalarga kiritadi. Ushbu mablag'larni odatda texnologik ma'lumotlarga ega (olimlar, tadqiqotchilar), biznes bo'yicha o'qitish va venchur kapitali sohasida chuqur tajribaga ega bo'lgan mutaxassislar ishlaydigan venchur kapital firmasi boshqaradi.
Venchur kapitaliga ega bo’lishi kerak bo’lgan qobiliyat - bu erta bosqichda yuqori tijorat daromadlarini olish imkoniyatiga ega bo'lgan yangi yoki innovatsion texnologiyalarni aniqlash qobiliyati. Ta'rifga ko'ra, venchur kapitallar kompaniyalar bilan o’z malakalarini bo’lishish hamda kapital kiritish orqali dastlabki bosqichda ularni boshqarishda ham rol o'ynaydilar. Shu bilan Venchur kapitali daromadlari tasdiqlangan kompaniyalarga sarmoya kiritadigan va shu ravishda ancha yuqori daromad oladiganlar, shu bilan to’g’ridan - to’g’ri xususiy kapitalga investitsiya qilishdan farqlanib turadi. G'ayritabiiy ravishda yuqori daromad olish, ushbu startapga kiritilgan barcha investitsiyalarni yo'qotish xavfini yuzaga keltiradi. Shuning uchun, aksariyat venchur kapitali investitsiyalari “pool” formatida, bir nechta investorlarning o'z kapitallarini turli xil startap kompaniyalarga investitsiya qiluvchi bitta katta fondga birlashtirashtirish orqali amalga oshiriladi. “Pool” formatida sarmoya kiritib, investorlar o'zlarining barcha kapitallarini bitta startap kompaniyaga investitsiya qilish imkoniyatidan foydalanish o'rniga, mavjud xavfni turli xil investitsiyalarga tarqatadilar.
Tizim Venchur kapitali firmalari odatda sheriklik sifatida tuzilgan bo'lib, ularning bosh sheriklari firma boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi va jalb qilingan kapital fondlariga investitsiya masalasida maslahatchilar bo'lib xizmat qiladi. Qo'shma Shtatlardagi venchur kapital firmalari ma'suliyati cheklangan jamiyatlar sifatida ham tuzilishi mumkin, bu holda firma menejerlari boshqaruv a'zolari sifatida, venchur kapital fondlarining sarmoyadorlari esa cheklangan sheriklar sifatida qabul qilinadi. Bu guruh tarkibiga katta miqdordagi kapitalga ega bo'lgan shaxslar va muassasalar, davlat va xususiy pensiya jamg'armalari, universitetlarning moliyaviy fondlari, fondlar, sug'urta kompaniyalari va fondlarning fondi kabilar kiradi.
Venchur Kapitali fondlarining turlari Venchur kapitali firmalar o'z motivlari va yondashuvlari bilan bir-birlaridan farq qiladilar. Bir qator omillarga ko’ra firmalar bir biridan farqlanadi.
Venchur kapitali fondlari odatda uch turga bo'linadi:
1. Angel investorlar
2. Moliyaviy Venchur Kapitali fondlari
3. Strategik Venchur Kapitali fondlari
Venchur fondlarining qarorlariga quyidagi omillar ta'sir qiladi:
Ishbilarmonlik holati: ba'zi Venchur kapitali lar yangi, innovatsion g'oyalarga yoki yangi paydo bo'lgan kompaniyalarga sarmoya kiritishga moyil. Boshqalar jamoat uchun yoki o'sish uchun qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'lgan kompaniyalarga sarmoya kiritishni afzal ko'rishadi.
Ba'zi fondlar esa faqat ma'lum bir sohalarga sarmoya kiritadilar.
Ba'zilar mahalliy miqyosda ishlashni afzal ko'rishsa, boshqa fondlar butun mamlakat bo'ylab yoki hatto global miqyosda ishlaydilar.
Ba'zi venchur fondlar kompaniyaning tezroq ommaviy sotilishini xohlashlari yoki tez o'sishini kutishlari mumkin. Venchur fondlari ajrata oladigan sarmoya miqdori bir kompaniyadan boshqasiga qarab farq qilishi mumkin